Dars o`tish uslubi: o`qituvchi materialni bayon qilishda suhbat usulidan foydalanadi,
o`quvchilarni ijodiy izlanishga undaydi, toponimik materallarni topib, ularning ma`nosini
mustaqil echishga o`rgatadi.
Suhbat uchun savollar: 1. Arablar hukmronligining qulashiga asosiy sabab nima? 2.
Somoniylar davlati qachon tashkil topdi va unga kim asos soldi? 3. Xo`jalikning yuksalishiga
nima sabab bo`ldi? Qanday feodal sha^arlarni bilasiz?
YAngi mavzuning konspekti. VIII asr oxiri — IX asr boshlarida xalifalik og`ir siyosiy
tanglikka uchradi. Bo`ysundirilgan xalqlarni itoatda tutish arab xalifalari uchun tobora qiyin
bo`lib qoldi. O`rta Osiyo xalqlarining tez-tez qo`zg`olon ko`tarib turishi, xalfalikning o`z
ichidagi feodal urushlar arab xalifaligini zaiflashtirib qo`ydi va mustaqil mahalliy davlatlarning
paydo bo`lishiga olib keldi. Xalifaning Xurosondagi noibi Tohir ibn Husayn (u mahalliy oqsuyak
er egalari orasidan chiqqan) 821 yilda o`zini mustaqil hokim deb e`lon qildi. SHu tariqa
Tohiriylar sulolasi (821 —873) ga asos solindi va bu sulola Xurosonda yarim asrdan ko`proq
hukm surdi. Tohiriylar davrida O`rta Osiyoning ayrim viloyatlarini 819 yildan boshlab Somon
xonadonining avlodlari — Somoniylar idora qila boshladi. Bir vaqtlar Somoniylar xalifalikka
qarshi ko`tarilgan xavfli qo`zg`olonni bartaraf etishda xalifaga yordam bergan edilar, o`sha
qo`zg`olon Samarqandda boshlanib, butun O`rta Osiyoga yoyilgan edi.
Tohiriylar sulolasining xalqqa qilgan jabr-zulmi mehnatkashlarni qo`zg`olon ko`tarishga
majbur etdi. Qo`zg`olonga shahar hunarmandlaridan misgarlar (safforiylar) boshchilik qildi. 837
yilda Tohiriylar ag`darilib, Xurosonda Safforiylar davlati barpo qilindi. Buxoro Safforiylarga
tobe bo`lishni istamadi. U somoniylarga murojaat etib, Buxoroni o`z qo`l ostiga olishni iltimos
qildi. Nasr Somoniy 875 yilda ukasi Ismoilni Buxoroga hokim qilib yubordi.
«Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o`z qo`l ostida kuchli davlat qilib birlashtirdi.
Xurosondagi Safforiylar davlatiga barham berdi va bu o`lkani o`z davlatiga qo`shib oldi. Ismoil
Somoniy zamonida bu davlat har tomonlama kuchaydi. SHunday qilib, IX asr oxirlarida O`rta
Osiyo arablar istibdodidan tamoman xalos bo`ldi. Poytaxti Buxoro bo`lgan mustaqil feodal
davlat tashkil topdi va bu davlatni Somoniylar sulolasidan bo`lgan amirlar X asrning oxirlariga
qadar idora qilib keldi.
Arablar hukmronligi davrida mehnatkash kadovarlarni arablar va mahalliy feodallar talab
keldilar. Aholidan turli soliq va jarimalar undirib olish uchun xalq ommasi xonavayron qilindi.
SHahdrlar vayron bo`lib, huvillab qoldi. Mamlakat xo`jaligi orqaga ketdi. Xonavayron bo`lgan
ming-minglab kadovarlar shaharlarda ish qidirib yurardilar. Lekin mamlakat arab istilochilari
hukmronligidan xalos bo`lgandan keyin har holda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi
uchun imkon tug`ildi. YAngi-yangi kanallar, to`g`onlar, suv omborlari qurilib, minglab gektar
erlar o`zlashtirildi, mamlakat chegaralari mustahkamlandi, dehqonchilik va hunarmandchilik:
degrezlik, miskarlik, temirchilik, kulolchilik, to`qimachilik, shuningdek, konchilik ancha
rivojlandi. YAqin SHarq mamlakatlari, Rus davlati, xazarlar, Volgabo`yi bulg`orlari hamda
Xitoy bilan savdo-sotiq ishlari olib borildi.
Bu davrda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Urganch, Kesh (SHahrisabz), Marv va boshqa
shaharlar xo`jalik va madaniyatning yirik markazlariga aylandi. SHahar mahdllalarining
73
markaziy qismida hukmdorlar xonadoni a`zolari xamda boy savdogarlar, ruhoniylar va boshqa
oqsuyaklar xashamatli hovli-joylar qurdilar, podsholikning qurol-yarog`, asbob, egar-jabduq
ishlab chiqaradigan maxsus ustaxonalari tashkil topdi. SHaharlarning qiyofasi o`zgarib bordi:
yangi imoratlar, hukumat idoralari, katta ustaxonalar, karvonsaroylar, machit, madrasa va boshqa
binolar qurildi. Hunarmandchilik do`konlari, savdo rastalari ko`paya boshladi. SHaharlarga atrof
qishloqlardan kosiblar, savdogarlar va boshqalar kelib joylashdi.
O`rta asr shaharlari uch qismdan iborat edi: shaxar markazidagi o`rda (ark), uning
tevaragini o`rab olgan ichki shahar (shahriston) xamda tashqi shahar (rabotlar)dan tashkil topgan
edi. Bir qancha rabotlar tez orada kattalashib, obod joyga aylandi. Rabotlarda katta-katta
imoratlar qad ko`tardi, bozorlar va hunarmand-kosiblar mahallalari paydo bo`ldi. Bu erda
zargarlar, sarroflar, to`quvchilar, kulollar, shishagarlar va boshqa shu singari kosib-
hunarmandlarning uylari va do`konlari joylashgan edi.
SHaharlar bilan bir qatorda qishloqlar ham mamlakatning iqtisodiy hayotida katta rol’
o`ynaydigan bo`lib qoldi. Movarounnaxr va Xorazm vohalaridagi ko`pgina qishloqlar
to`qimachilik, kulolchilik miskarlik, duradgorlik va boshqa xil hunarmandchilikda muhim o`rin
e
galladilar. CHunonchi, Buxoro viloyatidagi hozirgi Zandona qishlog`i Somoniylar zamonida
«zandonacha» deb atalgan ip gazlamasi bilan O`rta Osiyoda va ko`pgina xorijiy mamlakatlarda
nom chiqargan edi. Har ikki o`lkaning, ya`ni Movarounnahr bilan Xorazmning qishloq va
shaharlarida sirlangan sopol idishlar, chiroyli va nozik qilib ishlangan shisha idishlar yasaldi.
Mamlakatning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi ichki va tashqi savdoning kengayishiga olib
keldi. Paxtadan yigirilgan ip va to`qilgan gazlamalar, kunjut va chigit moyi, mayiz, o`rik va
boshqa quruq mevalar uzoq mamlakatlarga olib ketilar edi. Dashti qipchoq, Janubiy Sibir’ va
Mo`g`ulistondagi ko`chmanchi chorvadorlarga egar-jabduq, kiyim-kechak, o`q-yoy, qilich,
bo`yoq zargarlik buyumlari, dori-darmon, idish-asbob va boshqa narsalarni etkazib berishda
Movarounnahr asosiy rol’ o`ynaydigan bo`ldi.
Farg`onaning hunarmandchilik mahsulotlari — egar-jabduq, kiyim-kechak, shisha va
sopoldan yasalgan nozik buyumlar, mevalar va G`arb mamlakatlaridan keltiriladigan zeb-ziynat
buyumlari, qurol-yarog`lar o`sh va o`zgan shaharlari va tog` dovonlari orqali Koshg`arga, undan
Xitoyga olib borilardi. Movarounnahr bozorlari orqali YAqin va o`rta mamlakatlariga ipak,
kumush, teri, jun, qo`y, qoramol, tuya kigiz, asal, turli xil mo`ynalar olib borilardi.
Xorazmdan Ustyurt va Dashti qipchoqning g`arbiy rayonlari orqali Volga bo`yiga, undan
Novgorodga boriladigan karvon yo`lida quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilingan
edi. Volganing yuqori oqimidagi Bulg`or va quyi oqimidagi Hazar davlatlariga hamda Rusga
Xorazm orqali O`rta Osiyodan guruch, quruq meva, paxta va jundan to`qilgan kiyimlar,
shirinliklar, gilam va shu kabi narsalar, Xitoy, Hindiston, eron, Turkiya, Iroq, Afg`oniston va
boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan mollar chiqarilar edi. Bulg`or va Xozar davlatlaridan
esa O`rta Osiyoga po`stinbop qimmatbaho terilar, mum, o`q-yoy, baliq elimi, kastorka moyi,
bulg`ori charm, qarchig`ay, qo`y, sigir, asal, baliq va boshqa mollar olib kelinar edi. O`rta
Osiyoda ishlangan va chet davlatlardan keltirilgan hunarmandchilik mollarining ko`p qismi O`rta
Osiyo shaharlaridagi bozorlarda sotilardi. Savdo muomalasida Tohiriylar va Somoniylarning
kumush dirhamlari yuritilar edi.
Somoniylar davrida ariq ochish, suv omborlari va to`g`onlar qurish, qal`alar va mudofaa
inshootlari qurish kabi katta qurilishlar avj oldirilishi munosabati bilan mexnatkash aholining
ahvoli yanada og`irlashdi. Bunday qurilishlarda har xonadondan bir kishi yiliga bir necha oy
hasharchi sifatida safarbar etilib, tekinga ishlab berishga majbur edi. Masalan, Buxoro vohasini
ko`chmanchi qabilalarning talonchilik xurujlaridan mudofaa etish uchun shu voha atrofi 783 —
831 yillarda baland devor bilan o`rab olindi. Bu inshoot «Devori kampirak» nomi bilan mashhur
bo`lib, qariyb 400 km uzunlikda bo`lgan va uni qurishda ko`p ming hasharchi 49 yil mehnat
qilgan. Uning qoldiqlari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. SHunga o`xshash uzun mudofaa
devorlari VIII asrda Samarqand va Toshkent vohalarining atrofida ham bino qilingan.
Mehnatkash xalqni shafqatsiz ezish va jabr-zulm o`tkazish pirovardida xalqning sabr
kosasini to`ldirgan. Xalq milliy zulmga chiday olmay g`alayon ko`tara boshlagan. Masalan, 961
74
yilda Buxoroda novvoy Abubakir rahbarligida xalq qo`zg`oloni bo`ladi. Bu qo`zg`olonda shaxar
kambag`allari bilan birga dehqonlar ham ishtirok etadi. Qo`zg`olonchilar Somoniylar hukmdori
amir Abdulmalikning saroyini talab, unga o`t qo`yib ketadilar.
Xalq qo`zg`olonlari garchi engilgan bo`lsa xam, lekin mazlum xalqning mustabidlarga
qarshi kurashida muhim o`rin tutdi. Bu qo`zg`olonlar feodal tuzum negiziga bolta urdi.
Feodal zulmning kuchayishi, shahar va qishloqlardagi mehnatkash omma turmushining
nihoyatda yomonlashuvi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudratiga putur etkazdi. Davlatning
mustahkam emasligi, feodallarning markaziy hokimiyatga qarshi kurash olib borishi natijasida
Somoniylar davlati ancha zaiflashdi. Bu davlat Qoraxoniylar qo`li ostida birlashgan ko`chmanchi
turkiy qabilalarning zarbasiga bardosh bera olmadi.
Mavzu batafsil bayon qilingach, yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarning javoblari
umumlashtirilgandan so`ng o`qituvchi ularning diqqatini feodal shaharlar va ular nomlarining
kelib chiqish tarixiga jalb etadi. Masalan, «Buxoro shahrining arxitektura yodgorliklari» tarixini
quyidagicha bayon etish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |