58
4-Bob: Marketingni boshqarishning ikkinchi bosqichidagi asosiy qarorlar
Reja:
4.1. Bozor tovar taklifini tabaqalashtirish.
4.2. Bozor tovar taklifini pozitsiyalashtirish.
4.3.Tovar hayot
sikli stratеgiyalarini boshqarish.
4.1.Bozor tovar taklifini tabaqalashtirish
Har bir kompaniya r
aqobat bo’yicha ustunlikka erishish uchun
maqsulotni tabaqalashtirishning o’z xususiy usullarini topishi lozim.
Tabaqalashtirish - raqobatchi tovaridan farq qildiruvchi mahsulotni bir qator
muhim
xususiyatlarini
ishlab
chiqish
jarayonidir.Tabaqalashtirishning
imkoniyatlari har
bir aniq tarmoqqa bog’liq. BOSTON CONSULTING GROUP
miqdori va mumkin bo’lgan raqobat ustunliklariga ko’ra, faoliyatning to’rt tipini
ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Hajmli tarmoq.
2. Cheklangan tarmoq.
3. Q
ismlarga bo’lingan tarmoq.
4. Ixtisoslashgan tarmoq.
Real tovarlarni tabaqalashtirish darajasi keng chegaralarda tebranadi.
Bir tomondan yuqori standartlashtirilgan mahsulot
lar mavjud bo’lib, ularga
b
iror bir o’zgartirish kiritish qiyin. Ikkinchi tomondan, bir-biridan
tabaqalashtirish
uchun
yuqori
imkoniyatlarga ega tovarlar mavjud.
Tabaqalashtiris
hning asosiy ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
1. Q
o’shimcha imkoniyatlar;
2. Mahsulotdan foydalanish samaradorligi;
3. Shinamligi;
4. Uzoq muddat ishlashi;
5. Ishonchliligi;
6. Ta'mirlashga yaroqliligi;
7. Stilistik qarorlar;
8. Dizayn.
59
Qo’shimcha imkoniyatlar - mahsulot asosiy funktsiyalarini to’ldiruvchi
tavsifnomalar hisoblanadi.
Mahsulotdan foydalanish samaradorligi - mahsulotni asosiy funktsiyasi
bajarilishi sifati bilan belgilanadi.
Shinamlilik darajasi -
so’ralgan tavsifnomalarga ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning mos kelishi.
Uzoq muddat ishlashi - no
rmal yoki og’ir sharoitlarda foydalanganda
buyu
mning ko’zda tutilgan xizmat vaqtining davomiyligini belgilab beradi.
Ishonchliligi - maqsulotni ma'lum vaqt davomida normal ishlab
berishining eh
timollilik ko’rsatkichi.
Ta'mirlashga yaroqliligi - buzilgan yoki ishlamaydigan qurilmaning ishga
yaroq
liligini tiklash murakkabligi darajasini ko’rsatadi.
Stilistik qarorlar - iste'molchi tomonidan tovar qabul qilinishini aks
ettiradi.
Dizayn - iste'molchi talablari nuqtai nazaridan mahsulotning tashqi
ko’rinishi va ishlashini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar majmuasidir.
Buyumga nafaqat iste'mol mahsulotlariga mos keluvchi, balki
keyinchalik shu buyumga qaragan
da ko’zlarini yayratadigan tashqi shaklni
berish
g’oyasi unchalik yangi emas.
Yangi buyumni sanoat dizayniga konstruktsiyasini moslash va ishlab
chiqarishning barcha tomonlari bevosita ta'sirga ega va aksincha, sanoat
dizayni sanoat buyumiga, uning yaratilishi va sof texnik faoliyat yuritishiga
ta'sir ko’rsatadi. Buyum staylingini ishlab chiqishda bu buyumdan foydalanish,
uning xavfsizligi, q
ulayligi va foydaliligi kabi tomonlari katta rol o’ynaydi.
Sanoat dizayni zaminida yangi buyumni rivojlanishining qisqacha sanab
o’tilgan bu ayrim tomonlariyoq, ular marketingning ko’pgina nuqtai nazarlari
b
ilan o’zaro chambarchas bog’langanligidan darak beradi.
Sanoat dizayni kishi va buyum o’rtasida mavjud bo’lgan barcha o’zaro
aloqalar va o’zaro bog’likliklarni o’z ichiga oladi. Bu o’zaro aloqalarni tahlil
qilish uchun mutaxassislar kishining ruhiy va fiziologik tadqiqotlari
60
ma'lumotlaridan foydalanadilar. Ularning maqsadi shaklning uning mazmunga
mos kelishi kafolatini ta'minlashdir.
Buyumni yaratishda, albatta, buyum shakli uning vazifasiga
bog’likligiga
va iste'molchi talabi hamma vaqt buyum shaklini belgilashiga rioya qilish
kerak. Bunday buyumlarning asosiy nuqtasi, ulardan foydalanishda kishi bilan
yaqindan aloqaga kirishadigan buyumlarni: yangi turdagi mebelni, avtomobil
o’rindiqlarini ishlab chiqish yoki ishchi o’rinlarni yaratish kishi xususiyatlarini -
tiri
k organizmni o’rganishdan iborat. Kishi organizmini o’rganish bilan ikki
soha shu
g’ullanadi: antropometriya va ergonomika. Bu sohalar mavjud va XX
asrning 40-yillari
da katta rivojlanishga ega bo’lgan va hozir ularning
rivojlanish natijalari dizaynerlar ishini ancha engillashtiradi.
Antropometriya kishi tanasi va uning alohida qismlari
o’lchamlari va
vazifalarini o’rganish bilan shug’ullanadi. U yana kishi faoliyatining anatomik,
fiziologik va ruhiy jihatlarini kompleks holda tadqiq qiladi.
Ergonomika - kishi tanasining ish vaqtidagi harakatini, energiya sarfini
va kishi aniq mehnat
ining unumdorligini o’rganadi. Ergonomika ishni bajarish
jarayonida u yoki bu harakatni bajarishda kishiga ta'sir qiladigan ruhiy,
anatomi
k va fiziologik o’zgarishlar haqida axborotlar beradi. Ergonomikani
q
o’llash sohasi ancha keng. U ham tashkiliy, ham maishiy ishchi o’rinlarni
tashkil qilishni, hamda sanoat dizaynini qamrab oladi.
Bu masalalarni xal qilishda nafaqat mijoz talablarigina emas,
shuningdek, tovar ishlab chqarish qiymati ham e'tiborga olinadi.Umuman,
iste'molchi da'volari hamma vaqt ham ishlab chiqarishdan ustun turadi, degan
qoidaga amal qilish kerak. Texnik buyumlarga kelganda uning tashqi
ko’rinishi kasbning yuqori darajasi va texnikasiga mos kelishi kerakligi tavsiya
etilishini ta'kidlash kerak.
Sanoat dizayni uchun rangni tanlash muhim ahamiyatga ega. Bu erda,
albatta, ruhiy holatlar muhim rol
o’ynaydi. Rangni tanlashda ularning xislatlari,
turlari, ochiqligi va yaltirashini nazardan qochirmaslik kerak.
61
Rang nafaqat tovarni tez sotilishiga yordam berishi, shuningdek,
belgilangan texnik vazifalarni ham bajarishga qaratilgan.
Barcha ele
ktr asboblarida ko’p sonli simlar o’z nomlariga muvofiq turli
xil ranglar bilan belgilab q
o’yilgan yoki avtomashinalarda uzoq yoruq’lik har
doim ko’k chiroq bilan, yaqin - yashil va barcha xavf-xatar haqida xabar
beruvchi boshqa chiroqlar qizil bilan belgilangan.
Quyidagi 4.1.1-jalvalda rang dizaynining tarkibiy qismi ekanligi
to’g’risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
4.1.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |