Uqtirish. Uqtirish biror axloqiy fazilatni o‗quvchilar ongiga singdirish va ular tomonida uqib
olinishini ta‘minlashga asoslanadi. Shuning uchun o‗qituvchilar va tarbiyachilar o‗quvchilarni
tarbiyalaganda va ularga axloqiy fazilatlarni tushuntirganda uning afzalliklarini ko‗rsatuvchi dalillar
keltirishi, isbotlashi, ishontirishi lozim. «O‗qigandan uqqan yaxshi» degan xalq maqoli bor. Uqib
olingan axloqiy fazilat bolada maxkam singib qoladi. Uqtirishning natijali chiqishi xammadan
burun tarbiyachining obro‗siga bog‗liqdir. Agar tarbiyalanuvchi o‗z tarbiyachisini izzat-xurmat qilsa,
unga ishonsa, uning o‗git-nasixatlariga quloq solsa, uqtirish natijasi samarali bo‗ladi. Aks xolda
uqtirish tegishli natija bermaydi. Shu bilan birga, o‗qituvchi va tarbiyachilar o‗z
tarbiyalanuvchilarini sevishlari, xurmat qilishlari, ularning kuch va imkoniyatlariga ishonishlari
kerak. Uqtirish jarayonida o‗qituvchilar bolalarning o‗zlarida o‗z qobiliyatlariga, kelajak
istiqbollariga ishonch tug‗dirmog‗i lozim, bu esa bolalarda axloqiy fazilatlarning puxta uqib
olinishini ta‘min etadi. Tarbiyalash jarayonida ishontirish, tushuntirish va uqtirish xamma vaqt
birga, bir-biri bilan mustaxkam bog‗langan xolda olib boriladi. Bunga tushuntirish va uqtirish
orqali erishiladi.
Davlat, jamiyat tomonidan qabul qilingan axloqiy qoidalar, talablarga, normalarga,
oiladagi, maktabdagi, jamoat o‗rtasidagi yurish-turish qoidalariga xamisha o‗qituvchilarning
o‗zlari amal qilishlari va boshqalarni xam shunga undashlari zarur.
Demak, o‗quvchilarimiz bu talab va qoidalarning xammasini yetarlicha anglab, ularni
ishonch va e‘tiqod bilan bajarishlari ayni muddaodir.
Pedagogika fani ishontirish usullariga muxim o‗rin berish bilan birga, majbur etish
usulini xam inkor etmaydi. Agarda o‗quvchi o‗z oldiga qo‗yilgan talabning moxiyatini va mazkur
qoidaga nima uchun rioya etish zarurligini tushunib turgani xolda itoatsizlik ko‗rsatsa va belgilangan
tartib-qoidani buzsa, uni bu tartib-qoidalarni bajarishga majbur qilmoq kerak. Axloqiy talablarni
buzuvchilarga indamaslik va beparvolik bilan qarash esa jamiyatga ziyon keltiradi va yurish-
turish qoidalarini buzgan o‗quvchining o‗zi uchun xam zararlidir. Agar tarbiyachi axloqiy
talablarning buzilish xolatlarini ko‗rib, indamay ketaversa o‗quvchilar axloqiy talablarni va
yurish-turish qoidalarini buzishda davom etaveradilar.
Yuqoridagilarga asoslanib, shunday xulosaga kelish mumkin: chinakam obro‗ bolalarni
xurmat qilish bilan birga, ularga nisbatan talabchan bo‗lishga, bolaga chin ko‗ngildan g‗amxo‗rlik
ko‗rsatishga, unga yordam qila bilishga, tarbiyachining bolalarga namuna bo‗ladigan o‗z
shaxsiy fazilatlariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |