4.2. Namunaviy loyihaviy protseduralar
Loyihalashning namunaviy protsedura (masala, vazifa)larining klassifikatsiyasi.
Har xil
turdagi ob’yektlarni loyihalashda ko‘p qaytalab qo‘llashga mo‘ljallangan loyihaviy protsedura
namunaviy (типовой) deb ataladi.
Analiz va sintez loyihaviy protseduralarini farqlashadi. Ob’yekt bayonini tuzish –
sintez
,
ob’yektning bayoni bo‘yicha uning xossalarini aniqlash va ishchanlik qobiliyatini tadqiqot qilish –
analiz
bo‘ladi, ya’ni sintezda yaratiladi, analizda esa ob’yekt loyihalari baholanadi.
A n a l i z p r o t s e d u r a l a r i bir va ko‘p variantli analiz protseduralariga bo‘linadi.
Bir variantli analiz
da ichki va tashqi parametrlarning qiymatlari beriladi, ob’yekt chiquvchi
parametrlari qiymatlarini aniqlash talab qilinadi. Ichki parametrlar makoni tushunchasi bilan bog‘liq
bo‘lgan ushbu masalaning geometrik sharhini qo‘llash foydali. Bu
n
-o‘lchamli makon bo‘lib, unda
ichki
n
parametrlarning har biri
x
i
ga koordinata o‘zi ajratilgan. Bir variantli analizda ichki
parametrlar makonida qandaydir nuqta beriladi va ushbu nuqtada chiquvchi parametrlarning
qiymatlarini bir marta yechishga keltiriladi, bu – bunday turdagi analizning nomini belgilaydi.
Ko‘p variantli analiz
da ichki parametrlar makonining qandaydir zonasida ob’yekt xossalari
tadqiqot qilinadi. Bunday analiz tenglamalar tizimini bir necha marta yechishni (bir variantli analizni
bir necha marta bajarilishini) talab qiladi.
S i n t e z p r o t s e d u r a l a r i strukturaviy va parametrik sintez protseduralariga bo‘linadi.
Strukturaviy sintez
maqsadi – ob’yekt strukturasini – ob’yektni tashkil qiluvchi elementlar
turlari ro‘yxatini va ob’yekt tarkibidagi elementlarning o‘zaro bog‘lanish usullarini aniqlashdir.
Parametrik sintez
maqsadi – berilgan struktura va ishchanlik qobiliyati sharoitlarida elementlar
parametrlari son qiymatlarining ob’yektning chiquvchi parametrlariga ta’sirini aniqlashdadir, ya’ni
27
parametrik sintezda ichki parametrlar makonida shunday nuqta yoki zona topilsinki, u erda u yoki bu
shartlar (odatda ishchanlik qobiliyati shartlari) bajarilsin.
Analiz va sintez loyihaviy protseduralari orasidagi bog‘lanish shundayki, unda analiz
protsedurasi optimallash protsedurasiga (parametrik sintez) va optimallash protsedurasi strukturaviy
va parametrik sintezlarni birlashtiruvchi sintez protsedurasiga solinganlik (вложенность) tavsifiga
ega bo‘ladi.
Solinganlik
, birinchidan, analiz optimallashtirishga tarkibiy qism bo‘lib, optimallashtirish esa
sintezga tarkibiy qism bo‘lib kirishini, ikkinchidan, optimallash protsedurasining bir marta bajarilishi
– analiz protsedurasining bir necha marta bajarilishini, sintez masalasining bir necha marta yechilishi
– optimallashtirish masalasining bir necha marta yechilishini talab qilishini bildiradi. Shubhasiz
analiz protseduralari ham shunday tavsifga ega – bir martali ko‘p variantli analiz ko‘p martali bir
variantli analizga asoslangan. Loyihalashning navbatdagi bosqichidagi loyihaviy yechim sintezi
analizning juda ko‘p miqdordagi variantlarining bajarilishini talab qilishi mumkin. Agar
j
protseduraga solingan
i
protsedurasi bajarilishlarining soniga teng
f
ij
koeffitsienti kiritilsa,
j
protsedurasining bir marta bajarilishida, sintez, optimallashtirish, bir variantli va ko‘p variantli analiz
mos ravishda 1, 2, 3, 4 nomerlari bilan belgilansa, u holda
Do'stlaringiz bilan baham: |