JINSIY GORMONLAR - buyrak usti bezi va jinsiy bezlar ishlab chiqaradigan
biologik faol moddalardir. Erkaklik va urg‗ochilik jinsiy gormonlari bo‗ladi.
Organizmda moddalar almashinuvi, jinsiy ko‗payish, shuningdek birlamchi va
ikkilamchi jinsiy belgilar ta‘sir qiladi.
JINSIY ETILISH - odam organizmining individual rivojlanishidagi jinsiy
ko‗payish xususiyatiga ega bo‗lish davri. Bu davrda organizmda chuqur ichki
o‗zgarishlar bo‗ladi.
JISMONIY RIVOJLANISH - organizm holatini yaxshilashga xizmat qiluvchi
omillar, jumladan jismoniy tarbiya ta‘sirida uzoq vaqt davom etuvchi morfologik va
funksional o‗zgarishlar jarayoni.
356
JISMONIY TARBIYA - organizmni chiniqtirishni, mustahkamlashni ko‗zda
tutadigan jismoniy mashqlar va sport o‗yinlari sistemasi.