O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana02.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#311323
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
asab va mushak tizimi fiziologiyasi

 

 

 


Muskullarning charchashi. 

 

Ayrim organ va to’qimalarning ishlashi natijasida ish qobiliyatining vaqtincha 



pasayishiga ularning charchashi deyiladi. A’zo yoki to’qima dam olganidan keyin 

charchog’i yozilib, yo’qolib ketadi. Agar tanadan ajratib olingan muskul uzoq vaqt 

ketma-ket,  tez-tez  ta'sirlab  turilsa,  oradan  muayyan  vaqt  utgach,  muskulning 

qisqarish  kuchi  tobora  kamayib  boradi  va  bora-bora  muskul  butunlay  qisqarmay 

qo’yadi.  Bu  vaqtda  muskulning  qo’zg’aluvchanligi,  labilligi,  qisqaruvchanligi 

pasayadi, mutloq kuchi kamayadi. Muskul qanchalik tez qisqarsa, u shunchalik tez 

charchaydi.  Muskulning  charchashini  tushuntirish  uchun  bir  qancha  nazariyalar 

yaratilgan.  Ba'zi  olimlar  ishlash  natijasida  energiya  zahirasi  tugab  qoladi,  degan 

fikrni  bayon  qilsa,  boshqa  bir  guruh  olimlar  ishlash  vaqtida  organizmda  har  xil 

zararli  moddalar  hosil  bo’lgani  uchun  muskul  zaharlanib,  charchab  qoladi,  deb 

tushuntiradilar.  Lekin  bu  nazariyalarning  har  ikkisi  ham  charchash  sabablarini 

to’la-to’kis  tushuntirib  bermaydi.  Ishlab  turgan  muskulda  chindan  ham  moddalar 

almashinuvining turli zararli mahsulotlari, jumladan, sut kislota, azot qoldiqlari va 

boshqalar hosil bo’lib, muskulning ish qobiliyatini ancha pasaytiradi. Shuningdek, 

muskul  ishlaganda  energiya  zahiralari  ham  kamayadi.  Ammo  bu  jarayonlarning 

hech  biri  ham  charchashni  tushuntirish  uchun  to’la  asos  bo’la  olmaydi. 

Charchashni tushuntirish uchun yaratilgan nazariyalarning hech biri charchashning 

kelib  chiqishida  nerv  tizimining  rolini  e'tiborga  olmagan.  I.M.Sechenov, 

I.P.Pavlov,  N.E.Vvedenskiy  va  A.A.Uxtomskiylar  charchashning  boshlanishida 

nerv tizimining katta rol o'ynashini ko’rsatib berdilar. N.E.Vvedenskiy muskulning 

charchashi mohiyat e'tibori bilan reflektor akt ekanligini o’z tajribalarida isbotladi. 

O’sha  tajribalarda  u  muskuldan  oldin  nerv  tizimi  charchashini  aniqladi. 

Muskulning  charchashida  bosh  miya  yarim  sharlarining  po’stlog’i  ham  katta  rol 

o’ynaydi. L.A.Orbeli charchagan muskulning ish qobiliyati vegetativ, ayniqsa uni 

simpatik  bo’limi  ta'sirida  o’zgarishini,  ya'ni  muskul  charchab  turganida  unga 

keladigan  simpatik  nerv  ta'sirlansa,  muskulning  yana  qaytadan  ishlay  boshlashini 

o’z laboratoriyasida aniqladi. Bu vaqtda simpatik nerv muskulda sodir bo’layotgan 

moddalar almashinuvini o’zgartirish yo’li bilan uning ishlashini yaxshilaydi.  




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish