131
Xo‗sh, psixika nimaq
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan
obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‗zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi
shu asnoda o‗z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‗tmishning, hozirgi davr va kelgusi
zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan
1
. Psixikaning asosiy vazifalari - aks ettirish - faoliyat va xatti-
harakatlarni boshqarishdir.
Uning namoyon bo‗lish shakllari va ularning o‗zaro bog‗liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira,
tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e‘tiqodlilik, bardamlik, tetiklik,
qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo‗nalishlar, temperament,
xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas‘uliyat)da kuzatiladi.
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va
ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko‗rinishlarini o‗rganuvchi fan.
Psixologiya yunoncha «psixologos» so‗zidan olingan bo‗lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta‘limot degan
ma‘noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‗rniga «psixika» atamasini qo‗llash qabul qilingan.
Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma‘noni bildiradi. Lekin «psixika»
atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma‘noga, ko‗lamga ega bo‗lib, inson ruhiyatining ham ko‗zga
ko‗rinuvchi, ham ko‗zga ko‗rinmas tomonlarini o‗zida aks ettiradi.
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana
shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Obyekt - kishilarning diqqatini o‗ziga tortadigan moddiy va
ma‘naviy borliq. Predmet - moddiy va ma‘naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‗rganiladigan masalalar).
Yuqorida ta‘kidlab o‗tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‗lib, aniq
faoliyat, ya‘ni ichki ishlar idoralari faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‗rganishga
bag‗ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‗lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o‗rganadi va bu fanni
samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik faoliyatini huquqiy boshqarish
mexanizmlari va qonuniyatlarini o‗rganuvchi fandir. Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumonla-
nuvchilarning ko‗rsatmalari hamda so‗roq olib borishning psixologik asoslarini o‗rganish
maqsad qilib qo‗yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi - kasb xodimlari faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi
shaxslar bilan o‗zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‗nikma va malakalarini
shakllantirishdan iboratdir.
Shu ma‘noda, kasbiy psixologiya fanining metodologik asosini O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
asarlari, faylasuf-allomalarning psixologiya faniga oid g‗oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, IIVning
buyruq va ko‗rsatmalari tashkil etadi.
Psixologiya, falsafadek juda qadimiy fa nl a rd a nd ir va j ud a b o y ta ri xga ega di r. Pisxologiya
dastlab falsafa doirasida faoliyat ko'rsatgan. Psixologiya juda uzoq tarixga ega. Dastlabki psixologik tasavvurlar
Qadimgi Sharq mamlakatlarida, Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda vujudga kelgan. Psixologik
tasavvurlarning vujudga kelishida odamlar o'rtasida farqlarning mavjud ekanligi, ammo bu farqlarning sabablari
aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq.
Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar)
«Ruh
Do'stlaringiz bilan baham: