Birinchi gapdagi undalma (eshon) orqali so„zlovchining tinglovchiga
nisbatan e‟tiborsiz, mensinmaslik pressuppozitsiyasi anglashilayotgan bo„lsa,
keyingi gapdagi undalma (bek aka) orqali tinglovchining mavqei
44
so„zlovchidan ustunligi, u adresatning yugurdagi, ulfati, agenti, mirzasi-uning
uchun hamma narsasi ekanligi ma‟nosi anglashiladi.
Ma‟lumki, nazariy grammatikada sintaktik shakllar o„rtasida ifodalayotgan
mazmuniy munosabatlarni quyidagi ikki guruhga ajratadi1.
1) obyektiv munosabat;
2) subyektiv munosabat.
Undalmalar esa gapda turli subyektiv munosabatlarni ifodalaydi.
Shuningdek, gap ifodalagan sintaktik vaziyat yoki uning unsuri bilan
so„zlovchi o„rtasida qanday munosabat mavjudligiga ko„ra, subyektiv
munosabatlarni yana ikki guruhga ajratadi:
a) undash munosabati;
b) modal munosabati.
26
So„zlovchi nutq jarayonida ma‟lum voqelik haqida axborot berish davomida
tinlovchining diqqatini shu axborotga jalb qilgisi yoki bu axborotga qo„shimcha
ravishda tinglovchiga o„zining ma‟lum subyektiv munosabatini ifodalagisi
kelib qoladi. Mana shu munosabat undash munosabati sanaladi.
Undash munosabat aks etgan gaplar mazmunan murakkablashadi. Obyektiv
mazmunga subyektiv mazmun, so„zlovchining undash munosabati qo„shiladi.
M: Qo‟chqor. Hozir, mulla… (Choyni olib kelib) Qani, dasturxonga
qarasinlar, mulla (Kerilibroq). Buyuraymi, “jiz-biz” qivorsinmi. (181)
Bu yerda so„zlovchining undosh munsabati mulla Suvonga murojaat shaklida
namoyon bo„ladi.
Undash munosabati bir nechta semalarni o„z ichiga olgan murakkab
butunlik hisoblanadi. Hozirgacha an‟anaviy tilshunoslikda undosh semasi bir butun
holda olinib, ularning ma‟nolari parchalab o„rganilgan emas.
26
Маҳмудов Н. Hурманов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Т.1995.
45
Sharof Boshbekov dramalarini tahlil qilganimizda shunday ma‟nolarda
qo„llanganligining guvohi bo„ldik. Xususan, muallif “mulla” so‟zini undalmali
gaplar tarkibida qo‟llab, turli xil uslubiy ma‟nolarni yuzaga chiqargan.
1.Undash semasi.
M: Qo‟chqor. Hozir, mulla… (Choyni olib kelib) Qani, dasturxonga
qarasinlar, mulla (Kerilibroq). Buyuraymi, “jiz-biz” qivorsinmi. (181)
2. Hurmat semasi.
M: Pirmat (Jahl bilan u yoqdan-bu yoqqa yura boshlaydi, so‟ng narigi
xonaga chiqib ketadi).
Olim. Tushunamiz, tishunamiz.
Qulmat. Xafa bo‟lmaysiz, mulla Olimjon, dadamizning mashqlari pastroq.
Rahmatilla bilan bir tanishtirib qo‟yay deb kelgandim. (128)
3. Kesatiq semasi.
M: Olimjon. Bu-mashina. Ertaga sinovdan o‟tmasa, buzib tashlayman. Bir
uyum temir qoladi.
Qo‟chqor. Ha, endi buzmangda, Olimtoy. Shunday narsani buzsangiz
qo‟lginingiz akashak bo‟p qolmaydimi, mulla. (178)
4.
Suyish, o‟ziga yaqin olish semasi.
Do'stlaringiz bilan baham: