O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. O‘zbek xalq qo‘shiq ijrochiligi tarixidan



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

 

3-§. O‘zbek xalq qo‘shiq ijrochiligi tarixidan.

 

Musiqa  ta'limining  katta  e'tibor  bergan  O‘rta  Osiyolik  mashhur 

musiqachilar  orasidagi  olim  Al-Farobiy  yosh  avlodni  tarbiyalash  o‘qitish 

masalalariga  ko‘plab  ilmiy  va  amaliy  g‘oyalar  bildiradi.  U  shuningdek,  musiqa 

nazariyasining  asoschisi  hamdir.  Taniqli  olim,  faylasuf,  musiqashunos  Jomiyning 

“Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida 

yozilgan.  O‘zbek  shoiri  Alisher  Navoiy  ham  musiqa  san'ati  sohasida  nixoyatda 

katta  bilimga  ega  bo‘lgan  edi.  Uning  musiqaviy  estetik  qarashlari  “Sabbai-

Sayyor”, “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan. 

 Barcha  xalqlar  qatori  o‘zbek  xalqi  ham  qadimdan  o‘zining  boy  milliy 

ma'naviy  qadriyatlari,  urf-odatlari  va  an'analariga  ega  bo‘lib  kelgan  tarixan  juda 

o‘tmishga borib taqaladigan boy musiqiy merosga ega. O‘zbek xalqining turmush 

tarzi,  ruhiyati  va  salohiyatini  belgilovchi  xususiyatlarini  belgilovchi  uning 

musiqasi, kuy va qo‘shiqlaridir. Bu milliy musiqiy merosi nihoyatda boy va ko‘p 

janrlidir.  

 Tarixdan  ma'lumki,  o‘zbek  xalqining  musiqa  merosi  og‘izdan-og‘izga, 

ustozdan shogirdga, otadan-o‘g‘ilga, onadan-qizga o‘tib kelgan ma'lum vaziyat va 

sharoit  bilan  chegaralangan  (oilaviy  marosim,  mavsumiy  marosim,  mehnat 




72 

 

qo‘shiqlari  hamda  diniy  aytimlar,  erkin  mavzuli  lapar,  yalla,  terma,  qo‘shiq 



mumtoz  ashula,  terma  va  dostonlari,  shashmaqom,  Toshkent-Farg‘ona  makomi, 

Xorazm  maqomlari  kabi  ko‘plab  musiqiy  janrlardagi  asarlar  musiqa  san'atining 

an'anaviy  va  bardavomligini  ta'minlab  kelmoqda.  Bugungi  kunda  ular  milliy 

ma'naviy musiqa qadriyatlarimizning asosini tashkil qiladi. 

 Milliy  musiqiy  madaniyatining poydevor  hisoblanuvchi  mumtoz  asarlarni 

oliy  va  o‘rta  maxsus  taolim  muassasalarida,  shu  jumladan,  maktabgacha  ta'lim, 

maktabdan  tashqari,  umumtaolim  maktablari,  akademik-litsey  va  kasb-hunar 

kollejlarining o‘quvchi yoshlari orasida targ‘ib qilish, ang avvalo o‘qitish ishlarini 

tashkil  etish,  millatimizning  ulkan  nodir  boyliklaridan  ularni  bahramand  etish, 

shuningdek, musiqa an'analarini bardavomligini ta'minlashdan iboratdir. 

 O‘zbekiston  o‘zining  mustaqilligini  qo‘lga  kiritgan  davtlabi  yillardan 

Samarqandda xalqaro “Sharq taronalari” festivalini, Respublikada Yunus Rajabiy, 

Ma'murjon  Uzoqov,  Komiljon  Otaniyozov  va  Xoji  Abdulaziz  Abdurasulov  kabi 

xalq hofizlariga bag‘ishlab Respublika qushiq ijrochiligi tanlovlarini, “O‘zbekiston 

Vatanim  manim”,  Baxshi-oqinlarning  Xalqaro  festivali  Respublika  va 

xalqarotanlov hamda ilmiy-nazariy anjumanlarning o‘tkazilishi o‘zbek xalq musiqa 

ijodi  hamda  uning  an'anaviy  vokal  va  estrada  xonandaligi  ijrochilik  maktabini 

shakllanishi va rivoj topishiga nihoyatda ulkan hissa qo‘shmoqda. 

 An'anaviy qo‘shiqchilik san'ati ko‘pchilik Sharq xalqlari musiqa merosida 

mavjud  bo‘lib,  milliy  musiqaning  asosini  tashkil  etadi.  Ular  nazariy  va  amaliy 

asoslarga ega, zero mazkur xalqlar musiqasining ustozona uslubidagi namunasidir. 

Ushbu  an'anaviy  ijrochilikning  asosini  shubhasiz,  maqomlar,  xususan  o‘zbek  va 

tojik xalqlarining ma'naviy merosi hisoblangan Shashmaqom asarlari tashkil etadi. 

Ular asrlar davomida bu sohada olib borgan ijodiy izlanishlari samarasidir. Ustoz 

sozanda  va  xonandalar  keyingi  avlodlariga  ko‘z  qorachig‘iday  asrab  bizgacha 

yetkazib  kelgan  maqom  asarlari  hozirgi  kunda  nafosat  dunyosidagi  eng  yuqori 

pag‘onada  turuvchi,  beqiyos  qimmatga  ega  bo‘lgan  musiqa  san'ati  boyliklari 

sifatida chinakkam xalq mulkiga aylandi. 




73 

 

 O‘zbek  xalq  musiqa  ijodi  namunalarini  ijtimoiy  hayotda  tutgan  o‘rni  va 



bajarayotgan vazifalariga ko‘ra quyidagi ikki asosiy guruhga ajratiladi: 

 a)  Ijro  etilishi  ma'lum  sharoit  va  vaziyatlar  bilan  shartlangan  kuy-

qo‘shiqlar (oilaviy, mavsumiy, mehnat); 

 b) Istalgan “vaziyat” yoki erkin mavzuli kuy – qo‘shiqlar (qo‘shiq, terma, 

lapar, yalla). Bunda birinchi guruh mazmunini mehnat jarayoniga bog‘liq aytimlar, 

oilaviy  marosim,  mavsumiy  marosim va mehnat qo‘shiqlari tashkil etsa, ikkinchi 

guruh tarkibi o‘z ichiga qo‘shiq, terma, lapar, yalla, ashula kabi aytimlarni oladi. 

 O‘zbek  xalq  qo‘shiqlarining  g‘oyaviy  tematik  va  janr  xususiyatlarini 

nazarda  tutib,  ular  ikki  turkumga  bo‘linganligini  ko‘rish  mumkin.  Birinchi,  faqat 

ma'lum  hayotiy  janrlarda,  masalan:  mehnatda  (“Mayda-mayda”,  “Yozi”  kabilar), 

bolani  beshikda  tebratishda  (“Alla”),  to‘y  marosimlarida  (“O‘lan”,  “Yor-yor” 

kabilar) ijro etiladigan turli mavzudagi qo‘shiq, terma, lapar, alla va qo‘shiqlardir. 

Bular ichida ashula janri kuy rivoji va tuzulishidagi xususiyatlariga nisbatan hajmi, 

avjdorligi,  ijroning  murakkabligi  hamda  cho‘ziq  ohangdorligi  bilan  ajralib  turadi. 

Qolganlari  kichik  kuylar  tarzida  tuzilgan  bo‘lib,  ular  o‘zaro  bir  birlaridan  ayrim 

xususiyatlari bilangina ajralib turadilar.  

Masalan,  qo‘shiq  raqssiz  hamda  asosan  yakkaxon  ijrosida  aytilsa,  lapar 

albatta raqs bilan, ko‘pincha ikki kishi tomonidan dialog formasida ijro etiladi. Bu 

esa  o‘z  navbatida  lapar  kuylarining  raqsiyligi  hamda  ikki  va  undan  ortiq  kishi 

tomonidan kuylash jihtlari bo‘lganligi bilan ajralib turadi.  

Lapardan  farqli  o‘laroq  yalla  esa  ko‘pincha  naqoratli  bo‘lib,  ko‘pchilik 

tomonidan  qarsak  chalinib,  jo‘r  bo‘lib  aytilsa,  bandlar  yakkaxon  yalla  ijrochisi 

tomonidan raqsbob ohangda ijro aytiladi. “Bu janrlar, yaoni, terma, qo‘shiq, yalla, 

lapar  va  ashulalar  ayrim  marosimlar  bilan  bog‘langan  holda  keng  tarannum 

etishlari natijasida ularning har biri mavzuning ko‘pqirraliligi bilan ham marosim 

qo‘shiqlaridan  ajralib  turadi.  Lekin  o‘z  tuzilishi  va  aytilish  uslublarida  esa  ular 

marosim  va  mehnat  qo‘shiqlari,  umuman  ma'lum  jarayon  bilan  bog‘liq  holda 

aytiladigan qo‘shiqlardan deyarli farq qilmaydi”  - deb yozadi musiqashunos olim 

F. Karomatov. Qadimgi davrlarda qo‘shiqchilik san'ati xalq san'ati shaklida paydo 



74 

 

bo‘lib, keyinchalik sinfiy jamiyatga o‘tish va ijtimoiy tabaqalanish natijasida uning 



kasbiy (professional) shakli ajralib chiqa boshlagan. 

 Birinchi gurux qo‘shiqlaridan ikkinchisining farqi ularni kengroq ma'noni 

yoritishidadir.  O‘zbek  professional  musiqasi asrlar davomida kuylanib,  rivojlanib 

kelgan  bo‘lsa  ham  XX  asrga  qadar  nota  yozuviga  tushirilmagan.  Professional 

musiqa,  yirik  xajmli  ashula  va  murakkab  vokal-cholg‘u  asarlar  –  maqomni  o‘z 

ichiga qamrab oladi. 




Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish