O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

Janr

 

(frans.  qenre  -  jins,  tur)  -  sanʼat  turlarida  tarixan  shakllangan  ichki 

boʻlinish  hamda  mazkur  boʻlinishni  ifodalovchi  tushuncha;  shakl  va  mazmun 

birligidagi  oʻziga  xos  xususiyatlariga  ega  boʻlgan  sanʼat  asarining  alohida  turi. 

Sanʼat  asarlarining  Janr  guruxlariga  boʻlinishi  turli  (tanlangan  mavzu,  badiiy-

gʻoyaviy mazmun, shakl jihatlari va boshqa) mezonlarga tayanib amalga oshiriladi

har bir sanʼat turida Janr tasnifi oʻziga xos tizimni tashkil etadi. 

Adabiyot  (badiiy-adabiy  ijod)da  Janr  asarning  qaysi  adabiy  turga 

taalluqliligi,  hajmi  va  obrazlarining  qurilishi  usuli  (ramziyligi,  majoziyligi, 



108 

 

hujjatliligi)  bilan  belgilanadi.  Janrning  3  asosiy  turi  mavjud:  epik  Janr 



(qahramonlik  dostonlar,  roman  va  hikoya),  lirik  Janr  (qasida,  elegiya,  sheʼr, 

qoʻshik, va boshqa)., dramatik Janr (tragediya, drama, komediya). Mazkur Janrlar 

asar  mavzuiga  koʻra  yanada  maydaroq  qismlarga  ham  boʻlinadi  (maye,  maishiy, 

psixologik mavzudagi romanlar; hajviy, lirik komediyalar va vodevil va boshqa). 

Tasviriy  sanʼatda,  avvalo,  tasvirlanayotgan  narsaga,  baʼzan  tasvir 

xususiyatiga  koʻra  asosiy  Janrlar  belgilanadi  (mayEstrada  portret,  manzara  va 

boshqa).  Keyingi  (yanada  mayda)  boʻlinishlar  badiiy  ijodda  bilish,  gʻoyaviy 

baholash,  badiiy  obraz  boʻlaklari  aralashuvi  bilan  aniqlanadi.  Shunga  koʻra, 

portretchi rassom nuqtai nazari umumiy (portret)gina boʻlib qolmay, shuningdek, 

istehzoli (sharj) va qahrli fosh etuvchi (karikatura) shakliga ega boʻlishi mumkin. 

Asosiy  Janrlarning  janrchalari  tasvir  sohasini  xususiyni  yanada  xususiylarga 

boʻlishlarda hosil boʻladi (maye, dengiz koʻrinishi marina — manzaranmng bir turi 

va sh. k.). 

Musiqada  asarlarning  hayotdagi  oʻrni,  ijro  etilish  joyi  va  sharoitiga  koʻra, 

maishiy, marosim, bazm va bayram, harbiy musiqa, konsert, kamer musiqasi kabi; 

ijro xususiyatlariga qarab, vokal va cholgʻu musiqasi, shuningdek, yakka, ansambl, 

xor,  orkestr  musiqasi  va  boshqa  guruxlar  ajratiladi.  Mazmun  va  badiiy  mohiyati 

nuqtai nazaridan musiqada ham epik (maye, kitobxonlik yoʻllari, doston termalarn, 

ballada  va  boshqa),  lirik  (ashula,  ariya,  madhiya,  poema  va  boshqa)  hamda 

dramatik  (musiqiy  tomosha,  musiqali  drama,  opera  va  simfoniya  kabi)  turlarini 

belgilash mumkin. 

Qadimda, oʻrta asrlar va Uygʻonish davri sanʼatlarida Janrlar orasida aniq, 

chegara  qoʻyilmagan.  Klassitsizm  davri  (Fransiya)  dagina  qatʼiy  Janr  tizimi 

yaratildi. 19-asrda  Janrlar  orasiga  katiy  chegara  qoʻyilishi  bilan  ayrim  Janrlar  oʻz 

ahamiyati  va  yetakchiligini  yoʻqotdi,  ayrimlari  (portret,  manzara,  konsert, 

simfoniya  va  boshqa)ning  oʻzaro  taʼsirda,  yangi  turlarining  paydo  boʻlishi  kabi 

murakkab  jarayonlar  yuzaga  keldi.  Sanʼatshunoslikda  Janr  tushunchasi  17-asrda 

paydo  boʻlib,  jahon  sanʼati  tarixining  barcha  davrlariga  nisbatan  asarlarning 

ifodaviy va mazmun xususiyatlarini taxlil qilishda qoʻllaniladi.

 



109 

 

Lirika

 (lira)  —  badiiy  adabiyotdagi  3  asosiy  adabiy  tur  (epos,  drama, 

lirika)ning  biri.  Lirikada  mavjud  obʼyektiv  voqelikdan  koʻra  ijodkor  shaxsining 

his-tuygʻulari,  qalb  kechinmalari,  lirik  qahramonning  ichki  dunyosi  birinchi 

oʻrinda  turadi.  Barcha  ifoda  shoirning  "men"i  orqali  oʻtadi.  Lirikada,  eposdan 

farqli oʻlaroq,  muayyan  epik syujet  boʻlmaydi.  Dramatik  turdan  ajralib turadigan 

jihati  esa,  Lirikada  subʼyektivlik  kuchli.  Ayni  paytda  Lirika  emotsionalligi, 

oʻquvchi  qalbini  hayajonga  solishi  bilan  farqlanadi.  Lirik  asarda  subʼyekt  va 

obʼyekt  bir  shaxsda  mujassam  topadi,  undagi  markaziy  "personaj"  ijodkorning 

oʻzi, yanada aniqrogʻi, uning ichki maʼnaviy-ruhiy olami sanaladi. Lirika ijtimoiy, 

madaniy,  maishiy,  ishqiy  mavzularni  qamrab  olishi  va  juda  katta  ijtimoiy,  estetik 

mohiyat  kasb  etishi  ham  mumkin.  Biroq  bunda  ham,  baribir,  lirik  asar  oʻzagida 

individual shaxs kechinmalari, his-tuygʻulari yetakchilik qiladi.  

Oʻquvchini  oʻzligiga,  oʻz  maʼnaviy-ruhiy  dunyosiga  nazar  solishga 

undaydi.  Lirika  qadimda xalq  ogʻzaki  ijodi tarkibida  mavjud  boʻlib,  maʼlum  bir 

mavsum,  fasl  yoki  urf-odatlarga  bagʻishlab  aytilgan.  Lirika  Gʻarbda  Qadimgi 

Yunoniston va Rim shoirlari ijodida, Sharqda xitoy, fors va oʻzbek shoirlari ijodida 

asosiy oʻrinni egalladi.  

Umar  Xayyom, Saʼdiy  Sheroziy,  Atoiy,  Lutfiy,  Abdurahmon  Jomiy, 

Alisher  Navoiylar  lirik  shoir  sifatida  shuhrat  topdilar.  Alisher  Navoiydan 

soʻng Bobur, Ogahiy, Furqatdek shoirlar  oʻzbek  mumtoz  lirikasi  xazinasiga 

munosib  hissa  koʻshdilar. Gʻarb  Uygʻonish  davri vakillari  Petrarka  (Italiya), 

Vilyam Shekspir (Angliya), soʻngra XVIII-XIX asrlarda I.V. Gyote (Germaniya), 

J.  Bayron  (Angliya),  A.  S.  Pushkin  (Rossiya)  kabi  shoirlar  L.  sohasida  samarali 

ijod qildilar. 

20-asrda  lirika  shakl  va  mazmun-mohiyati  jihatidan  boyidi. Pablo 

Neruda (Chili), Nozim  Hikmat (Turkiya),  Garsiya  Lorka  (Ispaniya),  A.  Blok 

(Rossiya)  singari  shoirlar  ijodi  koʻpchilikning  eʼtiborini  qozondi.  20-asr  oʻzbek 

adabiyotida  esa  badiiy-estetik  tamoyillarning  yangilanishida  lirika  muhim  rol 

oʻynadi.  Choʻlpon, Oybek, Gʻafur  Gʻulom, Hamid  Olimjon, Usmon  Nosir,  Erkin 

Vohidov, Abdulla 

Oripov, Rauf 

Parfi, Halima 

Xudoyberdiyeva, 

Omon 



110 

 

Matjon, Shavkat  Rahmon, Usmon  Azim sheʼrlarida  oʻzbekona  lirik  tafakkur 



imkoniyatlarining rang-barangligi aks etdi. Lirika jahon adabiyotida oʻzining ichki 

janrlariga  koʻra  turli  hajmiy  koʻri-nishga  ega  boʻlgan  va  yuksak  musiqiylik  kasb 

etgan.  

Lirikadagi  musiqiylik,  ohangdorlik  barcha  zamonlarda  bosh  xususiyat 

sanalgan.  20-asr  dunyo  adabiyotida  va,  qisman,  oʻzbek  adabiyotida  nisbatan 

musiqiylikdan  xoli  lirik  asarlar  ham  bitildi:  ularni  musiqa  asbobi  bilan  ijro  etish 

qiyin.  Biroq  bu  turdagi  modern  lirikada  shoirning  qalb  ohangi,  ijodkor  uslubiga, 

janr pafosiga xos ichki - sirli musiqadorlik mavjud.  

Lirikadagi  xarakter  ham,  konflikt  ham  subʼyekt  isteʼdodi,  mahoratidan 

kelib  chiqadi.  Xususan,  lirikada  konflikt  soʻzlarda,  misralarda,  tasviriy  ifodada 

yaqqol  aks  etadi.  Lirikada  badiiy  tasvir  vositalari  (lafziy  va  maʼnaviy  sanʼatlar) 

keng qoʻllanadi. 

Poetik "men" va biografik "men"  lirikaning odatiy, oʻzaro ajralmas unsuri 

sanaladi. Ammo har qanday biografik maʼlumot poetik matn ichida oʻz mazmun-

mohiyatini oʻzgartirib, ijtimoiy-madaniy yoki maʼnaviy-estetik mohiyat kasb etishi 

mumkin.  

Adabiyotshunos olimlarning shoir Abdulhamid Choʻlpon qalamiga mansub 

"Aldanish"  sarlavhali  sheʼrini  turlicha  talkin  etishlari  buning  isbotidir.  Lirik  asar 

aksar  holatlarda  har  qanday  insonga  tushunarli,  uning  dardiga,  zavqiga  mos 

boʻladi.  Ammo  jahon  adabiyotida  "sanʼat  sanʼat  uchun"  qoidasiga  muvofiq 

ravishda "sof sanʼat", "sof Lirika tushunchalari ham vujudga kelgan.  

"Sof Lirika" xususiyati shuki, bunda "men" sof sanʼat tili, ramzlar tili orqali 

yuksak badiiy-estetik maqomda ifoda etiladi. Shoir oʻzi uchun yozadi; oʻquvchini 

koʻzlamaydi;  individual  ruhiy  holat  misralarga  koʻchadi.  Adabiyotshunoslar  L.ni 

mavzusiga  qarab  shartli  ravishda  ishq-muhabbat,  falsafiy,  peyzaj,  publitsistik  va 

boshqa lirikalarga ajratadilar. 

Shuningdek,  lirika  gʻazal,  ruboiy,  tuyuq,  muhammas,  qasida,  marsiya, 

sonet singari  koʻplab  adabiy  janrlarga  boʻlinib  ketadi.  Ayni  choqda,  lirikani  davr 

eʼtibori bilan mumtoz lirika va zamonaviy lirika tarzida tasniflash ham mumkin.   



111 

 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish