So`g`d, So`g`diyona — Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o`z ichiga olgan tarixiy
o`lka. Dastlab eron shahanshohi Doriyning mixxatida (miloddan oldingi VI asr) tilga olingan.
Arab geograflari asarlarida, shu jumladan, Istaxriy asarining AGK, 1, 286, 288, 289, 295
va boshqa betlarida hamda O. I. Smirnova va nemis sharqshunosi I. Markvartlarning yozishicha,
«so`g`d» so`zi umumeron tillariga xos «sux» so`zidan olingan bo`lib, «yaltiramoq», «yonmoq»,
«nur sochmoq» degan ma`noni bildiradi. «Giyos al-lug`at» va boshqa qadimiy lug`atlarda suv
to`planib qoladigan pasttekislik «so`g`d» deyiladi. SHarqshunos V. L. Vyatkin keltirgan
ma`lumotlarga qaraganda maxalliy xalq sug`oriladigan, unumdor pastlik erlarni «sug`ud» deb
atagan. Tarixchi olima O. I. Smirnova «Katalog monet s gorodisha Pendjikent» degan asarida
sug`ud so`zi tojikcha «so`g`ud», ya`ni «sersuv obod joy» ma`nosini bildiradi, deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |