a) kompyuter yordamida xatni taiyorlash jaraenini tezlashtiradi va ijodiylashtiradi.
b) xatni jo‘natish va olish ish joyida kompyuter yordamida amalga oshiriladi.
v) xatning manzilga etkazilishi juda tez (Er sharining qarama-qarshi nuqtasiga 4-5 soatda
etkaziladi).
Masofaviy ta'limda elektron pochtadan foydalanib, odatda, telekommunikatsion loyiha
shaklida ham olib boriladi. O‘quv telekommunikatsiyaviy loyiha ma'lum mavzuga bag‘ishlanadi.
Uning tarkibiga tayyorlash va uzatish bo‘yicha o‘quvchilarning turli ko‘rinishdagi faoliyatlari va
kompyuterli telekommunikatsiyalar bo‘yicha o‘quv axborotining olinishi va tahlili kiradi.
Kompyuterli MT dan ko‘p turli ta'lim masalalarini echishda foydalanish mumkin:
1. Universitetlarning sirtqi ta'lim
shaklidagi ixtisosliklarida;
2. Universitetlarning kunduzgi bo‘limlarida ta'lim
oluvchilar uchun;
3.
Dasturlarda, qo‘shimcha ma'lumot olishni xohlovchi shaxslar uchun.
4. O‘quv yurtlarida alohida kurslar bo‘yicha kunduzgi va sirtqi o‘quv shakllari bo‘yicha
ta'lim
olishni xohlovchilar uchun;
5. An'anaviy o‘quv yurtlarida, bunda kompyuterli masofaviy ta'lim talabaning talabi
bo‘yicha o‘qituvchi yoki metodist bilan aloqa qilinadi.
MT dan o‘qitish modellarining biri bo‘lgan, vertual klassda o‘qitishning qanday amalga
oshirilganini ko‘rib chiqaylik.
Bunda har bir o‘quvchi oldindan dars jadvali va dasturiy ta'minotga ega bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan vaqtda o‘quvchi video konferentsiyaga ulanib, o‘zining ismi va parolini kiritadi.
Bundan so‘ng ekranda video konferentsiyaning chiqish oynasi ochiladi. Bu oynada o‘qituvchini
va qatnashuvchi talabalarni ko‘radi. So‘ng pedagog tajribani ko‘rsata boshlaydi. Agar talaba
xohlasa, darsning bu fragmentini (qismini) saqlab qolib, sung u bilan to‘laroq tanishishi mumkin.
Bundan so‘ng pedagog, oldinroq jo‘natilgan amaliy dasturini bilgani uchun ketma-ket ekranlar
yordamida materialnn tuptuntiradi, zarur bo‘lgan holatlarda u to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining sharhini,
bolalarni jalb qilgan holda ekranga yoza boshlaydi. Agar talaba materialning qaysi bir
fragmentlarini tushunmay qolsa, u bu haqda o‘qituvchiga ma'lumot yuboradi. Agar bunday
xabarlardan bir nechtasi kelsa, u holda o‘qituvchi munozarani to‘xtatadi, so‘ng tushunarsiz
bo‘lgan kadrga qaytib, masala nimadan iboratligini tushuntiradi. Materialni tushuntirgandan
so‘ng o‘qituvchi talabalarga savolni taqdim etadi yoki mavjud bo‘lgan dasturiy ta'minotdan
foydalanib, masala echishni taklif etadi.
Talabalar masalani echib, ularni nazorat uchun muallimga jo‘natadilar. O‘qituvchi ularni
sharhlab beradi va klassga ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: