Deybaland
— Samarqand viloyati Nurota rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha Dehibaland
baland joydagi qishloq, ya`ni baland qishloq degan ma`noni bildiradi. Qishloq shu nom bilan
ataladi.
Dukchilik
— Samarqand rayonidagi qishloq. Bu erda dukchilik (yikchilik), bo`z to`qish
uchun duk (yik) yasash kasbi bilan shug`ullanishgan. SHu sababdan kishlok shu nomni olgan.
Jaylov
— Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. Jaylov — yaylov
so`zining shevada talaffuz etilishi. YAylov asli yozda mol-qo`y boqiladigan joy demakdir.
Qishloq nomi o`sha so`zdan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |