1. O’qituvchining adabiyotlarni o’rganish va amaliy ishlar asosida
muammolarni aniqlashi.
O’qituvchi adabiyotlarni o’rganish davomida quyidagilarni aniqlashi
kerak:
o’rganilayotgan muammo to’g’risida adabiyot muallifining fikr-
mulohazasi;
o’rganilayotgan muammo to’g’risida usullardan farqli ravish kiritgan
takliflari;
adabiyotlarda qaysi asosiy masalalar yoritilmagani;
muammoni yechish uchun olib boriladigan izlanishlar.
Quyidagilar o’qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar hisoblanadi:
o’qituvchi dars jarayonida duch keladigan qiyinchiliklar;
kamchilik va qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari.
2. O’qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish.
Dalillarni taqqoslash orqali asoslangan takliflar beriladi.
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o’quv jarayonida qo’llash.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va
maxsus usullari qo’llaniladi.
Umumilmiy usullarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat, pedagogik so’rov,
test, so’rovnomalar,statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqalar kiradi.
Nazariy izlanish usuli
–
adabiyotlardan o’rganish va tahlil qilish hamda
pedagogic tajribalar asosida olib borilgan izlanishlar. Adabiyotlar ustida ishlashda
kitob va jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlar, to’plamlar va kataloglar,
internet tizimidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi
Kuzatish usuli
-
odatda, tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni
o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori muomalasidan o’zgarishlarni hisobga olish
va tegishli ta’lim-tarbiya
t’siri ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi/ Bu
usul tadqiqotchining pedagogic tajribani muayyan bir tomoni va hodisalarni biror
maqsadni ko’zda tutib idrok etishi tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni,
kuzatish obyekti, Vaqti, pedagogic vaziyatlarni kuzatish uchun ajratilgan tavsif va
hokazolar hisobga olinadi.
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo’linadi. Bevosita va bevosita
qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogic jarayonda kuzatuvchining xatti-
xarakatlari kabilarni yozib qo’yish imkoini beradi. Bevosita qayd qilish usuli biror-
bir hodisalarning oqibati haqidagi daliliy materialnin boshqa shaxslar orqali yoki
qandaydir asbobni qo’llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika
taraqqiyoti asrida kuzatishning visual usullari xilma-hil texnika vositalari
(kinofilm, videotasvir, teleko’rsatuv)dan foydalanish oprqali tobora ko’p
qo’llanilmoqda.
Suhbat usuli-so’rashning bir turi bo’lgani holda tadqiqotchining jiddiy
tayyorgarlik ko’rastishni talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita
aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshning javoblarini
yozmasdan, erkin muomala shaklida qo’llaniladi.
Suhbat usulida-o’qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng
jamoatchilik bilan yakka va guruh tarzidaish olib borilganda qo’llaniladi. Suhbat
usulida farqli ravishda intervvu olish usuli oldindan belgilangan savollarni izchillik
bilan bayon qilishni nazarda tutadi.Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki
kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so’rash nazariyasi va
amaliyotda intervyu olishning ko’p usullari mavjud Bular:
• guruhlar tarzida;
• jadal;
• sinov va h.k
Talabalar ijodini o’rganishda-ularning o’ziga hos individual tartibdagi
faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.
Pedagogik so’rov usuli
-
tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogic
tajribaning biror tomoni yoki hodisalar haqida axborot olish jarayoni bu usulning
asosini tashkil qiladi. So’rash usulida savollarning mantiqiy o’ylangan tizimini,
uning aniq foydalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5 ta) nazarda tutiladi.
Shuningdek, qat’iy shakildagi javobni(“ha”,”yo’q”) ham taqazo etish mumkin.
Test, so’rovnomalar
-
so’rovnoma, ya’ni anketa usuli ilmiy farazning
yangiligini aniqlash, yakka yoki guruh holdagi talabalarning fikrlarini, qarashlarini,
qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar
chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi.
Test savollaridan ko’zlangan maqsad oz vaqt ichida takabalarning bilimlarini
yoppasiga baholashdir.
Mutaxasislarning bilimini va dunyoqarashini aniqlash uslublaridan biri-bu test
yordamidagi sinovdir.Test yordamida sinov talaba yoki mutahasisning bilimi, ilmi,
ma’naviyati hamda yoshlarning qaysi yo’nalish va mutahasislikka layoqati
borligini ,iqtidorini zudlik bilan aniqlash va baholashga imkonj beradi. Test
yordamida bilimlarni baholashning pedagogic nuqtaviy nazaridan yutuqlari va
kamchiliklari keltirilgan va baholash jarayononi EHM yordamida avtomatlashtirish
mumkinligi takidlangan. Test savollari va masalalarning aniqligiga sabab, uning
qisqa va lo’ndaligi, umumiy javoblar ivhida to’g’ri javobning borligi va ularning
talabalarga ko’rsatma bo’lib xizmat qilishi, uning topishmoqli o’yingga
o’xshashligi va javobni topishda xotira, ichki tuyg’u va topqirliklar qo’l kelishidir.
Test savollarini chop etish talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.
Tajriba-sinov eksperiment usuli
-
ushbu tajriba ta’lim-tarbiya jarayoniga
aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqiy jarayonlarini tekshirish,
aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli – ta’lim sohasidagi, jumladan,
ajratilgan mablag’larning doimiy o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari,
ko’rgazmali qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarining
qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’lab statistika usuli
orqali aniqlanadi.
Matematik va kibernetik usullar – o’qitish nazariyasi, amaliyotida
hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashnalari yordamida bir tildan ikkinchi
tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni
mustahkamlash,
baholash
orqali
ta’lim-tarbiya
samaradorligini
oshirish,
tabaqalashgan va individual ta’lim berish kabi jarayonlardir.
Ijtimoiy tadqiqot usuli – anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talaba-
yoshlarning kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini, talabalar orasidagi do’stlik
munosabatlarini, o’quv yurtidagi shart-sharoitlarini bilish, yutuq va kamchiliklarni,
dinga, xususan tasavvuf ilmiga qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy
sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, o’quv
taqsimoti, o’qituvchilarning bilim berish darajasi, o’quv qo’llanmalarining sifati,
kompyuterda mashg’ulot o’tkazish turlarini o’rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni
oshirishdagi mashg’ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning
qanchalik qoplashi, talabalarning haq to’lanadigan ishlarda qatnashishi, ota-
onalarining yordami, ularning ma’lumoti, ish joyi, talabalar qo’p boradigan jamoat
joylari, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etuvchi,
mutaxasssi bo’lib yetishishida hal qiluvchi omillar, talabalarninng onglilik darajasi,
komil inson bo’lish uchun kerak bo’lgan ma’naviy sifatlar, o’zlashtirganlik
darajasi haqida savollar anketaga kiritiladi. Savol-javolarning barchasi
kompyuterda qayta ishlanadi va xuldosalar chiqariladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullardan tashqari kasb ta’limida maxsus
usullardan ham foydalaniladi.
Kasb ta’limida tadqiqotning maxsus usullari keng tarqalib, unda hodisa va
jarayonlarni o’rganishga yo’naltirilgan asbob-uskunalar va apparatlar ob’ektiv
miqdoriy kattaliklarni olish maqsadida qo’llaniladi.
Tadqiqotning maxsus usullari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi:
Ish-harakatlarining natijaviy tafsilotini o’rganish (harakatlarni aniq
bajarish, sarflanadigan vaqt, ish unumi) ga bog’liq bo’lgan usullar;
Biomexanik usullar;
Psixofiziologik usullar.
Ish-harakatlarining natijaviy ko’rsatkichlari bilan bog’liq tadqiqotlarda, shu
jumladan, ularni o’zlashtirish jarayonida xronometraj kata rol o’ynaydi. Ish
me’yori, maqbul vaqt, shu jumladan, ishlab chiqarish ta’limining turli davrlarida
talabalar vaqt me’yori, tartibotini aniqlash maqsadida, shuningdek, harakatlarning
vaqtinchalik tuzilmasini o’rganish talablari yoki ishchilarning tayyorgarlik
darajasini baholash uchun xrometrajdan foydalaniladi.
Biomexanik usullar - bu ish-harakatining fazoviy vaqt va kuch parametrlarini
o’rganishdir. Bunda ularning mukammalik darajasi, ishchining asbob, dastgoh va
hokazolar bilan o’zaro kuch ta’sirida, asbob va qo’l harakatining kinematikasi va
boshqalar aniqlanadi.
Psixologik usullar o’quv va mehnat faoliyati jarayonida inson organizmining
turli a’zolarining funksional holatini o’rganishda foydalaniladi. Bulardan
elektromiografiya, elektrokardiografiya, elektrodermografiya usullari keng
qo’llaniladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” da oliy ta`limga qanday talablar qo’yilgan?
2. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini maqsad va vazifalari nimlardan
iborat?.
3. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari haqida
fikr bildiring?
4. Maxsus fanlarni o’qitish metoddikasining umumiy metodlarini
tushuntiring?
5. Maxsus fanlarni o’qitish metoddikasining maxsus metodlarini tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |