O’zbekiston respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Badiiy adabiyotlar tarjimasida leksik-grammatik muammolar



Download 424,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/33
Sana11.01.2022
Hajmi424,8 Kb.
#339171
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
leksik grammatik mano va uning badiiy tarjimada ifodalanishi

 

2.3. Badiiy adabiyotlar tarjimasida leksik-grammatik muammolar 

Badiiy  tarjimaning  boshqa  turdagi  tarjimalar,  ilmiy-texnika  kitoblari,  ijtimoiy-

siyosiy  asarlar    tarjimasidan  farqi  badiiy  adabiyotning  o‘z  sohalaridan 

farqlanishlariga  o‘xshaydi.  Boshqacha  aytganda  badiiy  tarjimaning  o‘ziga  xosligi 

badiiy  adabiyotning  o‘ziga  xos  sifatlari  bilan  belgilanadi.  Lekin  badiiy  tarjimaning 

asl  badiiy  adabiyotdan  farqi  unda  filologik  tahlil  va  leksik-grammatik  qiyosning 

ishtirok  etishi  bilan  belgilanadi.   



 

 

- 44 - 



- 44 - 

 

Chunonchi,  yozuvchi,  shoir  yoki  dramaturgdan  shu  janrlardagi  asarlarni  o‘z 



tiliga  o‘girish  ishi  bilan  shug‘ullanuvchi  ijodkorning  farqi  shundaki,  tarjimon 

muallifning  aytmoqchi  bo‘lgan  fikrlarini  boshqa    tilda  qayta  ifodalaydi,  uning 

asarini  qayta  tiklaydi.  Bunda  esa  tasvirdan  tashqari  qiyos  va  tahlil  ham  ishtirok 

etadi.  Yozuvchi  grammatik  maqsadlarda  o‘zi  tasvirlayotgan  davr  hamda  turli 

ijtimoiy  tabaqalarning  til  xususiyatlarini,  personajlar  tilining  o‘ziga  xosligi 

deyilganda  turli  leksik-grammatik  vositalardan  foydalanadi.  Ba‘zan  ayrim 

grammatik  vositalarni  tarjimada  ifodalash imkoni  bo‘lmaydi.  

 

Yozuvchining  o‘ziga  xos  uslubi,  obrazlarning  talqin  qilinishi  voqelikka 



munosabati 

badiiy 


jarayoning 

yakunlovchi 

bosqichida 

shaklning  asosiy 

tomonlarini  yaxlit  aks  ettiruvchi  xususiyat  sifatida  asarda  zohir  bo‘ladi.  Uslubni 

muallifning  umumiy  bisotidan  ajratgan  xolda,  ko‘r-ko‘rona  asarning  lingivistik 

xarakteristikasiga  aylantirib  qo‘yish  mumnik  emas.  Obraz  bilan  uslub  o‘zaro 

chambarchas  bog‘langan.  Obraz  bilan  uslubning  bir-biriga  bog‘liqligi,  o‘zaro 

taqozodorligi yozuvchining  voqelikni  badiiy aks ettirishiga  asoslanadi.  

 

Uslub  yozuvchi  ijodining  uning  asarlarida  takrorlanib  turadigan  asosiy  tipik 



g‘oyaviy-badiiy  xususiyatlari  majmuasidir.  Yozuvchining  dunyo  qarashi  va  u 

yaratgan  asarlarning  mazmuniga  aloqador  asosiy  g‘oyalar,  muallif  ko‘proq 

tasvirlagan  syujet  va  xarakterlar  silsilasi  sa‘natkor  ijodida  tez-tez  uchrab  turadigan 

badiiy tasvir  vositalari   o‘ziga xos tili  uning  indivudial  uslubini  tashkil  etadi.  




 

 

- 45 - 



- 45 - 

Misol  uchun  Fridrix  Shillerni  olaylik.  Unina  asarlaridagi  qahramon  obrazi,  uning 

insoniy  xislatlari,  dunyoqarashi,    intilishlari,  tabiat  manzaralari  yorqin  bo‘yoqlarda 

emotsianal,  ekspressiv so‘zlar vositasida mohirona tasvirlangan.   

 

―Sturm  und  Drang‖  adabiy  yo‘nalishiga  xos  ko‘tarinkilik,  tilning  sodda, 



xalqchil,  jangovarligi,  qahramonlarning  maqsadlari  yo‘lida  o‘z  hayotlariga  qasd 

qila  olishlari,  gaplardagi  undovchi  ohanglar  Shillerning  ―Räuber‖  -  ―Qaroqchilar‖ 

dramasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.  

 

Tilshunoslikka  oid  ko‘pchilik  ilmiy  nashrlarda  uslub  grammatik  uslub 



tarzida  berilgan.  Lingivistik  tarif  bo‘yicha  uslub  tilning  differentsial    turlaridan 

bo‘lib,  o‘ziga  xos  lug‘ati,  frazelogik  qurilishlari,  jumla  va  grammatik  ko‘rinishlari, 

bo‘lak  turlardan  o‘ziga  xos  unsurlarining  asosan  ekspressiv  ta‘rifiy  xususiyatlari 

bilan  tafovut  qiluvchi  lisoniy  sistemadir.  Muayyan  bir  uslubdagi  unsurlar  boshqa 

uslub  elementlaridan  tafovut  qilganida  ularni  aniqlash  oson  bo‘ladi.  Misol  uchun 

masal  uslubi,    xalq  dostonlari  uslubi,    adabiy  uslub,  ilmiy  uslub,  rasmiy-idoraviy 

ish  uslubi,  kitobiy  uslub,  ilmiy  texnikaviy  uslub,  ijtimoiy-publistik    uslub,  notiqlik 

uslubi,    rasmiy  uslub,  yozma  nutq  uslubi,  she‘riy  uslub,    kasb-hunar  uslubi  va 

xokazolar.  

 

O‘zining  yorqin  individual    uslubi  bilan  ajralib  turadigan  yozuvchilarning 



ijodida  bir  emas  bir  nechta  aniq  ko‘zga  tashlanadigan  uslublar  mavjud  bo‘ladi. 

Yozuvchi  ijodida  yangicha  uslubning  paydo  bo‘lishi,  ko‘pincha  uning  ijodiy 

evolyutsiyasi,  hayoti,  idrok  etishdagi  burilish,  siljish  badiiy  metodning  o‘zgarishi 



 

 

- 46 - 



- 46 - 

bilan  bog‘liqdir.  Tarjima  jarayonida  ushbu  grammatik  vositalarni  e‘tiborga  olish 

albatta muhimdir.   

 

Xulosa  qilib  aytishimiz  mumkinki,  uslub  hayotni  obrazli  o‘zlashtirishni 



ifodalash,  kitobxonlarni  qiziqtirish  vositasidir.  Hikoya  qilish,  sahna  tomoshasi  va 

lirik  idrokning  ta‘sirchanligi  asarning  jozibasida,  ohangliligida  o‘z  aksini  topadi. 

Asosiy  yetakchi  ohang  asarning  tuzilishida  ham,  qahramonlarni  tasvirlash 

yo‘sinida ham ko‘p narsani belgilaydi.   

Tarjimada  ham  ularning  barchasi  o‘z 

ifodasini  topishi zarur.  

 

G‘arbiy  Yevropa  adabiyoti,  rus  adabiyoti  va  qardosh  xalqlar  adabiyotidan 



o‘zbek  tiliga  yoki  o‘zbek  tilidan  boshqa  xalqlar  tillariga  qilinadigan  o‘ziga  xos 

butun  bir  adabiyotni  tashkil  etuvchi  sertarmoq  tarjimalarni  olib  qaralsa,  bularda 

mualliflarning  turfa  xil  uslublari  jilolarini  qayta  ifodalash  masalasida  jafokash 

tarjimonlar  oldida  har  gal  tahlil  va  taqsilni  har  safar  o‘zgacha  bir  chora-tadbirni 

talab etadigan  muammolar  ko‘ngdalang bo‘lishi ko‘zga tashlanadi.   

 

Tarjima  qilish  uchun  so‘zlarning  asosiy  lug‘aviy  mazmuni-yu,  tilning 



grammatik  qoidalarini  bilish  kifoya  emas.  Buning  uchun  tilni  xis  qilish  kerak.  Har 

bir  leksik  vositaning  stilistik,  ya‘ni  uslubiy  vazifasini  bilish  kerak.  Mashxur  nemis 

yozuvchisi  Shillerning  ―Räuber‖ - ―Qaroqchilar‖ dramasiga murojaat  qilaylik.     

 

―Die  Räuber‖  -  ―Qaroqchilar‖  F.Shillerning  birinchi  dramasi,  uning 



akademiyada  o‘tkazgan  yillarining  so‘ngi  oylarida  yoza  boshlanib,  1781  yili 

tugatilgan.  Asar  ―Hujum  va  tazyiq  ruhi‖da  yozilgan  bo‘lib,  feodalizmga  qarshi 

qo‘zag‘alonni  o‘zida  aks  ettirgan.  Uning  epigrafi    ―Zulmkorlarga  qarshi‖    bo‘lib, 



 

 

- 47 - 



- 47 - 

asar  g‘oyasini  ifodalagan.  Uning  bosh  qahramoni  Karl  Moor  bo‘lib,  u  butun 

jamiyatga  qarshi  bosh  ko‘taradi.  Ukasining  makkorona  tuzgan  rejasi  qo‘l  kelib,  u 

merosdan,  ota  uyi  va  sevgilisidan  ajragan  Karl  Moor  qaroqchilarga  bosh  bo‘lib 

Bogemiya  o‘rmonlariga  ketadi.  U  qaroqchi  sifatida  zulmkorlarga  daxshat 

solmoqchi  bo‘ladi.  Qaroqchilik,  talonchilik  ijtimoiy  nohaqlikka  qarshi  kurash 

shakli  sifatida  tasvirlangan  Karl  Moor  qulchilik,  amalparastlik,  langanbardorlikni 

yomon  ko‘radi.  Qullik  xarobalari  o‘rniga  u  Germaniyada  respublika  barpo  qilishni 

orzu  qiladi.  ―Meni  azamatlar  polkiga  sarkarda  qilib  qo‘yinglarda,  o‘shanda 

ko‘rasizlar.  Bizlar  qurgan  Germaniya  Respublikasi  oldida  Rim  va  Sparta  ayollar 

monastiriga o‘xshab qoladi‖ – deydi u. Tez orada Karl tanlagan yo‘lining noto‘g‘ri 

ekanligini  anglab  yetadi.  Oiladagi  xiyonat,  sevgilisidan  ajralish,  ayanchli  hayotdan 

tushkunlikka  tushgan  Karl  bir  kambag‘al  kimsaning  hayotini  yaxshilash  maqsadida 

o‘zi uchun vada qilingan  pul evaziga  o‘zini hukumatga  topshirishni  iltimos  qiladi.   

 

Dramada  Shiller  tomonidan  qo‘llanilgan  stilistik  vositalarni  lingvistik 



jihatdan  tahlil  qildik.  Ulardan  ayrimlarini  dramaning  4-qismi  1-ko‘rinishidan  oldik:   


Download 424,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish