Darslik. Dasturda ta‘limning mazmuni masalalar ro‗yxati orqali ifodalanadi. O‗quv
materiali o‗quvchilarga mo‗ljallangan darsliklar, o‗quv qo‗llanmalari, kitoblar va didaktik
materiallarda, o‗qituvchiga mo‗ljallangan metodik tavsiyalarda yoritiladi. Darslik asosiy
normativ hujjat hisoblanadi.
Darslik — o‗quvchilarning kitobi va uning eng muhim qurolidir. U faqat darsda taxlil
qilinadigan o‗quv materialini o‗zlashtirishda o‗quvchiga yordam beribgina qolmay, unda mazkur
predmetga qiziqish uyg‗otishi, shu soha bo‗yicha mustaqil bilim olish ishtiyoqini ham vujudga
keltirishi kerak.
Darslik o‗qituvchi uchun ham metodik yo‗llanma sifatida xizmat qiladi: tushunchalarni
kiritish tartibini, ularni yoritish chuqurligini, kiritilgan o‗quv materiallariga vaqtning
taqsimlanishini belgilaydi.
Obrazli qilib aytganda, darslik o‗qitish jarayonining «ssenariysi»dir. Unda o‗qituvchi
o‗zlashtirishi lozim bo‗lgan bilimlar, faoliyat usullari qayd qilinadi, bilim va ko‗nikmalarni
ijodiy qo‗llash yo‗llarsh belgilanadi, emotsional qimmatli qadriyatlarni tarbiyalashning ayrim
vositalari ko‗rsatiladi. Darslikda ta‘limning ana shu barcha mazmuni muayyan tartibda
o‗quvchilarning ta‘lim muvaffaqiyatini ta‘minlaydigan bosqichlar bo‗yicha joylashtiriladi. Lekin
boshlang‗ich maktab darsliklari bag‗oyat o‗ziga xosdir. Ularning hammasida metodik apparat
kichkina bo‗lib u sinflar sayin astasekin vujudga keladi. O‗rta maktabda ba‘zan o‗quvchi
darslikdan tamomila mustaqil holda foydalana olish-olmasligi muhokama qilinsa, boshlang‗ich
maktabda bu ishga o‗qituvchining rahbarligi majburiydir.
Ijodiy ishlaydigan o‗qituvchilarning tajribasini taxlil qilib, juda muhim kuzatishni amalga
oshirish mumkin. Ular darslik va o‗zlarining metodik qo‗llanmalaridan aqida sifatida emas, balki
normativ model sifatida foydalanadilar. Aslida o‗qituvchylar sinfining ehtiyojini, shaxsiy
imkoniyatlaryni nazarda tutib o‗z darsliklarini yozadilar. Ular darslikka zid ishlamaydilar, balki
uni to‗ldirib, kengaytirib va chuqurlashtirib, uning mualliflari bilan hamkorlikka kirishib ish olib
boradilar. Binobarin muallif bolalarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish, ularga tabaqali
yendoshish imkoniyatiga ega bo‗lmaydi.
O‗qituvchi doimo o‗quv yili boshlanishidan oldin va keyinchalik har kuni darslikka
murojaat qiladi. Uning bundan maqsadi hargal xar xil bo‗ladi. Darslik o‗qituvchining qo‗lida
juda ko‗p vazifalarni bajaradi. U avvalo predmetni o‗qitish vositasi sifatida xizmat qiladi. Har bir
o‗qituvchi ana shu vazifani biladi va uni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |