Tayanch so’z va iboralar: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan,
ishlab chiqarish,oliy ta’lim tizimi, fanning maqsadi va vazifalari, ta’lim,
bilim, ko’nikma, malaka, didaktika, metodika, metod, kasbiy pedagogika,
o’qitish metodikasi, kasb, mahorat, tadqiqot metodlari, kuzatish usuli,
suhbat usuli, pedagogik so’rov usuli, test, so’rovnomalar, statistik
ma’lumotlarni tahlil qilish usuli, ijtimoiy tadqiqot usuli, biomexanik usullar,
psixofiziologik usullar.
1.1.O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da oliy ta`limga qo’yilgan talablar.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun
i
ning maqsadi
fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini
belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini
ta’minlashga qaratilgan.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, davlat
ta’limi standarti va o’quv rejasi kabi me’yoriy hujjatlarda bugungi kunda yosh
avlodga ta’lim-tarbiya berishga qo’yilgan talablar o’z aksini topgan. Ushbu
hujjatlarda chuqur bilimli, erkin fikrlovchi, o’zida yuksak insoniy fazilatlarni
mujassam etgan barkamol shaxsni tarbiyalash birinchi galdagi vazifa etib
belgilangan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari
quyidagilardan iborat:
shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib
olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib,
ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi;
fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi,
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan
ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari
asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va
quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o’rta
ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi
ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari
ta’lim.
1.2. Oliy ta’lim tizimi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va
mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonunning joriy etilishi yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda
zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbik etishni takozo qildi.
Shu nuqtai nazardan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim jarayoni,
mazmunini islox qilish asosan, me’yoriy xujjatlar majmuasi (davlat ta’lim
standarti, o’quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish
milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi hamda O’zbekiston
Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor
sohadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
ustuvorligi ta’minlanadi.
Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab
to umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Bunday tizim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida
o’z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |