24
X U L O S A
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O’zbekistonning eng qadimgi
davri davlatchiligi tarixi haqida yunon-rim manbalari va boshqa manbalar
anchagina va ularni o’rganish ishlari haligacha davom etib kelmoqda. Bularga
eng qadimgi yunon tarixchilaridan Xerodotniong “Tarix” asarini, Diodorning
“Tarixiy kutubxona”, Polibiyning “Umumiy tarix”, Strabonning “Geografiya”,
Arrian Flaviyning “Iskandarning yurishlari”, “Parfiyaliklar haqida”,
“Hindiston”, Ptolomey Klavdiyning “Al-Magest”va “Geografiya”asarlarini
muhim manba sifatida o’rganishimiz mumkin. Rim tarixchilaridan esa,
Pompey Trogning “Filipp tarixi”, Kvint Kursiy Rufning “Buyuk Iskandar
tarixi”, Gay Pliniy Sekundning “Germanlarning urushlari”, “Pomponiy
Sekundning hayoti”, “Oddiy tarix”asarlari ham qimmatlidir.
Yunon-rim manbalrining o’ziga xos hususiyati shundaki, bu asarlar
ko’pincha afsona va rivoyatlarga, oddiy mahalliy xalqlarning gaplariga
asoslanib yozilgan. Shunga qaramasdan, afsonalarda ham birmuncha bo’lsa-da
haqiqat yashiringan bo’ladi. Bundan tashqari ular ko’pincha harbiy
bosqinchilar bilan birga kelgan askarlar va saroy tarixchilarining ko’rgan-
bilgan voqealari tasvirlangan. Mahalliy xalq ularni dushman sifatida ko’rib,
ko’pincha yolg’on-yashiq gapirganlar. Bundan tashqari til tushunmasliklari
ham ba’zi noqulayliklarni keltirib chiqargan. Natijada, ko’p shahar va
shahslarning nomlari noto’g’ri yozilgan. Bu esa ularning bugungi kundagi
nomlarini aniqlashda ba’zi bir noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Aniq va to’g’ri
ma’lumotlarni faqat, chuqur bilimga ega bo’lgan holda, tarixiy asarlarni
taqqoslab to’g’ri xulosaga kelish orqali olishimiz mumkin.
“Avesto”, qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa
yunon tarixshunoslarining asarlari O’rta Osiyo tarixiy viloyatlari ro’yhatini
quyidagi tartibda ko’rsatib beradi.
25
“Avesto”
Qadimgi fors yozuvlari
Yunon tarixchilari
1.
Mouru
Marg’ush
Marg’iyona
2.
So’g’da
So’g’uda
So’g’diyona
3.
Bahdi
Baqtrish
Baqtriyona
4.
Xvarizam
Xvarazmish
Xorasmiya
5.
-
Partava
Parfiyona
6.
Tur, Danu
Shak, sak
Saklar, Massagetlar
Bu jadvaldan ko’rinib turibdi-ki, O’zbekiston davlatchiligi tarixida
ko’pincha yunon tarixchilarining asarlaridagi shahar va davlatlar nomlari
qo’llaniladi.
Kurs ishida bularning har biri haqida to’liqroq ma’lumotlar berishga
harakat qildim. Qadimgi yunon manbalari orasida eng qimmatlisi Gerodotning
va Arrian, Strabonlarning asarlari hisoblanadi.Umuman, qadimgi yunon-
rimmanbalari xalqimiz tarixini yoritishda juda qimmatli manbadir.
Xullas manbalarni o’rgangan sayin mamlakatimizning eng qadimgi
davri tarixi haqida to’liqroq ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin. Ularda
mubolag’alar ko’p bo’lsa-da, manbalarni bir-biriga taqqoslash orqali nisbatan
aniqroq bo’lgan xulosalarga kelishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: