jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlshdagi yaxlit jarayon
bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir matssadga yo’naltirilgan,
oldindan puxta loyihalashtirshgan va kafolatlangan natija berishiga tsaratilgan
pedagogik jarayondir.
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish
o’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo’ygan maqsad, tanlagan
mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq.
O’qituvchi
va
talabaning
maqsaddan
natijaga
erishishida
qanday
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy
maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda talaba larning bilim
saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi.
Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki
film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli
adabiyotlar) kerak bo’lar. Bularning hammasi o’qituvchi va talabalarga bog’liq.
SHu bilan birga o’quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu
jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va shiroitni, eng
asosiysi, talabalarning imkoniyati va extiyojini va hamkorlikdagi faoliyatni tashkil
eta olishini hisobga olishi kerak. SHundagina, kerakli kafolatlangan natijaga
erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talabani ta’limning markaziga olib chiqish
kerak.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish jarayonida “Juftlikda
ishlash”, “Kontseptual xarita”, “Hamkorlikda ishlash”, “FSMU”, “Blits-so’rov”,
“Zig-zag”, “Davra suhbati”, “Nilufar guli”, “Kichik guruhlarda ishlash”,
“Sinkveyn”, “Pinbord”, “Bumerang”, “Debatlar”, “Insert”, “Aqliy hujum”,
“Klaster”, “Kubik”, “Tushunchalar tahlili”, “T-sxema”, “Venn diagrammasi”,
“BBB strategiyasi”, “Ikki qismli kundalik”, “Esse”, “Taqriz”, “Keys-stadi”,
“Baliq skleti”, “Assesment”,”Zinama-zina”, “Rolli o’yinlar” va shu kabi yuzlab
har xil innovatsion ta’lim texnolgiyalari ishlab turibdi va pedagoglar o’z dars
mashg’ulotlarining mazmuniga ko’ra ulardan samarali foydalanmoqdalar.
5.6. Ta’lim metodlarini tanlash.
Ta’lim metodlarini tanlash birinchidan, darsda ko’zda tutilgan o’quv
maqsadlariga bog’liq. Masalan, darsning maqsadi yangi bilimlarni o’rganishdan
iborat bo’lsa, o’qituvchi bu bilimlarni o’zi bayon etadi yoki talabalarning kitob
bilan mustaqil ishlashini tashkil qiladi. Birinchi holda u turli xil narsalarni
ko’rsatish bilan qo’shib olib boriladigan hikoya, tushuntirish, ma’ruza yoki suhbat
usulidan foydalanishi mumkin. Agar darsda talabalarda amaliy ko’nikmalar hosil
qilinishi kerak bo’lsa, buning uchun mashq qilish usuli qo’llaniladi.
Ikkinchidan, o’rganiladigan fanning mazmum va darsning aniq materialiga
bog’liq bo’ladi. Masalan, «Tikuv buyumlari texnologiyasi» fanida o’rganish
kiyimga ishlov berishda bir xil usullar, ishlab chiqarish ta’limi darslarida esa
butunlay boshqa usullar qo’llaniladi. Ayrim hollarda o’rganilayotgan texnologik
jarayonlarni talabalar bevosita kuzatishlari mumkin. SHuning uchun o’qituvchi bu
kuzatishni tajribalarda yoki mehnat faoliyati jarayonida tashkil etadi. Agar ularni
bevosita kuzatish mumkin bo’lmasa, o’qituvchi turli xil ko’rsatmali qurollarni
namoyish qilishdan foydalanadi.
Uchinchidan, talabalarning ilgarigi tayyorgarlik darajasiga va shaxsiy
tajribasiga bog’liq. Agar yangi material talabalarga butunlay notanish bo’lsa,
o’qituvchi buni ko’rsatmali qurollar va tajribalarni ko’rsatish bilan qo’shib o’zi
bayon qiladi.
Nihoyat, to’rtinchidan, ma’lum bir o’qitish usulini tanlash asbob-uskunalar,
ko’rsatmali qurollar va o’quv jarayonining normal o’tishini ta’minlaydigan boshqa
shart-sharoitlarning borligiga, shuningdek, o’qituvchining tajribasi, ish uslubi va
shaxsiy sifatlariga bog’liq. O’qituvchining vazifasi-bu shart-sharoitlarni yaxshilash
hamda o’zining pedagogik mahoratini doimo takomillashtirib borishdan iborat.
Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
zamonaviy didaktikaning etakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va
rivojlantirishning umumiy maqsadlari;
o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga
xosligi;
xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik
metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi;
muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt;
ta’lim oluvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
ta’lim oluvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;
o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi,
jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;
o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy
tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi.
O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki,
ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish
metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq
echimlar qabul qiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
8. Ta’lim metodlari deganda nimani tushunasiz?
9. O’qish va o’qitish tushunchalarini izohlab bering?
10. Ta’lim metodlari qanday tasniflanadi?
11. Og’zaki ta’lim metodlarini qanday turlari mavjud?
12. Suhbat metodini o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
13. Og‘zaki bayon etishda o‘qituvchi nutq texnikasi qanday bo‘lishi kerak?
14. Ko’rgazmali metodlarni afzalliklarini tushuntirib bering?
15. Mashq nima?
16. Innovatsiya tushunchasiga ta’rif bering?
17. Ta’lim metodlarini tanlash qanday mezonlarga asoslanadi?
6. TA’LIM JARAYONIDA KO’RGAZMALI VOSITALARIDAN
FOYDALANISH METODIKASI
Do'stlaringiz bilan baham: |