3-§. O‘zbek xalq qo‘shiq ijrochiligi tarixidan.
Musiqa ta'limining katta e'tibor bergan O‘rta Osiyolik mashhur
musiqachilar orasidagi olim Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o‘qitish
masalalariga ko‘plab ilmiy va amaliy g‘oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa
nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning
“Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida
yozilgan. O‘zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san'ati sohasida nixoyatda
katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-
Sayyor”, “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan.
Barcha xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham qadimdan o‘zining boy milliy
ma'naviy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analariga ega bo‘lib kelgan tarixan juda
o‘tmishga borib taqaladigan boy musiqiy merosga ega. O‘zbek xalqining turmush
tarzi, ruhiyati va salohiyatini belgilovchi xususiyatlarini belgilovchi uning
musiqasi, kuy va qo‘shiqlaridir. Bu milliy musiqiy merosi nihoyatda boy va ko‘p
janrlidir.
Tarixdan ma'lumki, o‘zbek xalqining musiqa merosi og‘izdan-og‘izga,
ustozdan shogirdga, otadan-o‘g‘ilga, onadan-qizga o‘tib kelgan ma'lum vaziyat va
sharoit bilan chegaralangan (oilaviy marosim, mavsumiy marosim, mehnat
72
qo‘shiqlari hamda diniy aytimlar, erkin mavzuli lapar, yalla, terma, qo‘shiq
mumtoz ashula, terma va dostonlari, shashmaqom, Toshkent-Farg‘ona makomi,
Xorazm maqomlari kabi ko‘plab musiqiy janrlardagi asarlar musiqa san'atining
an'anaviy va bardavomligini ta'minlab kelmoqda. Bugungi kunda ular milliy
ma'naviy musiqa qadriyatlarimizning asosini tashkil qiladi.
Milliy musiqiy madaniyatining poydevor hisoblanuvchi mumtoz asarlarni
oliy va o‘rta maxsus taolim muassasalarida, shu jumladan, maktabgacha ta'lim,
maktabdan tashqari, umumtaolim maktablari, akademik-litsey va kasb-hunar
kollejlarining o‘quvchi yoshlari orasida targ‘ib qilish, ang avvalo o‘qitish ishlarini
tashkil etish, millatimizning ulkan nodir boyliklaridan ularni bahramand etish,
shuningdek, musiqa an'analarini bardavomligini ta'minlashdan iboratdir.
O‘zbekiston o‘zining mustaqilligini qo‘lga kiritgan davtlabi yillardan
Samarqandda xalqaro “Sharq taronalari” festivalini, Respublikada Yunus Rajabiy,
Ma'murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov va Xoji Abdulaziz Abdurasulov kabi
xalq hofizlariga bag‘ishlab Respublika qushiq ijrochiligi tanlovlarini, “O‘zbekiston
Vatanim manim”, Baxshi-oqinlarning Xalqaro festivali Respublika va
xalqarotanlov hamda ilmiy-nazariy anjumanlarning o‘tkazilishi o‘zbek xalq musiqa
ijodi hamda uning an'anaviy vokal va estrada xonandaligi ijrochilik maktabini
shakllanishi va rivoj topishiga nihoyatda ulkan hissa qo‘shmoqda.
An'anaviy qo‘shiqchilik san'ati ko‘pchilik Sharq xalqlari musiqa merosida
mavjud bo‘lib, milliy musiqaning asosini tashkil etadi. Ular nazariy va amaliy
asoslarga ega, zero mazkur xalqlar musiqasining ustozona uslubidagi namunasidir.
Ushbu an'anaviy ijrochilikning asosini shubhasiz, maqomlar, xususan o‘zbek va
tojik xalqlarining ma'naviy merosi hisoblangan Shashmaqom asarlari tashkil etadi.
Ular asrlar davomida bu sohada olib borgan ijodiy izlanishlari samarasidir. Ustoz
sozanda va xonandalar keyingi avlodlariga ko‘z qorachig‘iday asrab bizgacha
yetkazib kelgan maqom asarlari hozirgi kunda nafosat dunyosidagi eng yuqori
pag‘onada turuvchi, beqiyos qimmatga ega bo‘lgan musiqa san'ati boyliklari
sifatida chinakkam xalq mulkiga aylandi.
73
O‘zbek xalq musiqa ijodi namunalarini ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va
bajarayotgan vazifalariga ko‘ra quyidagi ikki asosiy guruhga ajratiladi:
a) Ijro etilishi ma'lum sharoit va vaziyatlar bilan shartlangan kuy-
qo‘shiqlar (oilaviy, mavsumiy, mehnat);
b) Istalgan “vaziyat” yoki erkin mavzuli kuy – qo‘shiqlar (qo‘shiq, terma,
lapar, yalla). Bunda birinchi guruh mazmunini mehnat jarayoniga bog‘liq aytimlar,
oilaviy marosim, mavsumiy marosim va mehnat qo‘shiqlari tashkil etsa, ikkinchi
guruh tarkibi o‘z ichiga qo‘shiq, terma, lapar, yalla, ashula kabi aytimlarni oladi.
O‘zbek xalq qo‘shiqlarining g‘oyaviy tematik va janr xususiyatlarini
nazarda tutib, ular ikki turkumga bo‘linganligini ko‘rish mumkin. Birinchi, faqat
ma'lum hayotiy janrlarda, masalan: mehnatda (“Mayda-mayda”, “Yozi” kabilar),
bolani beshikda tebratishda (“Alla”), to‘y marosimlarida (“O‘lan”, “Yor-yor”
kabilar) ijro etiladigan turli mavzudagi qo‘shiq, terma, lapar, alla va qo‘shiqlardir.
Bular ichida ashula janri kuy rivoji va tuzulishidagi xususiyatlariga nisbatan hajmi,
avjdorligi, ijroning murakkabligi hamda cho‘ziq ohangdorligi bilan ajralib turadi.
Qolganlari kichik kuylar tarzida tuzilgan bo‘lib, ular o‘zaro bir birlaridan ayrim
xususiyatlari bilangina ajralib turadilar.
Masalan, qo‘shiq raqssiz hamda asosan yakkaxon ijrosida aytilsa, lapar
albatta raqs bilan, ko‘pincha ikki kishi tomonidan dialog formasida ijro etiladi. Bu
esa o‘z navbatida lapar kuylarining raqsiyligi hamda ikki va undan ortiq kishi
tomonidan kuylash jihtlari bo‘lganligi bilan ajralib turadi.
Lapardan farqli o‘laroq yalla esa ko‘pincha naqoratli bo‘lib, ko‘pchilik
tomonidan qarsak chalinib, jo‘r bo‘lib aytilsa, bandlar yakkaxon yalla ijrochisi
tomonidan raqsbob ohangda ijro aytiladi. “Bu janrlar, yaoni, terma, qo‘shiq, yalla,
lapar va ashulalar ayrim marosimlar bilan bog‘langan holda keng tarannum
etishlari natijasida ularning har biri mavzuning ko‘pqirraliligi bilan ham marosim
qo‘shiqlaridan ajralib turadi. Lekin o‘z tuzilishi va aytilish uslublarida esa ular
marosim va mehnat qo‘shiqlari, umuman ma'lum jarayon bilan bog‘liq holda
aytiladigan qo‘shiqlardan deyarli farq qilmaydi” - deb yozadi musiqashunos olim
F. Karomatov. Qadimgi davrlarda qo‘shiqchilik san'ati xalq san'ati shaklida paydo
74
bo‘lib, keyinchalik sinfiy jamiyatga o‘tish va ijtimoiy tabaqalanish natijasida uning
kasbiy (professional) shakli ajralib chiqa boshlagan.
Birinchi gurux qo‘shiqlaridan ikkinchisining farqi ularni kengroq ma'noni
yoritishidadir. O‘zbek professional musiqasi asrlar davomida kuylanib, rivojlanib
kelgan bo‘lsa ham XX asrga qadar nota yozuviga tushirilmagan. Professional
musiqa, yirik xajmli ashula va murakkab vokal-cholg‘u asarlar – maqomni o‘z
ichiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |