O’YINNI TAMOMLASH.
O’yin davom etishi, shug’ullanuvchilarning tarkibiga mashg’ulotni shartiga va o’yinni xarakteriga bog’liq bo’ladi.
O’yin o’z vaqtida tamomalsh juda muximdir. O’yinni olindan tugatib qo’yish va uni cho’zib borish ham mumkin emas.
O’yinni davom etishi o’yin qatnashchilari soniga (o’ynovchilarni soni qancha kam bo’lsa, o’yin shuncha qisqa bo’ladi), ularni yoshiga (kichik maktab yoshidagi bolalar uzoq vaqt davomida zo’riqishi mumkin emas), o’yinni mazmuniga (katta zo’riqishni talab qiladigan o’yinlar, qisqa bo’lishi kerak), o’yinni o’tkazish joyiga rahbar tomonidan taklif qilingan me’yorda, raxbarni tajribasiga (kam tajribaga ega bo’lgan raxbarni o’yini uzoq davom etmaydi) va boshqa sabablarga bog’liq bo’ladi.
Rahbar o’yini tamom bo’lish vaqtini aniqlash shart. Agar o’yinda charchashni birinchi alomatlari paydo bo’lishi bilan, (e’tibor bermaydigan bo’lsa, qoidani buzganda, harakatni to’g’ri bajarishi, maqsadaga erishishda qa’ttiyatlikni etarli darajada namoyon qilmaslik, qizikishni pasayishi ko’pchillik o’yin qatnashchilarida nafas olishni tez-tez bo’lishi) o’yinni to’xtatish kerak.
Rahbar o’yin oldidan belgilangan vaqitda ya’ni o’yinni ma’lum vaqit o’tishidan keyin to’xtatishi mumkin. Bularni xisobga olagan xolda, o’yin qatnashchilarini o’zlarini kuchlarini mos ravishda taqsimlaydilar vaqtini tomom bo’lishiga 1-3 daqiqa qolganda o’yin qatnashchilari ogoxlantiriladi.
Jamoa bo’lib o’ynaladigan o’yin oldidan iloji boricha o’yin qatnashchilariga uni necha marta qaytarishini aytish kerak.
Agar o’yin ma’lum vaqtda tomom qilishni bilmasalar rahbar uni qachon tomom bo’lishi to’g’risida ogoxlantiradi masalan, “O’yin boshi almashmaguncha, o’ynaymiz”, “Ya’ni 1-2 daqiqa o’ynaymiz” va x.k. O’yinni tomom bo’lishi o’yin qatnashchilari uchun kutilmagan xolat bo’lmasligi kerak. chunki bular bolalar o’rtasida salbiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek o’yinni davom etishi mashg’ulotni shakliga bog’liq. Jismoniy tarbiya darsida o’tkaziladigan, o’yin vaqti chegaralarngan bo’ladi. Agarda u sinfdan tashqari vaqtda o’tkaziladigan bo’lsa, unda u uzoq davom etishi mumkin va bolalarda ko’proq chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi. Bunday o’yinlar o’quvchilarni yana ham yuqori kuchlanishlarga o’rgatadi.
Shunday qilib raxbar o’yinni shu vaqtda ya’ni qachonki bolalar ham charchamasdan unga yanada qiziqish ortaganda ular tetik, to’laqonlik harakatda bo’lganvaqtda tomom qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |