Usta Olim Komilov (1875-1953)
Usta olim Komilov (1875, Margʻilon – 3.04.1953,
Toshkent) - sozanda (doyra, nogʻora, chang), milliy kuy, usul va
raqslar bilimdoni, pedagog, oʻzbek sahnaviy raqs sanʼatining
asoschilaridan. Mehnat Qahramoni (1932), Oʻzbekiston xalq
artisti (1937). Margʻilonda Masaid otadan doira chalishni
oʻrgangan. Dastlab Margilon yallachilari, sozandalarga joʻrnavozlik qilib, toʻy,
sayil, keyinchalik choyxonalarda xizmat qilgan. Oʻzbek davlat konsertetnografik
truppasi (1929 yildan Oʻzbek davlat musiqali teatri, 1939 yildan Oʻzbek davlat
opera va balet teatri)da doirachi; raqs studiyasida dars bergan (1926-43).
Usta olim Komilov oʻzbek raks sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. U
toʻplagan va oʻzi yaratgan oʻzbek raqsi usullari raqqosalar uchun asosiy qoʻllanma
boʻlib qoldi. Usta olim Komilov Tamaraxonim va M. Turgʻunboyeva kabi
raqqosalar ustozidir. Tamaraxonim bilan ijodiy hamkorlikda qad. oʻzbek raqslarini
sahnalashtirgan, ularning ayrimlarini raqqosalar ansambli ijrosiga moslashtirgan
("Zang", "Gul oʻyin", "Sadr", "Daromadi gul oʻyin" va h. k.), yangi "Pilla", M.
Turgʻunboyeva bilan "Paxta", oʻzi "Tantana" raqslarini yaratgan. "Farhod va
Shirin" (Xurshid pyesasi; V. Uspenskiy, G. Mushel musiqasi), "Gulsara" (Komil
Yashin, M. Muhamedov; R. Glier) spektakllariga raqslar sahnalashtirgan, "Paxta"
31
(N. Roslavets, 1933), "Shohida" (F. Tal, 1939) baletlarini sahnalashtirishda
qatnashgan.
Usta olim Komilov ijrosidagi xalq doyra usullarining kupi Il. Akbarov
("Doyra usullari", T., 1952), V. Uspenskiy, Ye. Romanovskayalar tomonidan
yozib olingan. Usta olim Komilov ning ijro uslubi zarblar jilvadorligi qamda tembr
vositalarining xilmaxilligi bilan ajralib turadi. T. Inogʻomov, K. Azimov, A.
Toʻychiyev va boshqa doirachilarga ustozlik qilgan.
Moskvada oʻtkazilgan milliy teatrlar olimpiadasi (1930), oʻzbek sanʼati
dekadasi (1937) qatnashchisi (dekadada ijro etilgan "Sayil va kolxoz toʻyi"
inssenirovkasining yaratuvchilaridan). Usta olim Komilov doiraning boy ifoda
imkoniyatlarini chet mamlakatlarda ham namoyish qilgan. Tamaraxonim va
boshqa bilan birinchi xalqaro raqs festivalida gʻoliblikka erishgan (London,1935)
va uning kaftlaridan olingan gips nusxa Angliya muzeyida saqlanadi. Fargʻonadagi
1-musiqa maktabi, Toshkent va Margʻilondagi koʻchalardan biriga Usta olim
Komilov nomi berilgan.
Usta Olim Komilov 1953 yil Toshkentda vafot etgan. U “Chig‘atoy”
memorial qabristoniga dafn etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |