O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Qadimgi Sharqdagi dastlabki estetik tasavvurlar



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Qadimgi Sharqdagi dastlabki estetik tasavvurlar 
Shumer va Bobil. Shumer insoniyat tarixidagi hozirgacha bizga ma‘lum bo‘lgan ilk qudratli davlat bo‘lgan. 
SHubhasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning qudrati uning madaniyatida, fuqarolarining badiiy- 
estetik  darajasida  hamda  badiiy-estetik  faoliyatida  namoyon  bo‘lgan.  Shumerliklar  birinchi  bo‘lib  yozuvni  kashf 
etdilar va  giltaxtachalarga  qamish qalamlar bilan ilk rivoyatlarni,  ilk  nasihatlarni  yozib  qoldirdilar. SHuni alohida 
ta‘kidlash joizki,  hech bir qadimgi  madaniyatdan bizning  davrimizgacha  bu qadar ko‘p sonli  yozma  hujjatlar etib 
kelgan  emas.  San‘at  namunalarining  ko‘pligi  jihatidan  Somirni  ancha  orqada  qoldiradigan  Misr  madaniyati  ham 


yozma  yodgorliklar  borasida  Somirga  yon  beradi.  Chunki    misrliklar  yozib  qoldirgan  minglab  papiruslar  chirib, 
yonib,  yo‘qolib  ketgan,  shumerliklarning  giltaxtalardagi  yozuvlari  esa  saqlanib  qolgan,  hozir  ham  ularni  qumlar 
ostidan topib, sharhlash davom etmoqda.  
Qadimgi  Somirdagi  dastlabki  estetik  g‘oyalar  haqida  gap  ketganda,  eng  avvalo  undagi  tasviriy 
san‘atning  ilk  namunalariga to‘xtalib o‘tish joiz. Qadimgi  Shumer  tasviriy  san‘ati asosan  muhrlar,  idish -
tovoqlardagi  rasmlar  va  releflardagi  tasvirlardan  iborat.  Bular   orasidagi  eng  qadimiysi  va  bizgacha  ko‘p 
miqdorda  etib  kelgani  muhrlardir.  Ilk  sulolalar  davridayoq  Somirda  tosh  o‘ymakorligining  badiiy -estetik 
tamoyillari  ishlab  chiqilgan  va  mustahkamlangan,  sayqal  berish  texnikasi  mukammallasha  boshlagan. 
SHuning  uchun  ularga  faqat  moddiy  madaniyat  namunalari  emas,  balki  san‘at  yodgorliklari  sifatida  ham 
qarash  maqsadga  muvofiq.  Shumer  muhrlariga  razm  solgan  har  bir  inson  ularda  asotir  yoki  xalq  og‘zaki 
ijodiga doir  syujetning  ifodasini  ko‘radi: qanotli ajdaholarning  u stida turgan erkak bilan ayol, etti boshli 
ajdahoni  o‘ldirayotgan  pahlavon,  xayoliy  mavjudotlar  –  qush-odam  va  odam-arslon  ustidan  olib 
borilayotgan  sud  va  boshqa  tasvirlar  shular  jumlasidandir.  Qisqasi,  ularda  go‘zallik  va  xunuklik, 
ulug‘vorlik va tubanlik, xayoliylik va mo‘‘jizaviylik haqidagi dastlabki tasavvurlarni ilg‘ash qiyin emas.  
Shumerliklarning  falsafiy-estetik  qarashlariga  kelsak,  ularda  falsafiy-kosmologik  yoxud  ilohiyotga,  yoxud 
nafosatshunoslikka  bag‘ishlangan  risolalar  qabilidagi  maxsus  adabiy  shakllar  bo‘lgan  emas.  Bunday  qarashlarni 
(albatta  ibtidoiy  holda)  bizgacha  to‘liq  yoki  qisman  etib  kelgan  asotirlarda  uchratish  mumkin.  Shumerliklardagi 
estetik tasavvurning paydo bo‘lishi va, umuman, nafosatli tafakkurning kelib chiqishi asotirnomaga  (mifologiyaga) 
borib  taqaladi.  Ma‘lumki,  qadimgi  odam  oldida  turgan  turli  xil  masalalardan  biri  estetik  tabiatga  ega  bo‘lish 
muammosi edi. Bu muammoni o‘ziga xos tarzda hal etish uchun u dastlabki usul – mifologiyadan foydalandi. SHu 
bois asotirlarni inson yaratgan ilk nafosat konstepstiyasi,  falsafiy umumlashma deb atash mumkin; faqat u nazariy 
emas,  balki badiiy, timsoliy shaklda  ifodalangan. Zotan asotirlardagi badiiy anglashda  inson o‘zi  haqida, o‘zining 
real borliq go‘zalligi bilan bog‘liqligi haqida  fikr yuritishga ilk bor intiladi. Boshqacharoq qilib aytganda, asotirlar 
qadimgi tarixda birinchi marta olamni badiiy-estetik borliq sifatida taqdim etadi. Dastlabki faylasuflar (agar shunday 
deyish  mumkin  bo‘lsa)  mirza-xattotlar  va  shoirlar  ekanini  ilg‘ash  qiyin  emas.  Mirza-xattot  va  shoirlar  asotirlarni 
yozib  olishar  hamda  yozar  ekanlar,  ular  uchun  asosiy  maqsad  ma‘budlar  va  ma‘budlarni  a‘mollarini  ulug‘lash 
bo‘lgan.  Keyingi  davrlar  faylasuflari  kabi  ularni  muayyan  kosmologik  yoki  ilohiyotga  oid  haqiqatlar  qiziqtirgan 
emas. Asotirlarni  tadqiq  etish  shuni  ko‘rsatadiki,  shumerliklar  badiiy-estetik  anglash  orqali  insoniyat  jamiyatining 
tadrijiy va izchil rivojlanishi haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lganlar. 
Shumer ma‘budlari antropomorf (odam qiyofali). Ular ichida eng donishmand va eng qudratlisi ham o‘z qiyofasi, 
orzu-o‘ylari va a‘mollari bilan odamlarga o‘xshaydi. Ma‘budlar odamlarga o‘xshab rejalar tuzadi, harakat qiladi, ichadi, 
eydi, uylanadi, oila quradi, katta xo‘jalikni boshqaradi, ilohiy zaifliklar va kasalliklarga ham duchor bo‘ladi, hatto o‘ladi 
ham. Zero ularning ulug‘vorligi va go‘zalligi odamlarga nisbatan olib qaraladi. 
Qadimgi  shumerliklarda  «Me»  tushunchasi  mashhur  bo‘lgan.  «Me»  ilohiy  qonun  va  ko‘rsatmalar  majmui 
bo‘lib,  Shumer  faylasuflari  fikricha,  bu  qonun  –  qoidalar  olam  yaratilgan  kundan  boshlab  uni  boshqarishni  va 
olamning  abadiy  harakatini  ta‘minlab  kelganlar.  Unda  «ulug‘vor  va  abadiy  toj»,  «ulug‘vor  ramz»,  «ulug‘vor 
ibodatxona»,  «san‘at»,  «musiqa»,  «yog‘ochni  ishlash  san‘ati»,  «metallni  ishlash  san‘ati»  «mirzalik  (xattotlik) 
san‘ati»  singari  nafosatshunoslik  tushunchalarini  anglatuvchi  iboralar  ham  mavjud.  SHunisi  e‘tiborga  sazovorki, 
qadimgi  shoir-faylasuf  san‘at  bilan  hunarni  ajratishga  harakat  qiladi.  Chunonchi,  «yog‘ochsozlik  san‘ati»  bilan 
yonma-yon  «quruvchilik  hunari»  va  «savatchilik  hunari»,  «temirsozlik  san‘ati»  bilan  yonma-yon  «temirchilik 
hunari» iboralari keladi. Bundan tashqari, unda besh xil musiqa asbobining nomi ham qayd etilgan. 
Shunday qilib, Shumer san‘ati va adabiyoti insoniyat tarixidagi dastlabki estetik g‘oyalardan va iboralardan 
bizni xabardor qiladi, bizga ba‘zi janrlarning kelib chiqishi bilan tanishish imkonini beradi.  
Shumerliklar  va  ularning  shimoliy  qo‘shnisi  bo‘lmish  akkadlar  asrlar  mobaynida  olib  borgan  janglar 
oqibatida akkadlar podshosi Sargon I (milodgacha  2369-2314 yillar) Somirni Akkadistonga  bo‘ysindiradi.  Dastlab 
akkadlar  Shumer  tilini  ham,  yozuvini  ham  qabul  qiladilar  va  birgalikda  somir-akkad  madaniyatini  yaratadilar. 
Keyinchalik bu ikki xalq qo‘shilib, Bobil davlatini tashkil etadi,  akkad tili esa  asosiy tilga  aylanadi.  SHunda  ham 
Shumer tili maktablarda o‘qitiladigan o‘lik til, Yevropaliklar uchun lotin tili qanday bo‘lsa, shunday til bo‘lib qoladi. 
Umuman olganda, qadimgi Sharq madaniyati ko‘ptillilik yoxud ikki tillilik asosida bunyodga kelgan. 
Bobil  so‘z  san‘atida  «Enuma  elish»  («Osmonda  qachonki...»)  dostoni,  Agushayya,  Gilgamesh,  Adan,  Etana, 
«Ishtarning qa‘rga tushishi» haqidagi epik dostonlar, «Iztirobda qolgan haqgo‘y», «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari 
diniy-falsafiy  dostonlar  muhim  ahamiyatga  ega.  Ularning  hammasidagi  asosiy  g‘oya  –  hayot  va  mamot  o‘rtasidagi 
kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» deb atalgan doston ular orasida kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan 
alohida ajralib turadi. Unda xo‘jayinning har bir buyrug‘i oqilona ekanini maqollar va matallar bilan asoslashga intilgan 
qul – oqil, quv xizmatkor qiyofasi tasvirlangan. Bu suhbat-aytishuv deyarli oxirigacha kulgililik bilan yo‘g‘rilgan. Faqat 
uning  nihoyasidagina  hayot  joniga  tekkan  xo‘jayin  «Endi  nima  yaxshi?»  deb  so‘raganida  qul:  «Bo‘ynimni  mening 
sindirmoq va bo‘yningni sening sindirmoq va daryoga tashlamoq, ana bu yaxshi. Kim shuncha balandki, osmonga esta, 
kim shuncha ulkanki, erni to‘ldirsa!», – deydi. G‘azablangan xo‘jasi qulga o‘ldiraman, deb do‘q uradi. Doston-suhbatda 
so‘nggi so‘z qulga beriladi va u: «Unda mening xo‘jam mendan uch kun ortiq yashasin», – deb o‘zini qutqaradi. 
Na faqat Gilgamesh kabi eposlarda, balki deyarli barcha  Qadimgi Bobil shoirlari ijodida insonning to abad 
shaxsiy  o‘lmaslikka  intilishi  yuksak  badiiy  shakllarda  o‘z  ifodasini  topgan,  ularda  hayot  –  go‘zallik,  o‘lim  – 
xunuklik  tarzida  qabul  qilingan.  SHunday  qilib,  Somir-Bobil  san‘ati  insoniyat  tarixidagi  dastlabki  estetik 
g‘oyalarning paydo bo‘lishidan bizni xabardor qiladi. 



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish