bо‗ladi. Shuning uchun ham ota-ona farzandiga ana shunday xolatni tarbiyalash uchun tanlashi
zarur bо‗lgan turli topshiriqlarni berishi zarur. Masalan oila ehtiyoji uchun zarur bо‗lgan
narsalarni sotib olish, uy xо‗jaligida bajarilishi kerak bо‗lgan ishlarni taqsimlash asosida, ularni
oila a‘zolari uchun vazifa qilib ularni tez va sifatli bajarilishlarini rag‗batlantirishi lozim.
Iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda oilada mehnat tarbiyasi alohida о‗rin tutadi. Mehnat
qilish tufayligina jamiyat hozirgi darajaga yetib keldi. Mehnat insonning hayotida, qolaversa
kishilik jamiyati taraqqiyotida asosiy rol uynashiga qadimdan alohida ahamiyat berishgan. Uni
kо‗plab mehnat tо‗g‗risida yaralgan maqollar, ertaklar, topishmoqlar, xikmatli sо‗zlar, о‗gitlar
hamda buyuk allomalarimizning bizga qoldirgan ilmiy, adabiy meroslaridan kо‗rish mumkin.
Beruniy qarashlarida kishilik ehtiyojlarining paydo bо‗lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va
hunarga munosabatlari uyg‗unlashib ketadi. Uning fikricha, kishilar о‗zlarining zaruriy
ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majbur bо‗lganlar.
Barcha qimmatli narsalar inson mehnati orqali yaratiladi. Beruniy sо‗zlari bilan aytganda,
inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson mehnati bilan ulug‗, kishilik jamiyatining
asl tarixi ham mehnatdan boshlangan. Bilimlarni egallash va hunar о‗rganish uchun ham mehnat
qilish zarur.
Shuning uchun ham talim tarbiya, jumladan, iqtisodiy tarbiya ham mehnat orqali
tarbiyalashga hech qanday tarbiya yetolmaydi, uning о‗rnini bosolmaydi. Mehnatga tayyorlash,
insonga mehnatsevarlik fazilatini shakllangirish nafaqat insonning kelajagi, qolaversa
mamlakatning ham kelajagini belgilaydi.
Mehnat qilish faqat zaruriyatdan, och va yalang‗och qolmaslik uchun harakatdangina iborat
bо‗lmay, uning ijodiy bо‗lishi, u quvonch, о‗z ishidan qoniqish, g‗ururlanishiga olib kelishini his
qilish muhim ahamiyatga ega. Mehnatga о‗rgatish tufayli nafaqat kasb-hunar egasi tarbiyalanadi,
balki atrofdagi
insonlarga, narsalarga munosabati ham tarbiyalanadi.
Mehnat insonni nafaqat jismonan rivojlanishiga, balki ruxiy, ma‘naviy, psixologik jihatdan
ham rivojlanishiga katta ta‘sir kо‗rsatadi. Mehnatga bolani yoshligidan oilada о‗rgatishdan
boshlash kerak.
Iqtisodiy faoliyatning asosini mehnat tashkil etar ekan, demak, mehnat iqtisodiy tarbiyaning
ham asosdir. Bolaga dastlab oilada о‗yinlar orqali, о‗yinchoqlarini buzmasdan, ozoda saqlash,
tartibga solish kabilar о‗rgatilsa, keyinchalik uy xо‗jaligidagi mavjud ishlarni bajarishga
yordamlashish, hovli supurish, suv keltirish, uy jihozlari ustidan chang artish, pol artish, idish -
tovoqlar yuvish, uy hayvonlariga qarash va hokazolar orqali mehnatga jalb qilinadi. Shaharga
qaraganda qishloqda bolalarni mehnat bilan band qilish yо‗llari kо‗p bо‗lsada, har bir oila
qayerda yashashidan qatiy nazar bolalarni band qilish uchun ular bajaradigan ishlarni yetarli
darajada topish mumkin. Eng qiyini esa dangasalikni yо‗qotish.
Do'stlaringiz bilan baham: