29
tentirab yurgani uchun ularning turmushi ancha qoloq, o`ylar ham omonat chaylalardan iborat
bo`lgan. Bu xil hali mustahkam o`rnashmagan dehqon va chorvadorlar madaniyati birinchi marta
Xorazmda o`sha Kaltaminor chaylasi yaqinlarida aniqlangani uchun «Toza bog`yop madaniyati»
deb atalgan. Qariyb shu xil madaniyat Moxondaryo xavzasida ham topildi. Moxondaryo
Zarafshon daryosining qurib qolgan bir irmog`i bo`lib, qorako`l rayonining shimolidagi cho`lda
uning (Moxondaryoning) izlari hali yo`qolib ketmagan va uning bo`ylarida o`sha ibtidoiy davr
qishloqlari va mozorlari mavjud. Bu joy professor YA. G`. G`ulomov tomonidan 1950 yildan
boshlab tekshirilgan. Bu joydagi qishloqlarning suv toshqinlari o`tgan
joylaridagi taqir ustida
juda ko`p chaylalar o`rni bo`lib, unda bino izlari ko`rinmaydi. Lekin idish, qurol va boshqa
narsalar ularning o`troq aholi bo`lganligidan darak beradi. Bunda ibtidoiy ochiq qishloqlar va
ularda teshdan, jezdan ishlangan qurollar, zeb-ziynat buyumlari shunchalik ko`pki, u joylarni
tekshirish kelgusida katta natijalar berishi mumkin.
Qorako`l shaharchasidan qariyb 15 km shimoli-g`arbda Zamonbobo ko`li bo`yida o`sha
davr aholisining katta qabristoni topilib tekshirildi. Mozorlarda o`liklarning oyoq-qo`lini bukib,
g`ujanak qilib, chap tomonga yonboshlatib ko`mganlar. SHu tariqadagi 41 ta mozor ochildi,
ulardan ba`zilarida er va xotin birga dafn etilgan. U zamonda ona urug`i davri bitib, ota urug`i
hukmron bo`lgan va erkakning xo`jalikdagi va oiladagi roli ortgan,
xotin unga xususiy mulk
qatori tobe bo`lib qolgan davr edi. SHuning uchun er o`lsa, xotinini ham o`ldirib birga ko`mish
odat bo`lgan.
Mozorlarda idishlar, o`qlar, zeb-ziynat buyumlari, ba`zi qurollar, hatto jez oynalar
o`likning yoniga qo`yilgan. Lahad qilib ko`mish o`sha vaqtda amalda bo`lgan. SHunga yaqin bir
joydan topilgan ikkinchi bir qabristonda ham o`liklarni yuqoridagiday g`ujanak qilib ko`mganlar.
Topilgan suyaklar yonida jez isirg`alar, qimmatbaho toshlardan marjonlar, jez bilakuzuklar
topilgan.
Bu joydagi qishloqlar atrofida ekin erlari bo`lgani, toshqinlarni birlashtiruvchi
kichik
ariqlar
qazilganligi aniqlandi. Bu erlarda janubiy Turkmaniston tepalaridagi singari bo`yoqli
sopol idishlar ishlab chiqarishni bilganlar, kulollik charxi ishlatilgan, sug`orib dehqonchilik
qilish vujudga kelgan.
Namangan viloyati CHust shaharchasi yonidagi «Buvana mozor» degan joyda ham
shunday qishloq topilgan. U erdagi aholi atrofdagi buloq Suvlaridan foydalanib, dehqonchilik
qilib, o`troq holda qishloq-qishloq bo`lib yashaganlar. CHustliklarning sopol idishlari
Turkmaniston o`troq dehqonlariniki singari bo`yoqli, xilma-xildir. Jezdan quyma buyumlar ko`p
ishlatganlar. Xom g`ishtlardan erto`la uylar qurib yashaganlar. Bu qishloq
aholisi bundan qariyb
300 ming yil muqaddam, temir davriga ko`chishda ham o`sha joyda kun kechirganlar.
Xuddi shunday qishloq Andijon viloyati Qo`rg`ontepa rayonidagi Dalvarzintepada ham
topilgan. Bularning har ikkisi ham bir xil bo`lib, bu ahvol jez davrida Farg`ona soylari suvidan
foydalanib dehqonchilik qiluvchi o`troq dehqonlar qishlog`i ko`p bo`lgan, degan xulosani
chiqarishga imkon beradi.
Jez davrida bunday obod bo`lgan Xorazm, Moxondaryo rayonlari, CHust, Dalvarzin
va
Kuchuktepada olib
borilgan arxeologiyaga oid qazishmalardan shu ma`lum bo`ldiki,
CHust madaniyatini yaratgan qadimgi dehqonlar atrofi devorlar bilan o`ralgan mustahkam
qishloqlarda paxsa yoki xom g`ishtlardan qurilgan uylarda yashaganlar. Masalan, qadimgi CHust
qishlog`i xarobasida uzunligi 286 metr, eni 2—3 metr va balandligi 1,5 metrcha keladigan tashqi
devor qoldiqlari ochildi. SHunday devor qoldiqlari Dalvarzinda ham 200 metr masofada topilib,
uning eni 4,6 metr, balandligi 2,5 metr keladi. Dalvarzintepada atrofi devor bilan o`ralgan ark
xarobasi topilib, devorining uzunligi 130 metrga va balandligi 2,5 metrga teng.
Dalvarzintepaning sharqiy qismida hatto 80 m masofada eni 4 mli tosh yo`l ochildi. Bulardan
tashqari, bu erda bir necha to`rt burchakli paxsa devorli uylar ham topildi.
Dalvarzinda topilgan 900 ga yaqin tosh o`roq, CHustdan topilgan tosh va jez o`roq, 415
tosh yorg`uchoq, don uchun kovlangan 17 ta o`ra hamda kuyib ko`mirga aylangan arpa,
bug`doy, tariq, suli donlari va boshqa ashyolar qadimgi dalvarzinliklar va chustliklar asosan
dehqonchilik bilan shug`ullanganligini ko`rsatadi. Arxeologiyaga oid topilmalar: suyakdan
30
yasalgan moki, qadoq toshlar, urchuqlar, jez igna va bigizlarga qarab hukm qilganda, aholining
turmushida to`quvchilik
va tikuvchilik ham
ma`lum rol’ o`ynaganligini ko`ramiz.
CHustliklarda hdm, dalvarzinliklarda ham mahalliy degrezlik va miskarlik ancha taraqqiy qilgan.
CHunki bu yodgorliklardan juda ko`p metall buyumlar: jez, o`roq, pona, pichoq, kamon
o`qlarining paykonlari, nayza uchlari, zeb-ziynatlar, jez oynalar, bilaguzuklar, isirg`alar,
cho`lpilar, munchoqlar hamda turli xil jez buyumlar qo`yiladigan tosh qoliplar, shuningdek,
degrezlik qo`rasining qoldiqlari topilganligi buning yaqqol dalilidir. CHust madaniyatiga
mansub yodgorliklardan topilgan guldor sopol buyumlar kulolchilikning ham ancha rivoj
topganligidan guvohlik beradi. Sopol idishlar shakli xilma-xil, ular asosan tovoq, ko`za va
xumcha, tuvak, qozon va ko`pgina boshqa xil idishlardan iborat. Sopol idishlarning sirtiga qizil
bo`yoq berilib sayqallangan. Ularning bir qismi qora bo`yoqdan turli xildagi geometrik chiziqlar
bilan naqshlangan. Agarda CHust madaniyatiga mansub yodgorliklarda chiqqan
topilmalar
yuqorida qayd etilgan chorvador qabilalarga mansub moddiy madaniyat qoldiqlari bilan
solishtirilsa, bronza davrida o`troq dehqonchilik bilan shug`ullangan aholining madaniy jihatdan
chorvador qabilalarga nisbatan ancha ustunligi ma`lum bo`ladi.
Demak, jez davrida xalq o`zi ekin ekib, o`z qo`lida hayvonlarni urchitib tirikchilik
o`tkazish yo`liga o`tgan. Bu narsa jamiyat tarixida juda katta iqtisodiy va
ijtimoiy burilish edi.
Erga ekin ekish, qo`sh qo`shish kabi asosiy xo`jalik ishlari faqat erkaklarning qo`lidan keladigan
ish bo`lib, bu narsa erning, ya`ni otaning oilada hukmronlik holatini mustahkamlaydi. Ona o`z
urug`idan ajralib, erning urug`iga o`tadi. Bola otaniki hisoblanib, merosni ham otadan oladi.
Hozirgi zamon dehqonchiligi va chorvachiligining asosi o`sha jez davrida, taxminan
hozirgi zamonamizdan 4000 yillar avval vujudga kelgan. Misr, Iroq,
Janubiy Turkmaniston kabi
mamlakatlarda undan ham ilgariroq vujudga kelgan.
Bundan keyin jamiyat vohalarda o`troq dehqonlarga, dasht va tog`larda esa ko`chmanchi
chorvadorlarga ajraladi. CHorvasi ko`payganlar o`tloq izlab, molini haydab, joydan-joyga
qo`chib yurishga majbur bo`lib qoladi. Xullas, Farg`ona, Surxondaryo vodiylarida so`nggi
bronza davriga mansub atrofi mudofaa devorlari bilan o`ralib, mustahkamlangan qishloqlar
xarobalarini topib tekshirish bronza davrida o`troq dehqonlar yaratgan madaniyatni o`rganishda
juda boy va qimmatli materiallar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: