O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta-maxsus ta’lim vazirligi


Zarar yetkazuvchi hatti-harakatining huquqqa xilofligi



Download 296,5 Kb.
bet8/14
Sana31.12.2021
Hajmi296,5 Kb.
#241750
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Karimov Sanjar kurs ishi

1.2. Zarar yetkazuvchi hatti-harakatining huquqqa xilofligi.

Delikt javobgarligining sharti sifatida zarar yetkazuvchi shaxs harakatining huquqqa xilofligi FKda qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to‘lanishi lozimligi qoidasidan kelib chiqadi (FK 985-moddasining 55-qismi). Bunga muvofiq, g‘ayriqonuniy harakat tufayli yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi lozim11.

Umumiy qoidaga ko‘ra, shaxsning harakatlari huquq normalarida belgilangan qoidalarni, hamda bir vaqtning o‘zida muayyan shaxsning sub’ektiv huquqlarini buzsa huquqqa xilof hisoblanadi. Masalan, fuqaro katta tezlikda yugurib keta turib, qarshisidan kelayotgan kishini turtib ketdi, - deylik natijada ikkinchi fuqaroning yiqilib tushishi natijasida uning qo‘li sindi, ya’ni sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazildi. Bunda inson hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish to‘g‘risidagi ob’ektiv huquq normasi, hamda u bilan bir vaqtda jabrlanuvchining sog‘liqqa nisbatan sub’ektiv huquqi buzildi.

Delikt majburiyatlarida zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa xilofligi prezumpsiyasi amal qiladi. Bu qoida bosh delikt tamoyiliga tayanadi. Mazkur tamoyilga muvofiq, shaxslarning mol-mulkiga yoki fuqaroning sog‘lig‘iga yetkazilgan har qanday zarar qonun hujjatlarida boshqacha holat belgilanmagan bo‘lsa, huquqqa xilof deb baholanishi lozim. Shu bilan birga jabrlanuvchiga zarar yetkazuvchi harakatining huquqqa xilofligini isbotlash majburiyat yuklatilmaydi, aksincha zarar yetkazuvchining harakati huquqqa xilof taxmin qilinadi. Ya’ni, zarar yetkazuvchi o‘z harakatlarini huquq xilof emasligini isbotlamagunicha, uning harakati huquqqa xilof – deb hisoblanadi.

Ma’lumki, huquqqa xilof xulq atvor odatda shaxslarning mulkiy manfaatlari doirasidagi yo’qotishlarga sabab bo‘ladigan faol harakatlar orqali namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga shaxsiy nomulkiy manfaatlar sohasida ham faol harakatlar orqali huquqqa xilof xulq-atvor namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, fuqaroning nomga bo‘lgan huquqidan g‘ayriqonuniy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi lozim (FKning 20-moddasi).

Zarar yetkazuvchi xulq-atvorining huquqqa xilofligi nafaqat faol harakat orqali, balki harakatsizlik natijasida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bunda harakatsizlik deganda, shaxsning muayyan harakatni amalga oshirishi kerak bo‘lganda, uning shu harakatni bajarmaganligi tushuniladi. Masalan, korxonada mehnat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlanmasligi natijasida ba’zi xodimlarning zaharli gazdan zaharlanishi, korxona ma’muriyatini huquqqa xilof harakatsizligi natijasida baholanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohat­lanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash» Qoidalar­ning 3-bandiga muvofiq, ish beruvchi tomonidan ijtimoiy-iqtiso­diy, tashkiliy-texnik, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika choralari hamda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish tadbirlari ta’minlanmaganligi (mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi qoidalari va shu kabilarga rioya qilmaslik) tufayli olingan mehnat jarohati uning aybi bilan sodir etilgan deb hisoblanadi12.

Hayotda zarar yetkazilgan bo‘lsada, zarar yetkazuvchining harakat­lari huquqqa xilof bo‘lmagan vaziyatlar ham ko‘plab uchraydi. Umumiy qoidaga ko‘ra, qonuniy harakatlar natijasida yetkazilgan zarar qoplanmaydi. Biroq mazkur qoidaga istisno sifatida FKning 985-moddasi 5-qismida qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to‘lanishi lozimligi belgilangan.

Zarar yetkazuvchi harakati shaxsning xizmat vazifasini bajarishi yoki qonun hujjatlarida yoxud boshqa kasbiy yo‘riqnomada belgilangan doirada amalga oshirilgan bo‘lsa qonuniy hisoblanadi. Masalan, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirish vaqtida yong‘in atrofidagi mol-mulkka ham zarar yetkazishlari mumkin. Bunda agar o‘t o‘chiruvchi belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakat qilgan bo‘lsalar yetkazilgan zarar qoplanmaydi. SHu bilan birga muayyan hududda epidemiya, epizotiya tarqalganda sanepidstansiya xodimlari tomonidan uy hayvonlarining yo‘q qilib tashlanishi, agar bu kasalliklarning oldini olishga xizmat qilsa qonuniy harakat sifatida e’tirof etiladi va yetkazilgan zarar qoplanmaydi.

Jabrlanuvchining roziligi bilan amalga oshirilgan harakat natijasida zarar yetkazilsa, bunday harakat ham huquqqa xilof hisoblanmaydi. Bunda jabrlanuvchining muomalaga layoqatli bo‘lishi va o‘z xohishini erkni ifodalangan bo‘lishi talab etiladi (masalan, ichki a’zolarni trasplantatsiya qilish, qon topshirishi va shu kabilar). SHu bilan birga jabrlanuvchining xohishi ham qonuniy bo‘lishi shart. Agar fuqaro ixtiyoriy ravishda muayyan dori vositasida o‘zini o‘ldirishni tibbiyot xodimlaridan so‘rasa, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, bunday talabni amalga oshirish g‘ayriqonu­niy hisoblanadi. Eftanaziya (o‘z xohishiga ko‘ra o‘limni tanlash) huquqi Niderlandiyada shaxsiy huquq sifatida mustahkamlab qo‘yil­gan, ammmo bunday huquqni O‘zbekistonda e’tirof etish maqsadga muvofiq emas. CHunki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, diniy qadriyatlarga, axloqiy negizlarga mutlaqo ziddir13.

Zararning qonuniy asoslarda yetkazilishi mumkinligining keng tarqalgan holati bu zaruriy mudofaa holatida yetkazilgan zarar hisoblanadi. FKning 987-moddasiga muvofiq, zaruriy mudofaa holatida yetkazilgan zarar, agar bunda mudofaa chegarasidan chiqil­magan bo‘lsa, to‘lanmaydi. Agar g‘ayriqonuniy tajovuzdan himoyala­nish paytida himoyalanuvchi uchinchi shaxsga zarar yetkazgan bo‘lsa, bu zarar tajovuz qilgan shaxs tomonidan to‘lanishi lozim. Shaxsga uning jinoiy harakatlarining payini qirqish, yoxud uni ushlash va tegishli organlarga olib borish sababli yetkazilgan zarar to‘lanmay­di. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib yetkazilgan zararlar esa umumiy asoslarda qoplanadi. Biroq, bunda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan jabrlanuvchi aybining darajasi va zarar yetkazuvchining aybi darajasi hisobga olinishi lozim. Bu holatda huquqqa xiloflikning mavjud emasligi delikt majburiyatlari vujudga kelishini va unga mos ravishda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik vujudga kelishini istisno etadi.

Biroq, FKda qonuniy harakat natijasida zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi holat ham belgilangan. FKning 988-moddasida belgilangan oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik belgilangan. Mazkur moddaga muvofiq, oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, ya’ni zarar yetkazgan shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxslarga tahdid solgan xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur ho­latlarda boshqa vositalar bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lmasa, zarar yetkazgan shaxs tomonidan to‘lanishi lozim.

Bunday zarar yetkazilgan holatlarni hisobga olib, sud uni to‘lash majburiyatini zararni yetkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaatini ko‘zlab harakat qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi shaxsni ham, zarar yetkazgan shaxsni ham zararni to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod qilishi mumkin.

Biroq shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, oxirgi zarurat va zaruriy mudofaa holatida yetkazilgan zarar delikt javobgarligi hisoblan­maydi. CHunki, bunda zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa xilofligi mavjud emas va uning xulq-atvori salbiy baholanmasligi lozim. SHuning uchun ham FKning 987 va 988-moddalarida «javobgarlik» atamalari qo‘llanilmaydi va bu o‘rinda FK o‘ziga xos «neytral» holatni ifodalaydi14.

Zarar yetkazuvchining huquqqa xilof hatti-harakati va yetkazilgan zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish. Sababiy bog‘lani­shining mavjudiligi delikt javobgarligining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Agar shaxs muayyan zarar yetkazmagan bo‘lsa u aybdor hisoblanmaydi. Zero, qonun zarar uni yetkazgan shaxs tomonidan qoplanishini nazarda tutadi (FKning 985-moddasi).

Ta’kidlash lozimki, sababiy bog‘lanish falsafiy unsur hisob­lanadi. Sababiy bog‘lanish tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv mavjud aloqadorliklarni ifodalaydi. Bunda bir voqelik sabab sifatida namoyon bo‘lsa, ikkinchisi bu sabablar oqibati sifatida ifodalanadi.

Sabab bilan oqibat o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Sabab doimo oqibatdan oldin paydo bo‘ladi, negaki, oqibat sabab ta’sirining natijasidir. Bundan kelib chiqadiki, basharti, sabab u yoki bu natija (ziyon yetkazish) yuzaga kelishidan oldin paydo bo‘lgan bo‘lsagina, shaxsning qonunga xilof harakatini keltirib chiqarishi mumkin. Oqibat esa doimo sabab ta’sirining natijasidir. Buning ma’nosi shundaki, huquqbuzarlik doimo aynan shu huquqbuzarlikka (sababga) xos muayyan huquqiy oqibatlar (oqibat) keltirib chiqariladi.

Yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi muayyan ishni ko‘rib chiqishda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan sababiy bog‘lanish masalasini hal qilishda qiyinchilik tug‘ilganda, bu natija (mol-mulkning shikaslanishi yoki nobud bo‘lishi, insonning hayotiga tajovuz qilinishi shu kabilar) deyarli har doim bir xil bo‘lmagan qator holatlar - sabablar natijasi ekanligidan kelib chiqish lozim. Bunda asosiy vazifa ularning orasidan asosiy, hal qiluvchi va bosh holatni ajratib olish hisoblanadi. Oqibatni vujudga keltiruvchi ikkilamchi, tasodifiy, juz’iy shartlar hisobga olinmasligi lozim. Mazkur vazifani hal etishda nafaqat o‘z bilim va tajribalariga tayanadilar, balki fan, texnika, ishlab chiqarish va shu kabi tegishli sohanining mutaxassislari bo‘lgan ekspertlarni ham jalb etadilar. Turli voqeliklardagi sababiy bog‘lanish o‘ziga xosdir. Zero, bunda har bir natija o‘zining sababiga ega. Sababiy bog‘lanishni aniqlash­da taxminlar farazlar, tayyor gipotizalar bo‘lishi mumkin emas.




Download 296,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish