107
Merkantilizm bu davrda xalq manfaatlaridan yiroq siyosatni olib
borayotganligi ochiqdan-ochiq ma'lum bo'lib qoldi.
Ba'zi bir ingliz mualliflari, masalan J.Chayld, U.Teml boshqacha yo'l, ya'ni
ssuda kapitali miqdori (foiz)ni kamaytirishni taklif etgan. Merkantilistlarning
g'oyalari burjua siyosiy iqtisodining avvalgi davr qarashlarini aks ettiradi, chunki
ular asosiy e'tiborni muomala sohasiga qaratgan edilar (boylik asosan ishlab
chiqarish sohasida yuzaga keladi, buni keyinroq ko'ramiz). Merkantilizm turli
davlatlarda asosiy sohalarda bir xil namoyon bo'lsa ham o'ziga xos milliy
xususiyatlarga ham ega.
Kapitalistik ishlab chiqarishga imkoni boricha ko'proq aholini jalb etish
muhim deb hisoblangan, chunki real ish haqi past bo'lgan sharoitda foyda kelishi
oshadi va kapital jamg'arilishi tezlashadi.
Pul tizimini tartibga solish, bu borada davlatning rolini oshirish qo'llangan.
Ayrim mutaxassislar, T.Mann chetga nodir metallar chiqarishga ruxsat berish
tarafdori edi. Uning fikricha, dehqon hosil olish uchun erga don sepishi kerak
bo'lgani kabi, savdogar ham chetga pul olib chiqishi va unga chet el tovarlarini
sotib olishi, uni ko'plab olib kelib, yana qaytadan sotishi va yangi qo'shimcha pul
ishlab, millatga foyda keltirishi kerak. Mamlakat quyidagi xalqaro almashuv
yo'llari bilan foyda olishi mumkin: tovarlar, xizmatlar, nodir metallar eksporti yoki
investisiya shaklida kapital importi (chet eldagi kapital foydasi shaklida ham
bo'lishi mumkin). Davlat sarflari quyidagicha: tovarlar importi, yashirin import,
nodir metallar importi va chet el aktivlar shaklidagi kapital eksporti. Odatda bu
ikki holat teng bo'ladi. Ammo merkantilistlar shu yo'l bilan foyda olish
mumkinligiga ishonganlar, bu xato fikrdir (quyida ko'riladi).
Merkantilizm ta'limot sifatida ham, iqtisodiy siyosatdagi yo'nalish sifatida
ham turlicha edi: eskirayotgan feodal munosabatlarga qarama-qarshi va yangi
burjuaziyani qo'llash orqali o'z davri uchun progressiv bo'lgan ilk kapitalizmning
shakllanishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Ammo Fransiyada Lyudovik XIV
(«Davlat bu men» degan) va Kolber tomonidan manufakturalarni ko'paytirish usuli
milliy sanoatni rivojlantirish uchun emas, absolyutizmni mustahkamlash, qirol
xonadonining sarf-harajatlarini qoplashga qaratildi. Germaniyadagi kameralistlar
ham mavjud hokimiyatni qo'llash, aholini esa ularga so'zsiz bo'ysundirishga
harakat qildilar.
Merkantilizm bilan birga
Do'stlaringiz bilan baham: