VII. Maqsad ma‟nosini bildiruvchi remarkalar.
Remarkalarning bu turi ham dramatik asarlarda ko„p uchraydi va ularda
drama qahramonlari hatti-harakatlari nima maqsadda sodir etilayotgani bayon
qilinadi. Bu xil remarkalarning ham dramatik asardagi o„rni juda katta bo„lib, ular
asarning badiiy asar sifatida to„la shakllanishida xizmat qiladi.
M: Olimjon. (Saltanatning diqqatini o„ziga jalb qilish uchun). Kennoyi,
qo„ying endi. (13)
Ko‟rinadiki, remarkalarsiz dramatik asarni tasavvur qilish mumkin emas.
Qahramon ruhiyatini ochishda, harakat va holatlarni tasvirlab berishda
remarkalarning ahamiyati katta. Ular dramatik asarda dramatizmni kuchaytirishga
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |