121
Aloqa operatorlarining kod va prefikslarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi interaktiv
xizmati ishga tushirildi
«O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining kod va prefikslari»
xizmati yordamida mobil aloqa foydalanuvchilari O‘zbekistonda simli va simsiz aloqa
xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlarning kodlari hamda prefikslarini aniqlashlari mumkin
bo‘ladi.
Biror mobil operatori yoki hududga mansub telefon raqamining prefiksi, ya’ni birinchi
uch raqamini tegishli katakchalarda ko‘rsatish orqali telefon raqamining muayyan kodlar orqali
qaysi hududlarda foydalanilayotgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish mumkin.
Misol uchun, siz qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan, «157» raqami bilan boshlangan telefon
raqamining kodini yoki uning qaysi hududga tegishli ekanligini bilmaysiz. Telefon raqamining
ilk uchta old raqamlarini, ya’ni «157»ni tegishli katakka kiritib, «Tekshirish» tugmasini bosing.
Shunda sizga ushbu old raqamli telefon raqamlari orqali 4 nafar mobil aloqa operatorlari
tomonidan Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aloqa xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida
ma’lumot taqdim qilinadi.
Smart-soatlar bozorining ko‘p qismini Apple egallamoqda
Keyingi vaqtlarda Internet manbalari axborotlari bo‘yicha fikr yuritilsa, smart-soatlar
yangi trendga aylanganligini ko‘rish mumkin. Pebble bir necha bor Kickstarterda rekord
o‘rnatgandi va o‘z yechimlarini turli yirik kompaniyalarga taqdim etgandi. Biroq iste’molchilar
gadjetni sotib olishga ko‘p ham intilayotganlari yo‘q.
Jahon bo‘ylab Android Wear boshqaruvi ostida ishlaydigan 100 ming dona soat sotib
olinishi uchun yarim yil vaqt talab etildi. Samsung, LG va Motorola kabi yirik kompaniyalar
mazkur OT bilan o‘z yechimlarini taqdim etmoqda, faqat Samsungning o‘zi ko‘p sonli Android
Wear «aqlli» soatidan sotishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yil ikkinchi choragida turli operatsion
tizimlar ostida ishlaydigan million dona qurilma sotilgandi. Barcha sotilgan mahsulotning 70
foizi Samsungga to‘g‘ri keldi. Bu yil ikkinchi chorakda bozorda Apple yetakchilik qildi va uch
oy mobaynida 4 mln. dona gadjetni sotishga muvaffaq bo‘ldi. Samsung 400 ming qurilma
sotishga erishdi, qolgan ishlab chiquvchilar esa — jami 900 ming dona sotishga muyassar
bo‘ldilar. Shu tariqa, kupertinliklar bozorninng 75,5 foizini egalladilar, Samsungning ulushi esa
bir yil oldingi 74 foiz ko‘rsatkichidan 7,5 foizga tushib ketdi. Bu Apple Watchning keng
ommaviylashuvi va iste’molchilar mazkur mahsulotni sotib olishga qiziqmayotganliklariga
bog‘liq. Bozor yil mobaynida 457 foizga o‘sdi. Bu smart-soatlarga qiziqish kuchaygani uchun
emas, balki Apple hisobiga sodir bo‘ldi.
Manba: www.onegadget.ru
Do'stlaringiz bilan baham: