Xilboshi
— Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. «Xil» so`zining bir
necha ma`nosi bor: nav, tur, zot va hokazo. Bu so`z avlod, toifa, urug`, irsiyat ma`nolarida ham
qo`llaniladi. Masalan, qabristonda bir ajdoddan tarqalgan kishilar dafn qilinadigan joy xilxona
deyiladi. Tojik, fors, pushtu (afg`on) tillaridan xil so`zi xel shaklida talaffuz qilinadi. Xilboshi
yoki Xeylboshi bo`lishi ham mumkin, chunki Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asarida ham bu
so`z Xeylboshi sifatida yozilgan bo`lib, avlodning boshi, urug` boshlig`i demakdir. Qishloq nomi
shu so`zdan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |