CHinoz — CHinoz tarixiy asarlarda ilk bor CHingizxon davrida, ya`ni O`rta Osiyoga
Mo`g`ul-tatarlar bostirib kirgan yili tilga olingan. Ba`zi bir tarixiy ma`lumotlarga qaraganda,
Sirdaryo etaklaridagi chin xalqi boyonining bir go`zal qizi bo`lgan va bu go`zal qizga juda ko`p
kishilar odam qo`ytan, lekin qiz ularni yoqtirmagan. Bir boyning o`g`li bu qizning xusnini ko`rib
hushini yo`qotgan va bu qiz haqiqatan ham CHin nozlik qiz ekan deydi. Balki shu tufayli
CHinoz deb atalgan bo`lsa kerak. Bundan tashqari, yana bir afsonada aytilishicha, CHingiz
Sirdaryo etaklaridagi xalqlar bilan bosqinchilik urushi olib borayotganda bu erdagi chin
qabilasidagi kishilar oz bo`lsa ham botir va qo`rqmas ekanligini aytgan. SHu tufayli CHinoz deb
atalgandir. Rashididdinning «Jomi` ut-tavorix» asarida chinos degan Mo`g`ul qabilasi
bo`lganligi eslatiladi, ehtimol Mo`g`ul-tatarlar bostirib kirib, shu erda chinos qabilasidan
tarqagan qabila bu joyda yashab qolgandir. Lekin bu hozircha aniqlangan emas, ba`zi bir
ma`lumotda chimi oz, dehqonchilik qilsa bo`ladi, ya`ni chim oz so`zidan olingan deyishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |