IV. Yangi mavzuni tushuntirish
Hujjatlarni tahrir qilish va formatlashga oid mashqlar.
1.Word 2010 dasturini ishga
tushirish. Kompyuterning
ПУСК bo’limiga kiramiz,
undan so’ng ВСЕ
ПРОГРАММЫ bo’lima
o’tamiz va Microsoft Office
bo’limini topamiz va
Microsoft Word yorlig’iga
bosamiz.
2. Hujjatni tahrir qilish va formatlash.
Qo‘lda yoki yozuv mashinkasida yozilgan matnga tuzatish kiritish mushkul. Aksariyat hollarda tuzatish kiritilgan matn qaytadan oqqa ko‘chiriladi. Matn muharrirlari va matn protsessorlari esa matnlarga ixtiyoriy tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. Matnli hujjatga tuzatishlar kiritish hujjatni tahrir qilish deyiladi. Masalan, hujjatni tahrir qilish jarayonida biror belgi o‘chiriladi, almashtiriladi yoki joylashtiriladi, matnning ma’lum qismi o‘chiriladi, nusxasi ko‘chiriladi yoki joyi almashtiriladi.
Matn yozilganda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi yoki yozish jarayonida tez-tez fikr o‘zgarib turishi mumkin. Demak, umuman bexato yozilgan matnga ham tuzatishlar kiritiladi. Matnni tahrir qilishda eng ko‘p bajariladigan ishlardan biri, bu – ortiqcha belgini o‘chirish yoki tushib qolgan belgini oraga joylashtirishdir. Matnga yangi belgilarni kiritish quyidagicha bajariladi.
Yurgich matnning kerakli belgilar kiritilishi lozim bo‘lgan joyiga o‘rnatiladi:
Kerakli belgilar klaviturada kiritiladi:
Word 2010 dasturida “Mening do’stlarim” nomli yangi sahifa hosil qilamiz, hujjatni tahrir qilamiz va saqlaymiz. Hujjatni tahrir qilishda unga o’zimiz haqimizdagi ma’lumotlarni ham qo’shamiz. Matndagi xatolarni tekshirib chiqamiz va xato yozilgan so’zlarni, tinish belgilarini to’g’irlab chiqamiz, sahifaning eng tepa qismiga Caps Lock tugmasi bosib, so’ng MEN VA MENING DO’STIM sarlavha qo’yamiz.
Matnni xatolarini to’g’irlab chiqqanimizdan so’ng uni formatlashni boshlaymiz. Ctrl+A tugmasini bosamiz va matnni to’liq blok ajratamiz va uni shriftini Times New Roman va o’lchamini 14 va abzasini hamma tomonga teng taqsimlab ga o’zgartiramiz.
abzas
o’lchami
shrift turi
M EN VA MENING DO’STIM sarlavhasini oldiga kursorni olib borib Ctrl+E tugmalarini bosib sarlavhani matnning o’rta qismiga olib kelamiz va MEN VA MENING DO’STIM sarlavhasi blokka olib piktogrammasi orqali uni rangini ko’k rangga o’zgartiramiz va piktogrammasi orqali uni yozuvni qalinlashtiramiz. Matnda abzaslarni to’girlash uchun Men Xamidova Madina… abzas boshiga sichqonchani o’ng tugmasini bosamiz va konteks menyudan абзац bo’limini tanlaymiz.
Абзац bo’limidan первая строка bo’limidan отступ ni tanlab o’lchamini 0,8 см qilib yozamiz. Shu ishni Hammamizning bir yaqin… matn oldida takrorlashimiz kerak. Lekin biz Word 2010 imkoniyatlaridan foydalangan xolda oxirgi bajarilgan amalni takrorlash F4 tugmasidan foydalanamiz va biz oxirgi bajargan amalimizni takrorlab bu matn xuddi shundan xolatga keltiradi. Natijada bizning matnimizda 0,8 sm uzunlikdagi ikkita abzas xosil bo’ldi. Ctrl+A tugmalarini bosib matnni yana to’liq blok ajratib olamiz va interval
piktogrammasidan foydalanib, satrlarni orasini 1,5 interval holatiga keltiramiz.
Hosil bo’lgan yangi matnni “Men va mening do’stim” yangi nom bilan saqlab qo’yamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |