O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


-MAVZU: O‗ZBEKISTONDA TA‘LIM TIZIMIDAGI ISLOXOTLAR



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/226
Sana27.08.2021
Hajmi1,52 Mb.
#157514
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   226
Bog'liq
pedagogika (1)

 
10-MAVZU: O‗ZBEKISTONDA TA‘LIM TIZIMIDAGI ISLOXOTLAR 
 
Reja: 


 
1.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» xaqida. 
2.Pedagogik faoliyat tuzilishi, pedagogik qobiliyat va maxorat. 
4.O‗qituvchining kasbiy sifatlari 
5.O‗z.R.Prezidenti Sh.M.Mirziyoev zamonaviy ta‘lim tizimi xaqida.  
6.Ta‘lim tizimiga yangicha yondoshuv. 
 
Tayanch  so‗z  va  iboralar:  insoniy  omillar,  kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli,  pedagogik 
vazifalar, o‗qituvchiga qo‗yilgan talablar, pedagogning kasbiy imkoniyatlari.  
 
1.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
 xaqida. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX  sessiyasi  (1997  yil  29  avgust)da  qabul  qilingan 
xamda  bugungi  kunda  g‗oyalari  amaliyotga  keng  ko‗lamda  muvaffaqiyatli  tadbiq  etilayotgan  
O‗zbekiston  Respublikasining  ―Ta‘lim  to‗g‗risida‖gi  Qonuni  va  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖ 
mazmunida  barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxassislarni  tarbiyalab  voyaga  yetkazish  jarayonining 
moxiyati  to‗laqonli  ochib  berilgandir.  KTMDda  ko‗rsatib  o‗tilganidek,  -  o‗quv-tarbiya  mazmuni  va 
sifatini  jaxon  standartlari  darajasiga  ko‗tarish,  uzluksiz  ta‘lim  tizimini  takomillashtirish,  yuksak  kasbiy, 
ma‘naviy  va  axloqiy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  pedagog  kadrlar  tayyorlash  ko‗zda 
tutilgan.  Mazkur  vazifalarni  muvaffakiyatli  xal  etilishida  uzluksiz  ta‘lim  tizimi  xodimlari,  pedagog-
o‗qituvchilar tomonidan zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining moxiyatidan xabardorliklari xamda ularni 
ta‘lim jarayonida samarali qo‗llay olishlari, shuningdek, ta‘lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy 
yondoshuvning qaror topishi muxim axamiyat kasb etadi.    
Yangi  iqtisodiy  siyosatga  o‗tish  sharoitida  ta‘lim-tarbiyadan  ko‗zga  tutilayotgan  maqsadlarga 
erishish,  o‗quvchilarning  xilma-xil  faoliyatini  uyushtirish,  ularni  bilimli,  odobli,  e‘tiqodli,  mexnatsevar, 
barkamol inson qilib o‗stirish o‗qituvchi zimmasiga yuklatilgan.  
O‗zining  fidokorona  mexnati  bilan  yosh  avlodni  o‗qitish  va  tarbiyalash  sifatini oshirishga  katta 
xissa  qo‗shayotgan  ijodkor  o‗qituvchilar  soni  yil  sayin  ortib  bormoqda.  Ayniqsa,  isloxotlar  davrida 
bunday  murabbiylar  el-yurtga  tanilmoqda.  Xar  yili  eng  yaxshi  o‗qituvchini  aniqlash  uchun 
o‗tkazilayotgan  maktab  ko‗riklari,  tuman,  viloyat,  jumxuriyat  tanlovlari  ana  shu  yutuqlarga  omil 
bo‗lmoqda.  Maktablarda  «Metodist  o‗qituvchi»,  «Katta  o‗qituvchi»,  «O‗zbekistonda  xizmat  ko‗rsatgan 
o‗qituvchi»  «O‗zbekiston  xalq  o‗qituvchisi»  unvonlariga  sazovor  bo‗lgan  o‗qituvchilar  soni  tobora 
ko‗paymoqda.  
Xalqimiz  kelajagi,  mustaqil  O‗zbekistonning  istiqboli  ko‗p  jixatdan  o‗qituvchiga,  uning 
saviyasiga,  tayyorgarligiga,  fidoyiligiga,  yosh  avlodni    o‗qitish  va  tarbiyalash  ishiga  bo‗lgan 
munosabatiga bog‗liq.  
So‗nggi  yillarda  pedagogika  institutlarida,  universitetlarida,  pdagogika  bilim  yurtlarida 
o‗qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko‗pgina ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, bo‗lajak 
o‗qituvchilarning  kasbiy  tayyorgarligini  kuchaytirish,  ixtisosga  doir  fanlarni  chuqur  o‗rganish  va 
pedagogik  maxoratni  egallash,  nazariy  bilimlarni  amaliyotda  qo‗llashga  o‗rgatish  masalalariga  e‘tibor 
kuchaydi.  Shuningdek,  bo‗lajak  o‗qituvchilarga  pedagogika,  ruxshunoslik,  usuliyotga  doir  fanlarni 
o‗rgatish ko‗lami yanada kengaydi.  
O‗qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o‗qituvchi bo‗lish uchun pedagogik 
nazariyani  egallashning  o‗zigina  yetarli  emas.  Chunki  pedagogik  nazariyada  bolalarni  o‗qitish  va 
tarbiyalash  xaqida  umumiy  qonun-qoidalar,  umumlashtirilgan  usuliy  g‗oyalar  bayon  etiladi. 
O‗quvchilarning  yosh  individual  xususiyatlarini  e‘tiborga  olish  ta‘kidlanadi.  Bilim  olish,  amaliy 
pedagogik  jarayon  esa  juda  xilma-xildir.  Pedagogik  nazariyaga  mos  kelmaydigan  vaziyatlar  uchrab 
turadi.  Bu  esa  o‗qituvchidan  keng  bilimdonlikni,  puxta  amaliy  tayyorgarlik  yuksak  pedagogik  maxorat 
ijodkorlikni talab etiladi.  
Shuning  uchun  xam  mustaqil  O‗zbekiston  davlatining  oliy  o‗quv  yurtlarida,  kasb-xunar 
kollejlarida, umumiy ta‘lim maktablarida ishlaydigan o‗qituvchi: 
-pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; 
-milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy 
ilmlardan xam xabardor, ma‘naviy barkamol; 
-O‗zbekistonning  mustaqil  davlat  sifatida  taraqqiy  etishiga  ishonadigan,  vatanparvarlik  burchini 
to‗g‗ri anglaydigan e‘tiqodli fuqoro; 
-ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va maxoratni, shuningdek, nazariy ilmlarni 
mukammal egallagan; 


 
-o‗qituvchilik  kasbini  va  bolalarni  yaxshi  ko‗radigan,  xar  bir  o‗quvchisi  ulg‗ayib  yaxshi  odam 
bo‗lishiga  chin  ko‗ngildan  ishonadigan,  ularni  shaxs  sifatida  rivojlanib,  inson  sifatida  kamol  topishiga 
ko‗maklashadigan; 
-erkin va ijodiy fiklay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo‗lmog‗i darkor.  
Biror kasbning xaqiqiy ustasi bo‗lishi uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma‘lum jismoniy va ruxiy 
xislatlar  jo  bo‗lishi  zarur.  Masalan,  artist  bo‗lish  uchun  tabiiy  ovoz,  eshitish  qobiliyati,  bejirim  suvrat, 
jismonan sog‗lom bo‗lish talab etiladi. Raxbarlik vazifasini yaxshi bajarish uchun tashkilotchilik, odamlar 
bilan  muamola-murosa  qila  bilish  kabi  qobiliyatlarga  ega  bo‗lish  kerak.  Aks  xolda  kasbi  va  ishidan 
boshqalar xam, o‗zi xam qanoat xosil qilmaydi.  
Pedagogik, o‗qituvchilik faoliyatini, yoshlarni o‗qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-
onalar  va  bolalarni  izzat-xurmatiga  sazovor  bo‗lish  uchun  xam  kishida  bu  ishga  layoqat,  qobiliyat, 
qiziqish  bo‗lmog‗i  lozim.  Boshqa  kasblar  kabi  o‗qituvchilik  kasbiga  xam  yoshlar  orasidan  pedagogik 
faoliyatga layoqatli, bolalar bilan til topib muomalaqila oladigan, ilmli kishilarni tanlab olish kerak. 
Pedagogik kasbini tanlagan kishi avvalo sog‗lom bo‗lishi, so‗zlarni to‗g‗ri va yaxshi talaffuz qila 
olishi, asablari joyida, vazmin bo‗lishi darkor. Shuningdek, bolalarni yoqtirishi, ular bilan ishlashga mayli 
borligi,  boshqalar  bilan  muloqot  qila  olishi,  xushmuomalaliligi,  kuzatuvchanligi,  keng  fikrlay  olishi, 
o‗ziga  va  boshqalarga  nisbatan  talabchanligi  xam  kishining  pedagogik  ishga  yaroqligini  ko‗rsatadi.  Bu 
sifatlar  kishida  bor-yo‗qligi  tibbiyot  xodimlari,  ruxshunos,  pedagoglar  og‗zaki  va  yozma  savol-javoblar 
aniqlay oladi.            
O‗qituvchi  -  bu  maxsus  tayyorgarlikdan  so‗ng  kasbiy  pedagogik  faoliyat  bilan  shug‗ullanuvchi 
insondir.  
Nokasbiy  pedagogik  faoliyat  bilan  xamma  shug‗ullanishi  mumkin,  lekin  faqat  o‗qituvchilargina 
nima? qaerda? va qanday qilib o‗tkazish kerak? yoki pedagogik qonunlar asosida talab qilingan tartibda 
o‗z oldilariga qo‗yilgan kasbiy burchlarini sifatli bajarish javobgarligini  o‗z bo‗ynilariga oladilar. 
O‗qituvchi stoli yonida turgan inson xamma narsaga javobgardir, xamma narsani biladi va bajara 
oladi.  Xar  bir  o‗sib  kelayotgan  o‗quvchi  talabaning  taqdiriga  javobgarlik  o‗qituvchilik  lovozimida 
xarakterlanadi.  Bugun  pedagoglar  mexnati  natijasi  qanday  bo‗lsa-bizning  jamiyatimiz  xam  ertaga 
shunday bo‗ladi. 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish