Glossariy A AVITAMINOZ– uzoq muddatgacha sifatsiz, yoki vitaminlarning yig‗indisi
bo‗lmagan ovqatlar iste‘mol qilish natijasida kelib chiqadigan patalogik jarayon-
vitamin yetishmasligi.
AGGLYUTINASIYA - (yopishuvchanlik) antigen zarrachalar (masalan,
bakteriyalar, eritrotsitlar, leykotsitlar va boshqa) ning, shuningdek antigenlar
yopishgan har qanday inert zarralarning agglyutininlar ta‘sirida yopishib va
agregatlar hosil qilib cho‗kmaga tushishi. Bu reaksiyadan infeksion kasalliklarni,
qon guruhlari, shuningdek mikroorganizmlarni aniqlashda foydalaniladi.
341
AGGLYUTININLAR– qon zardobida mavjud moddalar. Ular X va y ko‗rinishda
bo‗ladi. Bular haqidagi dastlabki ma‘lumotlar Chex olimi YA.Yanskiy va
avstriyalik olim K.Landshteynerlar tomonidan berilgan.