2. O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o’sishi, yani pullarning mikdori
o’sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
1. Sokin inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda
mavjud bo’lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan
xizmatlarga bo’lgan narx-navolar yiliga o’rtacha 3% dan 10% gacha oshishi
mumkii. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saklanib turadi va milliy pul
birligining xarid qilish qobiliyati saklanib turadi.
2. Shiddatli inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iktisodiy rivojlanayotgan
mamlakatlarda mavjud bo’lib, ushbu xolatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va
ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx- iavolar yiliga o’rtacha 10% dan 100%
gacha ba’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida
muomaladagi pul massasi ko’payadi va milliy pul birliginnng xarid qilish
kobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o’rtasida milliy pul birligini jamg’arishi
emas, balki oltin, ko’chmas mulk holatida jamg’arishi jarayoni kuchayadi.
3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida
mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx-
navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortik darajada oshadi. Ushbu
xolatda milliy ikgisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab
chikarish va bozor boshkaruvsiz faoliyat ko’rsatadiki, narx va ish haki o’rtasidagi
farq ortadi. Mamlakat aholisi qo’lidagi kogoz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu
holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan
ta’minlanmagan ortiqcha qogoz pullarii to’lib-toshishiga olib ksladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir
emas, balki bir nechta bo’lib o’zaro mahkam bog’langan bo’ladi va narxining
ko’tarilib borishi bilangiia namoyon bo’lib qolmaydi, balki narxni
boshqarilishiga ham bogliq bo’ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari
ajratiladi:
1. Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroikgisodiy tengsizlik
doimiy ravishda narxning ko’tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo’lsa, buiday
inflyatsiya oshkora inflyatsiya dsb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini
buzmaydi: narx ba’zi bozorlarda ko’tarilishi bilan bir vaktda boshka bozorlarda
pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor
mexanizmlari o’z ta’sirini davom ettirib, milliy ikgisodiyotga baholar to’grisidagi
ma’lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab
chiqarishnipg kengayishi bilan taklifni rag’batlantirib boradi.
2. Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko’rinishda
bo’ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx ma’muriy tarzda
davlat tomonidan o’rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad,
davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga narxni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi.
Yashirin inflyatsiya sharoitida narxning keskin o’sishi kuzatilmasligi mumkin.
Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablaglariga
kerakli mahsulotlarni harid qilib bo’lmasligi holatlari paydo bo’ladi. Iktisodiyotda
yashirin inflyatsiya yuzaga chiqkanda mahsulotlarning narxi hamda aholini
daromadlarini o’sishi vaqtincha to’xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga
kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma’muriy nazorat
o’rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning
kaysi darajada va o’zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib
boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shaklliga bevosita bogliq bo’ladi.
Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida
ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |