O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Konfutsiy  yoki  Kun-TSzi  (m.a. 551- 478  yy.)  «Lun  yuy



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Konfutsiy
 yoki 
Kun-TSzi
 (m.a. 551-
478  yy.) 
«Lun  yuy
»  to'plamida 
(«Suhbatlar  va  mulohazalar»
)  o'z  g'oyalarini 
jamlagan.  Olim  kelajak  rivojini  o'tmishdan  izlaydi.  Shu  davrda  obro'si  pasaygan 
zodagonlarning  manfaatini  himoya  qiladi  (bu  g'oyalar  keyinchalik  Ken-TSzi 
(m.a.312-289  yy.),  Syun-TSzi  (313-278  yy.)  va  boshqalar  tomonidan  davom 
ettirilgan).  shlarning  qariyalarga  hurmati,  ularga  qarshi  chiqmaslik  g'oyasi  asos 
qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan 
tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me'yorida saqlash, er ishlarini yaxshi bajarish, 
hammani  o'z  vazifalarini  bajonidil  ato  etishi  zarur  deyiladi  («Xalqlar  otasi» 
tushunchasining ibtidosiga e'tibor bering).  
Bu  g'oyalar  Xitoydagi  muhim  iqtisodiy  o'zgarishlar  davriga  to'g'ri  keladi. 
Temir  qurollar  tufayli  dehqonchilik  va  hunarmandchilik  rivoj  topdi,  tovar-pul 
munosabatlari  o'sdi, savdo-sotiq  kuchaydi.  Sinfiy  munosabatlar  keskinlashdi.  Shu 
sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini 
ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik 
va  xususiy  mulk  himoya  qilinadi.  Konfutsiy  «
buyuk  jamoa  mulki
»  (dehqonlar 
jamoasi)  va  xususiy  egalik  (quldorlar  mulki)ni  farqlaydi,  so'nggisini  ko'proq 
qo'llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi 
va  uni  tabiiy  hol,  deydi.  Boylikning  manbai  mehnat  bo'lib, hokimlar  boyligi  xalq 


 
52 
boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni 
ko'proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi.  
Syun-TSzi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlarning 
boylikka  intilishini  qoralamagan  (ular  qonun  asosida  ish  yuritishsa  bas).  Ammo 
inson  bir  vaqtning  o'zida  ko'p  kasb  egasi  bo'la  olmaydi,  degan  fikr  paydo  bo'ldi, 
ya'ni  olim  mehnat  taqsimoti  zarurligi  g'oyasini  ilgari  suradi  (bu  juda  muhimdir). 
Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:  
1.
 
Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash;  
2.
 
Xalq to'qligini ta'minlash;  
3.
 
Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi. 
Etarlicha  ta'minot  tamoyili  insonning  jamiyatdagi  o'rniga  bog'liq  holda 
belgilangan (ya'ni sinfiylik tamoyili mavjud). Ekspluatatsiya qo'llab-quvvatlanadi, 
jamiyatda hammaning o'z aniq joyi bo'lishi kerak, deyilgan, ya'ni hukmdor, tobe', 
ota,  o'g'il.  Boshqarish  ma'lum  qonun  asosida  emas,  balki  oddiy  odat  bo'yicha 
bo'lishi, og'ir soliq va majburiyatlar bo'lmasligi ta'kidlanadi.  
Miloddan  avvalgi  VI-III  asrlarda 
legistlar  (
qonuniy  degani)  oqimi  paydo 
bo'ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish 
tarafdori  edilar  (namoyandalari  TSzi-Chap,  Li-Kuy),  markaziy  davlat  kuchli, 
mamlakat  esa  yagona  birlashgan  bo'lishini  qo'llab-quvvatlashgan.  Legistlar  (Shan 
Yan)  ayniqsa  qishloq  xo'jaligi,  dehqonchilik,  donchilikni  rivojlantirishga  alohida 
e'tibor  berishgan.  Don  masalasini  hal  etish  bosh  masala  deb  bilingan.  Shan 
Yanning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush 
(atrofdagi  erlarni  bosib  olish).  Dehqonlar  ro'yxatini  o'tkazish,  qonun  yo'li  bilan 
yig'ilgan don miqdoriga bog'liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun 
yo'li  bilan  turli  «ishyoqmaslar»ni  «erga  qaytarish»,  ya'ni  dehqonchilik  bilan 
shug'ullanishga,  ya'ni  mehnat  qilishga  majbur  etish  siyosatini  qo'llash  kerak 
deganlar (Xitoydagi 1960 yillar davomida ro'y bergan madaniy inqilob davrida shu 
siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan savdo 
qilishni qat'iy cheklash ham talab qilingan (go'yoki savdogarlar bundan katta foyda 
olishlari  mumkin).  Savdogarlar  savdoni  tashlab,  dehqonchilikka  intilishlari 
kerak.Erkin  sohibkorlik  taqiqlangan,  umumiy  er  egaligi  va  javobgarlik  joriy 
etilgan(m.a.351 y.) 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish