O‗quv yurtlaridan keyingi ta‘lim. Institut, universitetlar uchun yuqori darajali ilmiy kadrlar
tayyorlashni nazarda tutadi. Bu aspirantura, doktorantura orqali amalga oshiriladi. Aspiranturaga oliy
ma‘lumotli, ilmiy-tadqiqot ishlariga moyil shaxslar imtihon topshirib, tanlov asosida qabul qilinadi.
Dissertatsiya himoyasidan keyin bunday shaxslarga fan nomzodi ilmiy darajasi beriladi. O‗z
sohasida chukur izlanishlar olib borgan, monografiyalar yozgan va doktorlik dissertatsiyasini ximoya
qilgan shaxslarga fan doktori ilmiy darajasi beriladi. Institut pedagogik faoliyati bilan shug‗ullangan va
ilmiy-tadqiqot olib borayotganlarga dotsent va professorlik unvoni beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |