O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


Ichki muhit suyuqliklari evolyusiyasi



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#248516
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
ichki muhit suyuqliklarining fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari va uning inson organizmida tutgan orni

1.1. Ichki muhit suyuqliklari evolyusiyasi 

  

Ko‗p hujayrali hayvonlarni hujayra elementlarining katta qismi tashqi muhit 

bilan  bevosita  aloqada  bo‗lmaydi.  Evolyusiya  jarayonida  sodda  hayvonlarning, 

ya'ni  bir hujayralilarning  (bulutlar)  tanasida suv o‗tkazadigan maxsus kanal hosil 

bo‗lgan.  



 

11 


Keyingi bosqichdagisi, ya'ni ikki qatlamli tuzilishga va radial simmetriyaga 

ega  bo‗lgan  ko‗p  hujayrali  hayvonlarning  tuban  tipiga  kiruvchi,  kovakichlilar  va 

tuban  chuvalchanglar.  Bu  hayvonlarning  tanasida  hujayralar  oralig‗ida 

kanalchalarni to‗ldirib turadigan ichki muhit suyuqliklari bo‗ladi. Bunda hayvonni 

o‗rab  turgan  hazm  bo‗shlig‗ini  to‗ldiradi  va  undan  suyuqlik  hujayralararo 

kanalchalarga  o‗tadi.  Hujayralar  orasidagi  suyuqlikni  suv  limfa  deb  ataladi. 

Tarkibi  bo‗yicha  suv  limfa  atrof  muhitdagi  suyuqlikdan  deyarli  farq  qilmaydi. 

Shunday  qilib,  bunday  hayvonlarda  xuddi  murtakning  2  qavatli  taraqqiyot 

bosqichidagi  (gastrula)  birlamchi  hazm  bo‗shlig‗iga  o‗xshagan  sirkulyasiyani 

gastrovaskulyar  tizimi  hosil  bo‗la  boshlaydi.  Ichki  muhit  tarkibini  keyingi 

murakkablashuvi,  o‗ziga  xosliklari  va  nisbatan  doimiyligi  bo‗g‗imoyoqlilarda 

(tanasi  xitin  bilan  qoplangan  kutikulaga  va  bo‗g‗imli  oyoqchalarga  tutashmagan 

qon aylanish tizimiga, qorin asab zanjiriga, aralash tana bo‗shlig‗iga ega bo‗lgan 

hayvonlarda)  kuzatiladi.  Bu  hayvonlar  uchta  kenja  tipga:  1)  jabrasi  bilan  nafas 

oluvchilarga;  2)  xelitseralilarga;  3)  traxeya  bilan  nafas  oluvchilarga  bo‗linadi. 

Bunday  ko‗rinishdagi  va  tarkibli  ichki  muhit  suyuqligi  1  mln.  dan  ortiq  turlarni 

birlashtiradigan  bo‗g‗imoyoqlilar  tipi  va  molyuskalarda  kuzatiladi.  Bir-biri  bilan 

tutashmagan lakunarli (botiqli) (masalan, hasharotlarda gemolimfa suyuqligi bilan 

to‗lgan  a'zolar  orasidagi  yoriqlar)  tomir  tizimi  va  o‗zida  gemolimfa  saqlaydigan 

tomir  devorlarining  bir  me'yorda  pulslanishi  suyuqlikni  tomirlar  bo‗ylab  oqimini 

amalga  oshiradi  va  shu  yo‗l  bilan  hujayralar  oralig‗idagi  bo‗shliqlarni  to‗ldirib 

turadi.  Bu  bo‗shliqlar  maxsus  rezervuar-lakuna  (bo‗shliq)  ko‗rinishda  bo‗ladi. 

O‗zida  nafas  olish  va  gemolimfasi  bor  bo‗g‗imoyoqlilar  faqatgina  ozuqa 

moddalarnigina  emas,  balki  gazlar  tashilishini  ham  amalga  oshiradi.  Ularning 

gemolimfasida  temir  va  mis  saqlovchi  (gemoglabin,  gemotsianin)  nafas  olish 

pigmentlari  ham  bor.  Ammo  bunday  hasharotlarning  qonida  yuqori  metabolik 

faollikni  saqlab  turishga  qodir  bo‗lgan  va  faqat  yuqori  takomillashgan  murakkab 

tuzilishga  ega  bo‗lgan    hayvonlarga  xos  nafas  olish  pigmentlari  topilmagan. 

Bo‗g‗imoyoqlilarning  tanasini  traxeyali  trubkachalar  (hasharotlarning  nafas  olish 



 

12 


a'zosi)  qoplangan  bo‗lib,  ular  sirtiga  yoriqsimon  teshikchalar-stigmalar  bilan 

ochiluvchi  nafas  naychalari  teshib  o‗tadi.  Stigmalardan  o‗tgan  havoto‗qima 

hujayralarini bevosita kislorod bilan ta'minlaydi. Bo‗g‗imoyoqlilar qonining asosiy 

vazifasi  g‗umbaklarning  o‗sishi  va  rivojlanishi  uchun  o‗ta  muhim  bo‗lgan  ozuqa 

moddalar, metobolitlar va gormonlarni yetkazib berishdan iborat. 

Oligoxiy,  polixiy,  zuluklar,  folonid,  namertin,  boshoyoqli  molyuskalar, 

goloturiy  va  ignatanlilar  ichki  muhiti.  Bu  hayvonlarda  yopiq  tizimli  qon  tomirlar 

hosil bo‗lgan va bu tomirlarda qon aylangan. Shuning bilan birga qon va hujayralar 

oralig‗i suyuqligi tarkibi va faoliyati bo‗yicha ikki mustaqil tizimni tashkil qilgan. 

Qon  tarkibida  ixtisoslashgan  hujayralar,  oqsillar,  organik  moddalar,  nafas  olish 

pigmentlari va tuzlarni saqlaydi. To‗qima suyuqligi tomirlarda aylanib yurgan qon 

bilan  to‗qima  hujayralari  o‗rtasida  vositachi  rolini  bajaradi.  Shuning  uchun  ham 

uning tarkibi uzluksiz ravishda o‗zgarib yangilanib turadi.  

Ayrim  umurtqasiz  hayvonlarda  (chuvalchanglar,  sakkizoyoqlilar  va  dengiz 

yulduzchalarida)  qon  to‗qima  suyuqligi  bilan  birganilkda  gidravlik  skeletni  hosil 

qiladi va bu orqali harakatlanish aktini amalga oshiradi. Gidravlik skeletni ishlashi 

uchun  suyuqlik  chegaralangan  yopiq  bo‗shliqda  bo‗lishi  lozim  va  bu  suyuqlikda 

bosimni  hosil  qilish  uchun  mushak  kuchidan  foydalaniladi.  Lokomatsiyada 

gidravlik skeletni roli yomg‗ir chuvalchanglarida to‗liq o‗rganilgan. 

Umurtqali  hayvonlarga  yuqorida  aytib  o‗tilgan  tizimlardan  tashqari,  yana 

ichki  muhit  suyuqligining  uchinchi  tipi  –  limfa  ham  xos.  Limfa  maxsus 

ixtisoslashgan  tomir  tizimlarida  harakatlanadi.  Ularning  hujayralar  oralig‗i 

suyuqligi endotelial devor bilan to‗silgan. Umurtqali hayvonlarning ichki muhitini 

tashkil qiluvchi uchchala suyuqlik orasida doimiy ravishda almashinuv jarayonlari 

bo‗lib turadi. 


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish