Fanning maqsadi
– boʻlajak oʻqituvchilarni zamonaviy pedagogika fanining
nazariy-tarixiy asoslari va oʻqituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish,
Oʻzbekiston Respublikasining ―Taʼlim toʻgʻrisida‖gi Qonunida belgilangan
talablar asosida taʼlim-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan
samarali foydalanish, real taʼlim amaliyotida yuksak pedagogik madaniyat va
texnikani namoyon eta olishga oʻrgatish.
Fanning vazifalari:
– respublikamizda shaxsni har tomonlama rivojlantirishning eng dolzarb
muammolarini hal qilsh;
- talabalarda ma‘naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini oshirish va ularga
jahon andozalari talablariga mos ravishda bilim berish;
- oʻquv-tarbiya jarayonini samarali boshqarish, oʻquv-meʼyoriy hujjatlar bilan
ishlash hamda taʼlim olganlikni tashxis etish qonuniyat va tamoyillari bilan
tanishtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |