Ta‘lim jarayonida o‗quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmasdan, balki faoliyat
ko‗nikma va malakalarini xam xosil qiladilar.
Bilimlarning amalda bir necha bor qo‗llanilishi ko‗nikmalarning xosil bo‗lishiga olib
keladi.
Ko‗nikma - bu o‗zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy
jixatdan maqsadga muvofiq xarakatlarga tayyorgarlikda ifodalangan ongli faoliyatdir. Demak,
ko‗nikma muayyan faoliyatni tashkil etish yo‗llari va usullarini bilib, o‗zlashtirib olish xamda
o‗z bilimlarini amalda qo‗llay olishdir.
Ko‗nikmalar muayyan vaziyatdagina emas, balki dastlabki shart-sharoitlar o‗zgargan
vaqtda xam ma‘lum xatti-xarakat qilish (tajriba asosida) qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Ko‗nikmalarni bilimlar bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Xar qanday ko‗nikma asosida
bilim yotadi. Bilimlar fikr-muloxazalarda, ko‗nikma esa xatti-xarakatlarda ifodalanadi. Xatti -
xarakatlar aqliy yoki jismoniy bo‗lishi mumkin.
Malaka - muayyan usul bilan bexato bajariladigan, o‗rganib qolingan, avtomatlashgan
ongli xarakatdir.
Malaka bir xatti-xarakatning o‗zini bir xil sharoitda ko‗p marta takrorlash natijasida xosil
qilinadi. Malaka qanchalik puxta bo‗lsa, odam ishni shunchalik tez va to‗g‗ri bajaradi.
Malakalar turlicha bo‗ladi: chunonchi, o‗quv malakalari – o‗qish, yozish, og‗zaki
xisoblash va boshqalar; mexnat malakalari - ish qurollari bilan ishlash, materiallar xamda texnika
bilan muomalada bo‗lish va xokazolar; Xarakat malakalari — yurish, yugurish va boshqalar.
Ko‗nikma kabi malaka xam egallangan bilimlar asosida xosil qilinadi. Ko‗nikma va malaka
o‗rtasida farqli tomonlar xam bor. Xususan, o‗quvchilar tomonidan o‗zlashtirilgan ko‗nikma va
malakalar xar xil xarakterda bo‗ladi.
Yuqorida aytib o‗tilgandek, bilim, ko‗nikma va malakalar ta‘lim jarayonida tarkib topadi.
Ta‘lim – dialektik (dialektik-moxir munozarachi) tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatli
jarayon bo‗lib, unda ikki tomon – o‗qituvchi va o‗quvchiishtirok etadi. Ta‘lim berish
o‗quvchilarga bilimlar berish, ularda ko‗nikma va malakalar xosil qilish, yangixaqiqatlarni
ochishga yo‗naltirilgan ijodiy, mantiiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.
O‗qish esa o‗quvchilarning o‗zlashtirish, o‗qish qobiliyati, fikrlash xamda muayyan
xarakatlarnixosil qilish jarayoni sanaladi. O‗qish jarayonida o‗quvchilar ma‘lum bo‗lmagan,
anglanmagan ma‘lumotlarnio‗zlashtira boradilar.
O‗tish jarayoni to‗rtta asosiy bosqichdan tashkil topadi:
1) O‗zlashtirilishi lozim bo‗lgan materialni
idrok etish;
2) Uni
faxmlab olish,
tushunchalar xosil bo‗lishi;
3)
Bilimlarni mustaxkamlash va
takomillashtirish,
ko‗nikma va malakalarning xosil
bo‗lishi;
4) Xosil qilingan
ko‗nikma va malakalarni amalda qo‗llash;
Xar bir bosqich uchun o‗quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati
xarakterlidir. Bu faoliyat o‗qituvchi tomonidan aloxida raxbarlikni talab etadi.
Ta‘lim jarayonining boshlang‗ich bosqichida o‗zlashtirilayotgan bilimlar moxiyati analiz
va sintez metodlari yordamida anglanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: