O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


  Qon shaklli elementlarining yemirilishi



Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/338
Sana19.07.2021
Hajmi4,09 Mb.
#123468
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   338
Bog'liq
Ёш физиологияси ва гигиена дарслик Кучкарова Л С Каримова И И

13.7.  Qon shaklli elementlarining yemirilishi 
 Qarigan eritrotsitlar membranasida lipidlar miqdori kamayadi va u yupqalashadi. 
Eritrotsitning  elastikligi  kamayadi,  shakli  sharga  yaqinlashadi.  Yosh,  elastik 
membranaga  ega  bo‘lgan  eritrotsit  diametri  3,66  mkm  bo‘lgan  kapillyardan  bemalol 
o‘tsa,  qarigan  eritrotsit  membranasi  ―qotib‖  qolgani  tufayli,  qizil  ko‘mik,  taloq,  jigar 
kapillyarlarida  tiqilib  qoladi.  Bu  еrda  ularni  va  shikastlangan  eritrotsitlarni  retikulyar 
hujayralar,  gistiositlar,  makrofaglar  va  ko‘p  yadroli  leykositlar  fagotsitozga  uchratadi. 
Jarayon suyak ko‘migi, taloq, jigardan tashqari, tomirlarda harakatlanuvchi qonda ham 


 
 
 
238 
 
 
kuzatiladi.  Eritrofagositozning  yuzaga  chiqishida  qizil  ko‘mik  boshqa  organlarga 
nisbatan ko‘proq ahamiyatga ega. Eritrofagiya sodir bo‘lgan hujayrada hazm vakuoli – 
eritrofagosoma  hosil  bo‘ladi.  Lizosomadagi  gidrolitik  fermentlar  ta‘sirida  eritrotsit 
gemolizga uchraydi, gemoglobin va boshqa murakkab birikmalar parchalanadi va kichik 
molekulali moddalar paydo bo‘ladi. 
 Eritrotsitlar  erta  bolalik  davrida  jadalroq  yеmiriladi.  Bundan  qizil  qon 
tanachalarining  umri  qisqaligi  dalolat  beradi.  Bola  eritrotsitlarining  tez  еmirilishi  ular 
kattaroq bo‘lishi va shakli sharga yaqinligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
 Turli leykotsitlar umrining davomiyligida farq juda katta. Ba‘zilari bir necha soat 
yashasa, boshqalarining umri 100-200 kunga teng. 
 Neytrofillar,  umuman  granulotsitlar  4-16  kun  yashaydi.  Qon  bilan  harakat 
qiluvchi  neytrofillarning  funksional  faolligi  sekin-asta  o‘zgaradi.  O‘pka  va  taloq 
tomirlaridan  o‘tish  jarayonida  leykotsitlarning  osmotik  chidamliligi  kamayadi.  Bu 
ularning  umrini  qisqartiradi.  Neytrofillarning  oz  qismi  qonning  o‘zida  еmiriladi. 
Ularning  ko‘p  qismi  tomirlarni  tark  etib,  to‘qimalarga  o‘tadi  va  bundan  keyin  qonga 
qaytmaydi.  Neytrofillarning  bir  qismi  hazm  tizimi  orqali  organizmdan  chiqarib 
tashlanadi.  So‘lak,  me‘da  shirasi  va  o‘n  ikki  barmoqli  ichaksuyuqliklarida  ularning 
bo‘lishi bundan darak beradi. 
 Neytrofillar  еmirilishini  ularning  tomirlarda  to‘planishidanfarqlash  kerak.  Bu 
jarayon  o‘pka  qon  tomirlarida  va  qopqa  vena  tizimida  yaqqol  kuzatiladi.  To‘plangan 
neytrofillarning funksional holati o‘zgarmaydi. Zarur bo‘lsa, ular yana qon aylanishiga 
qaytadi.  Qonda  aylanib  yuruvchi  va  to‘plangan  neytrofillar  nisbati  turli  sharoitlarda 
o‘zgarishi  mumkin.  Bola  bezovtalanib,  qichqirganida  kuzatiladigan  leykotsitoz 
to‘plangan neytrofillarning qon aylanishiga  o‘tishiga bog‘liq. Bu  sharoitda leykotsitlar 
sonining 50% gacha ko‘payishi to‘planish bolalarda yaxshi rivojlanganini bildiradi. 
 Limfotsitlarning  oz  qismi  (10-20%)  3-7  kun,  qolgan  80-90%  i100-200  kun 
yashaydi. 
Qarib, 
distrofiyaga 
uchragan 
limfotsitlar 
fagotsitozga 
uchraydi. 


 
 
 
239 
 
 
Limfotsitlarning  bir  qismi  tiklanayotgan  to‘qimalarda  plastik  material  vazifasini 
bajaradi. 
 Trombotsitlar  qarish  jarayonida  kichiklashadi,  ularda  donachalar  paydo  bo‘ladi. 
Trombotsitlarning  ma‘lum  qismi  tomirlarni  ichidan  qoplagan  endotelial  hujayralar 
tomonidan o‘zlashtiriladi. Trombotsitlar tarkibidagi ba‘zi moddalar endotelial hujayralar 
faoliyati  mo‘tadil  bo‘lishi  uchun  zarur.  Qon  plastinkalarining  ko‘p  qismi  8-11  kunlik 
umri tugaganidan keyin ko‘mik, taloq, jigar va tomirdagi qonning o‘zida yеmiriladi. 
 Halok  bo‘lgan  hujayralar,  shu  jumladan  qon  hujayralari  parchalari  (detrit)ni 
qondan ―suzib olishda‖ o‘pkafaol ishtirok etadi. 
 Leykotsitlar  va  trombotsitlar  еmirilishining  bolalik  davrlaridagi  xususiyatlari 
to‘g‘risida ma‘lumotlar deyarli yo‘q. 
 

Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish