OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
IQTISODIYOT FAKULTETI
OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI IQTISODIYOTI
KAFEDRASI
MAKROIQTISODIYOT
FANIDAN
KURS ISHLARINI BAJARISH BOʻYICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
Bilim sohasi:
200000
- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Taʼlim sohasi:
230000
- Iqtisod
Taʼlim yoʻnalishi:
5230100 - Iqtisodiyot (Oziq-ovqat va resurslar
iqtisodiyoti)
Samarqand – 2021
Mazkur uslubiy koʻrsatmada iqtisodiyotni fan va mafkura sifatida
rivojlantirishning ijtimoiy va axloqiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Kurs quyidagi
mavzularni o‘z ichiga oladi: “Makroiqtisodiyot”ga kirish, asosiy
makroiqtisodiyot ko’rsatkichlar; iqtisodiy tebranishlar; ishsizlik; inflyatsiya va
inflyatsiyaga qarshi siyosati; yalpi talab-yalpi taklif modeli; iste’mol, jamg’arish
va investitsiya; Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy
muvozanat modeli; davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi; budjet-soliq siyosati;
pul bozorida muvozanat; pul-kredit siyosati; IS-LM modelining shakllanishi va
tadbiqi; iqtisodiy o`sish: umumiy tavsifi, neokeynscha va neoklassik modellari;
xalqaro savdo nazariyalari; tashqi savdo siyosati; to`lov balansi; valuta kursi
bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Uslubiy koʻrsatma “Qishloq xo`jalik iqtisodiyoti”, “Oziq-ovqat va resurslar
iqtisodiyoti” yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan.
TUZUVCHILAR:
Turdibekov H. - “Oziq-ovqat va
qishloq xoʻjalik iqtisodiyoti” kafedrasi
dotsenti;
Baymuradova Iroda - “Oziq-ovqat
va
qishloq
xoʻjalik
iqtisodiyoti”
kafedrasi assistenti;
TAQRIZCHILAR:
1. Nasimov I. – SamISI i.f.n., dotsent, ;
Pardayeva O.M.– TDIU
Samarqand
filiali Oziq - ovqat va qishloq xoʻjaligi
iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, Phd
Uslubiy koʻrsatma «Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik iqtisodiyoti» kafedrasining
2021 yil 26 avgustdagi 1-sonli, «Iqtisodiyot» fakulteti o‘quv-uslubiy
komissiyasining 2021 yil 28 avgustdagi 1-sonli, TDIU SF o‘quv-uslubiy
kengashi yig‘ilishining 2021 yil 30 avgustdagi 1-sonli bayonnomalari bilan
maʼqullangan va chop etishga tavsiya qilingan.
KIRISH
Vаtаnimizdа mustаqillik yillаridа iqtisоdiyоtni rivоjlаntirish vа аhоli
turmush fаrоvоnligini yuksаltirish bоrаsidа ulkаn yutuqlаrgа erishildi.
Mustаqillikning dаstlаbki yillаridа yuzаgа kelgаn murаkkаb muаmmоlаrning
muvаffаqiyаt bilаn hаl etilishi, mаkrоiqtisоdiy muvоzаnаtni tа’minlаnishi, dаstlаb
iqtisоdiy pаsаyishni bаrtаrаf etilishi vа sо‘ngrа iqtisоdiy о‘sishgа erishish
dаvlаtimiz iqtisоdiy siyоsаti chuqur о‘ylаngаn vа ilmiy аsоslаngаn ekаnligidаn
dаlоlаt berаdi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv jarayonining zarur elementi – ushbu
yo‘nalishlar o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan asosiy fanlardan kurs ishlarini bajarish
hisoblanadi va talabalarda ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmalarini tarbiyalash,
tanlangan mavzuni mustaqil ravishda chuqur o‘rganish, nazariy bilimlarni amaliyot
bilan bog‘lash, ilmiy, nazariy va amaliy xulosalarni shakllantirish va pirovardida
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur qo‘llanma Oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishiga mo‘ljallangan
o‘quv rejaga mos holda, 3-kurs bakalavriat asosiy fanlaridan “Makroiqtisodiyot”
fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha tavsiyalar va tartib-qoidalarni o‘z ichiga
oladi.