13
Turkiston o`lkasida tug`ilib o`sgan kishilardan ancha-munchalari foydali qazilmalar topish
va ularni tavsiflash, qadimgi zamon yodgorliklarini qidirib
topish va shu kabi ishlarda
qatnashdilar.
XX asr boshlarida ham Turkistondagi ilmiy jamiyatlar o`z faoliyatini davom ettirdi. Rus
geografiya jamiyatining Turkiston bo`limi o`lkani tabiiy-tarixiy jihatdan o`rganish, uning
o`simlik va hayvonot dunyosini, iqlimini tadqiq etish borasida kattagina ishlar qildi. Jamiyat
bo`limi tomonidan, olib borilgan ishlar orasida L.S.Bergning (1876—1950) tadqiqotlari katta
o`rin tutadi. U 1899—1903 yillar ichida O`rta Osiyoning eng katta suv havzalari — Orol dengizi
bilan Balxash ko`lini tadqiq qilib chiqdi. 1908 yilda L. S. Bergning «Orol dengizi» degan
monografiyasi bosildi. Unda bu katta ko`lni xdr taraflama o`rganish natijalari bayon qilingan va
ulardan xulosalar chiqarilgan. L.S.Berg asarida suv rejimi o`zgarishi va dengiz sathi o`zgarib
turishi munosabati bilan Amudaryo va Orolbo`yi sohillariga aholi joylashtirilishiga oid boy
tarixiy ma`lumsuglar berilgan.
Jamiyat bo`limi Turkiston muzliklarini o`rganish sohasida katta ishlar olib bordi.
G.B.Leonov Talas Olatovi muzliklarini, N.L.Korjenevskiy Seldara va qorasel muzliklarini tadqiq
qildi (bulardan birinchisiga Fedchenko nomi, ikkinchisiga Mushketov nomi berilgan), V. G.
Gorodetskiy Zailiy Olatov muzliklarini tadqiq qildi.
V.F.Oshanin o`lka hayvonot dunyosini tadqiq qylishni davom ettirdi; N. A. Zarudniy
Turkiston parrandalarini o`rgandi; B. A. Fedchenko va uning onasi O. A. Fedchenko o`lkaning
o`simlik dunyosini tadqiq qildi. Bu ishlar natijasida jamiyat bo`limining asarlarida o`simlik va
hayvonot dunyosining 80 xil yangi urug`, tur va kichik turlarini ta`riflovchi ma`lumotlar e`don
qilindi.)
B. A. Fedchenkoning 1915 yilda e`lon qilingan «Turkiston o`simliklari» degan
asarida
O`rta Osiyoda ma`lum bo`lgan 5030 dan ko`proq o`simlik xillari ko`rsatib o`tilgan.
Turkistonda bo`lgan zilzilalarni B. YA. Korolenko, G. B. Leonov va boshqalar o`rgangan.
(SHarqshunoslik jamiyati Toshkent bo`limining faoliyati (1901 — 1913) ham diqqatga
sazovordir. Bu bo`lim tashabbusi bilan o`lkada tub joy aholining rus tilini o`rganishi uchun bepul
kechki kurslar tashkil qilingan. Bu kurslarda hunarmand-kosiblar va shahar aholisining quyi
tabaqasidan bo`lgan boshqa kishilar o`qigan)
1906 yilda jamiyat bo`limi S
l
M. Solov’yovning «Boshlang`ich o`qish uchun rus
solnomasi»ni nashr qildi, buni o`zbek tiliga N. S. Likoshin tarjima qilgandi. Bu asar 2700
nusxada bo`lib, rus-tuzem maktablariga bepul tarqatildi. Bunda, albatta, umumiy ta`lim
maqsadigina emas, shu bilan birga, siyosiy maqsadlar ham ko`zda tutilgan edi. Toshkentda
sharqshunoslik o`quv yurti ochish yo`lida qilingan xdrakatlardan natija chiqmadi.
1907 yilda bibliograf I. V. Dmitrovskiy rahbarligi ostida «Turkiston to`plami»ni tuzish
ishlari yangidan boshlandi. 1917 yilga qadar to`plam jildlarining soni 394 ga etkazilgan edi
(hozir to`plam Alisher Navoiy nomli O`zbekiston Davlat xalq kutubxonasida saqlanadi
1
).
YUqorida ko`rsatib o`tilganidek, bu to`plam juda hdm qimmatli va nodir yodgorlik hisoblanadi.
Unda 1952 yilda Mosqvadagi Davlat xalq kutubxonasida «Turkiston to`plami»ning yana
29 jildi topildi.
O`rta Osiyo va unga qo`shni bo`lgan
SHarq mamlakatlarining tarixi, arxeologiyasi,
etnografiyasi, adabiyoti, iqtisodiyoti, madaniyat tarixi va boshqa masalalariga oid keng
ma`lumotlar bor.
O`rta Osiyo tarixi va arxeologiyasi XX asr boshidan chuqurroq tekshirila boshlandi. Bunda
birinchi va rahbarlik o`rnida, shubhasiz, g`oyat bilimdon olim, mashhur sharqshunos akademik
V. V. Bartol’d (1869-1930) turgan edi. U sharq tillarini yaxshi bilganidan xamisha uning ilmiy
faoliyati markazida turgan.
O`rta Osiyo tarixinigina emas, shu bilan birga, butun «musulmonlar SHarqi» tarixiga ham
oid juda ko`p birinchi manbalarni puxta o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Uning «Turkiston Mo`g`ullar xuruji davrida»"(1898 — 1900 yillar) singari
asarlari puxta
to`plangan, tadqiq qilingan, asl nusxali ma`lumotlarga boyligi jihatidan O`rta Osiyoning
o`tmishini o`rganishda fanga qo`shilgan g`oyat katta hissadir. V. V. Bartol’dning «Ulug`bek va
14
uning zamoni», «Turkistonning sug`orish tarixiga doir» nomli asarlari va boshqa ko`p kitob,
maqola, tadqiqot va mulohazalari g`oyat qimmatli va o`z axamiyatini yo`qotmagan asarlardir. V.
V. Bartol’dda katta tashkilotchilik qobiliyati ham bor edi. Darhaqiqat, O`rta Osiyoning tarixi va
arxeologiyasini o`rganish sohasidagi biron kattaroq tadbir V. V. Bartol’d ishtirokisiz bo`lmagan.
Polkovnik A. G. Serebrennikov to`plagan O`rta Osiyoni zabt etish tarixiga oid 70 ta katta-
katta jilddan iborat ma`lumotlar O`rta Osiyoning 1839 yildan 1876 yilgacha o`tgan davr tarixini
o`rganishda ma`lum darajada qiziqarli manbadir. Bular Peterburg, Moskva, Orenburg, Tiflis
va Omsk arxiv ma`lumotlari asosida tanlab olingan. Bulardan faqat 14 jildi nashr qilingan,
xolos.
Mahalliy arxeologlardan V. L. Vyatkinning (1869 — 1932) ishlari diqqatga sazovordir. Bu
olim 1908 yilda Samarqanddagi mashhur Ulug`bek rasadxonasining qoldiqlarini ochdi,
Samarqand yodgorliklarini o`rganish va saqlash bilan shug`ullandi, qadimgi Afrosiyob qo`rg`oni
va uning atroflarini tadqiq qildi.
V V. Bartol’d o`zining 1894 yilda bosilib chiqqan «Turkistonda arxeologik
tadqiqotlar
masalasiga doir» kitobida o`lkani jiddiy ravishda o`rganish hali oldimizda turibdi, bu ishda bosh
rolni mahalliy ilmiy kuchlar o`ynamog`i lozim, degan edi. Uning taklifi bilan 1895 yili oktyabr’
oyida Turkiston arxeologiya xavaskorlari to`garagi va uning nizomi tasdiqlandi. Nizomda
jumladan shunday deyilgan edi:
1.
Turkiston o`lkasidagi qadimgi yodgorliklarni o`rganish;
a) ularni ta`riflab, o`lkaning arxeologik xaritasida aks ettirish;
b) arxeologik yodgorliklarni saqlash;
v) hudud egalarining ruxsaty bilan undagi arxeologik yodgorliklarni qazish;
g) arxeologik materiallarni nashrga tayyorlash.
2. To`garak faxriy va xdqiqiy a`zolardan hamda hamkor (xodim)lardan
tuziladi.
3. To`garakning hdqiqiy va hamkorlik a`zoligiga mahalliy arxeologiya masalalari bilan
qiziquvchi, unga a`zolik badallarini to`lab turuvchi har bir kishy saylana oladi.
Saylanuvchilarning unvoniga, kelib chiqishiga, millatiga va jinsiga qaralmaydi.
4. Haqiqiy a`zolar o`z ichidan bir yil muddatga boshqarma saylaydi. Boshqarma rais,
kotib va xazinachidan iborat bo`ladi.
5. Boshqarma to`garakdagi ishlarni olib boradi,
qaysi yodgorlikni qazish, tadqiq qilish
kerakligini aniqlaydi, mahalliy idoralar va Rossiya arxeologiya komissiyasi bilan aloqa ishlarini
olib boradi va hokazo.
6. To`garakning umumiy majlislariga har bir qiziquvchi kishi qatnasha oladi.
7. To`garakning bo`limlarini boshqa shaharlarda ham ochish mumkin.
8. To`garak mablag`i xdqiqiy a`zolar, hamkorlar to`laydigan badallardan hamda
arxeologiya havaskorlari tomonidan beriladigan hadyalardan tashkil topadi.
To`garakka Turkiston general-gubernatori baron B. A. Vrevskiy faxriy rais qilib
saylangandi. To`garakning 108 a`zosi bo`lib, bular ichida V. V. Bartol’d, D. M. Levshin, N. S.
Likoshin, K. V. Aristov, V. F. Oshanin va boshqa mashhur kishilar hdm bor edi. To`garakda
ilg`or kayfiyatdagi rus ziyolilarining ta`siri kuchli edi. Ular O`rta Osiyo tarixi va qadimgi
yodgorliklarga hurmat bilan qarab, jiddiy ilmiy-tekshirish ishlarini jonlantirib yuborgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: