4-BOB. LIMFA TIZIMI FIZIOLOGIYАSI
4.1. Limfa tizimining tuzilishi va organizmda joylashuvi
Odam organizmida qon tomir tizidan tashqari, shu qon tizimining tarkibiy
qismi hisoblangan limfa tizimi ham bor. Limfa tizimi ko‗proq vena tomirlari
tizimiga yaqinroq yoki shu vena tizimining tarkibiy qismi desa ham bo‗ladi. Limfa
tizimi vena tizimi kabi, periferiyadan boshlanib, ko‗krak qafasi (yoki yurak) tomon
oqadi. Venalardagi singari limfa tomirlarida ham kanallar bor. Limfa tizimi yoki
tomirlari ichida oq, rangsiz suyuqlik–limfa oqib yuradi. Limfa suyuqligi to‗qima
va hujayralar orasidagi hujayra yoriqlaridan, boshi berk qopchalardan boshlanadi.
Binobarin, odam organizmini tashkil qilgan hjayralar atrofidan limfa suyuqligi
oqib turadi.
Limfa tizimi anatomik tuzilishiga ko‗ra, quyidagi qismlardan iborat:
1) to‗qima va hujayralar oralig‗idan boshlanuvchi boshi berk limfa
qopchalari;
2) limfa kapillyarlari va limfa tomirlari;
3) turli sohalarda joylashgan limfa tugunlari (bezlari);
4) yirik limfa tomirlarining o‗ng limfa yo‗li va ko‗krak limfa yo‗li.
Limfa yo‗llarining vena tomirlaridan farqi shundaki, vena tizimi bir
tomondan kapillyarlar (arteriyaning davomi) dan boshlanib, ikkinchi tomoni
yurakka (yirik venalar) borib quyadi.
Limfa tomirlari boshi berk hujayralararo limfa yoriqlaridan boshlanadi va
avval limfa tomirlariga, so‗ngra limfa limfa tugunlariga, undan keyin esa, yirik
limfa tomirlariga o‗tib, nihoyat ko‗krak qafasida joylashgan eng katta limfa yo‗li
orqali yurakka quyuluvchi katta vena tomirlariga ochiladi.
Limfa – ichki muxit suyuqliklaridan biri. U qondan kelib chiqadi va maxsus
limfa tomirlarida okadi. Suv va ba'zi moddalar qon kapillyarlaridan hujayralar
oraligiga o‗tadi, ko‗p qismi yana qonga kaytadi. Filtrlangan suv va ugda erigan
moddalarning bir qismi limfa kapillyarlariga yig‗iladi. Limfa kapillyarlari
63
birlashib, limfa tomirlarini hosil qiladi. Limfa tomirlari birlashib, oxirida ikkita
yirik limfa tomir – kukrak va buyin limfa tomirlari vujudga keladi. Ular orqali
tanadan yig‗ilgan limfa venalarga tushadi. Limfa tomirlarida suyuqlik bir tomonga
– to‗qimalardan qonga harakat qiladi.
To‗qimalardan okib ketuvchi limfa biologik filtrlar vazifasini bajaruvchi
limfa tugunlaridan o‗tadi. Tugunlar tasodifan limfaga tushgan bakteriyalarni va yot
zarrachalarni tutib qoladi.
Limfaning asosiy vazifasi ichki muxitning doimiyligini saqlashdan iborat.
To‗qima oraligidagi oqsillar limfa orqali qonga kaytariladi. Limfa organizmda
suvning kayta taqsimlanishida, moddalar almashinuvida, sut hosil bo‗lishida, ovqat
hazm qilish va surilish jarayonlarida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |