Bog`iston — Toshkent viloyati Bo`stonliq rayonidagi qishloq Hoja Ubaydulloh, Ahrorning
qishlog`i, u shu qishloqda tavallud topgan (1404—1490) H. Hasanov Bug`uston, ya`ni «Bug`uli
er» deb izohlaydi. V. V. Bartol’d «Eronning tarixiy-geografik ocherki” asarida Bog`iston degan
joyni «Xudo vatani» deb tarjima qilgan. (Islom dinidan oldin bog` so`zi eron tillarida «xudo»
ma`nosini anglatgan, bu so`zning fog` (fug`) variantlari ham bo`lgan.) Bu toponim «bog`lar
o`lkasi» degan ma`noda ham bo`lishi mumkin. Profes-sor I. P. Petrushevskiy bog`iston so`zini
ana shunday izohlagan. Bog`iston qishlog`ida tashkil topgan birinchi jamoa xo`jaligiga rais
bo`lgan hurmatli Sotiboldieva Zinnat opaning fikricha, Bog`iston «Bog`i bo`ston» degan so`zdan
kelib chiqqan bo`lishi kerak.
Burchmulla — Toshkent viloyati Bo`stonliq rayonidagi qishloq. Ba`zi birovlar Ko`ksuv
bilan CHotqol suvlari qo`shilgan burchakda bir mulla o`tirgan ekan, shuning uchun ham
Burchmulla, ya`ni mullaning burchi (burchagi) deb atalgan, deyishadi. Aslida bu nomning
«mulla» so`ziga hech qanday aloqasi yo`q. Ikkala so`z —mulla, burch (burj) so`zlari ham minora
degan ma`noni anglatadi.
Gazarma — Toshkent viloyat Burchmulla yaqinidagi qishloq (joy). XX asr boshlarida bu
erda mis koni ishga tushirilib, konda ishlaydigan rus soldatlari uchun Piskom tizmasi
yonbag`irlarida Ko`ksuvdan ancha balandlikda kazarmalar qurilgan. Keyinchalik kon ishlatilmay
qoladi, lekin kazarma so`zi Gazarma shaklida joy nomi sifatida saqlanib qolgan.
Degrezlik — Toshkentning qadimgi mahallalaridan biri. Bozorga yaqin, Xadra maydonida
joylashgan. Toshkent qayta qurilgandan keyin Degrez mahallasining ko`p qismi buzilib ketdi. Bu
erda hozir fontan, tsirk va bir qancha imoratlar qurilib ketgan. Deg(dek) qozon, degrez — qozon
quyuvchilar, cho`yan quyuvchi degan so`z. Mahalla aholisining asosiy kasbi cho`yan, jez, abjush
— etti qotishma quyish bo`lgan.
Oqtepa — bu so`z «dehqon» so`zi bilan bevosita aloqador. Dehqon atamasi V — VI
asrlarda paydo bo`lgan. Dehqon ilk o`rta asrlarda yirik er egasi bo`lgan. Bu tabaqa to XI — XII
asrlargacha mamlakatda hukmron sinf bo`lib kelgan. XII asrdan so`ng dehqon atamasi oddiy
qishloq mehnatkashlari, degan ma`noni oladi. Odatda feodal dehqonlar to`g`on boshida, atrofi
devor va handaqlar bilan to`silgan mustahkam qo`rg`onlarda yashaganlar. Bunday qo`rg`onlar
davrlar o`tishi bilan vayron bo`lib, xarobalarga aylanib qolgan. Bu xarobalar hozirgi vaqtda
«oqtepalar» deb yuritiladi. Masalan, Toshkent shaharida mana shunday 8 ta Oqtepa mavjud.
Do`rmon — Do`rmon, Do`rmoncha, YUqori DO`rmon degan nomlar Toshkent voxasida
juda ko`p uchraydi. Bu so`z Mo`g`ul urug`laridan birining nomi bo`lib, ma`nosi Mo`g`ul tilida
«to`rt» demakdir. Bu so`zni ba`zi kishilarning, olimlarning afsonaviy qahramon Durmon bahodir
nomidan olingan deyishlari to`g`ri emasdir.
Jahonobod — Toshkent viloyati Qibray rayonidagi bir qishloq.Ilgarigi nomi Nanay. 1966
yilda O`zbekistonda yangi hokimiyatni o`rnatish va mustahkamlash uchun kurashda faol ishtirok
etgan Jahon Obidova nomiga qo`yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |