O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Borliq  va  yo‟qlik  dialektikasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Borliq  va  yo‟qlik  dialektikasi. Keltirilgan fikr amalda  mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi mumkin, 
degan  xulosa  chiqarish  imkonini  beradi.  «Yo‘qlik»  har  qanday  tilda  amalda  mavjud  bo‘lmagan  narsa  bilan 
tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va 
narsa,  jism,  hodisa,  ong...  (ya‘ni  amalda  mavjud  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  narsalar)  o‘zligini  yo‘qotgan  holda 
«yo‘qlik» atamasi ayni shu ma‘noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi.  
Lekin sof falsafiy ma‘noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa 
mavjud.  
Birinchidan,  dunyo  haqidagi  hozirgi  tasavvurlarga  ko‘ra,  biz  yashayotgan  Olam  bo‘shliqdan  bino  bo‘lgan. 
Bo‘shliq  materiyaning  alohida  holati.  Bo‘shliq  fizik  borliqning  eng  boy  tipi,  o‘ziga  xos  potentsial  borliq  sifatida 
namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni zamonda unda aktual 
tarzda hech narsa yo‘q
31
.  
Yana  shuni  ham  e‘tiborga  olish  lozimki,  fiziklar  (D.A.Landau,  va  boshqalar)  nuqtayi  nazaridan  biz 
yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli  sikllarini boshdan kechirayotgan turli 
                                                 
31
 Qarang: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология
гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – S.93. 


Olamlarning cheksiz sonidan tashkil to‘adi. SHu ma‘noda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat 
kasb etadi.  
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning ob‘ektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay 
u  haqda  gapirilayotgan,  ya‘ni  u  muayyan  narsa  sifatida  fikrlanayotgan  bo‘lsa,  bu  narsa  ongda  mavjud  bo‘ladi  va 
o‘zining «ikkinchi» borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob‘ektning nusxasi, ideal obraz bo‘lib qoladi.  
SHunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud 
bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga 
ega  bo‘lsa,  agar  u  potentsial,  ya‘ni  axborot  manbalarida  mavjud  yoki  uning  paydo  bo‘lishi  ob‘ektiv  rivojlanish 
mantig‘i  bilan  belgilangan  bo‘lsa.  Amalda  yo‘q  bo‘lgan  narsa  haqida  ideal  obraz  sifatida  fikrlash  mumkin. 
Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga  tatbiqan 
biz borliq haqida faqat shu ma‘noda so‘z yuritishimiz mumkin.  
Ayni shu ma‘noda biz g‘oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o‘zimizga yaqin odamlar to‘g‘risida 
so‘z yuritamiz, bunda ular yo‘qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‘zgacha borliq kasb 
etganini nazarda tutamiz.  
SHunday  qilib,  borliq  falsafiy  kategoriya  sifatida  dunyoni  butun  rang-barangligi  va  turli-tuman  namoyon 
bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmet lar, hodisalar o‘z xususiyatlari, 
xossalari  bilan  jamuljam  holda  aks  etadi.  Dunyoni  va  uning  tarkibiy  qismi  bo‘lmish  insonni  bilish  yo‘lidagi  bu 
muhim  qadam  bilan  dunyoning  tabiati  va  mohiyati,  uning  rang-barangligi,  turli  darajalari,  ko‘rsatkichlari,  ramz-
alomatlari,  shakllari  va  hokazolar  haqidagi  mulohazalarning  asosiy  koordinatalar  sistemasi  belgilanadi.  Buning 
uchun  mohiyat,  hodisa,  substantsiya,  materiya,  ong,  makon,  vaqt,  qonun  kabi  yangi  falsafiy  kategoriyalar 
muomalaga kiritiladi.  
Inson o‘zi va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish 
ko‘radi. Ayni zamonda u o‘zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‘rganish va uning butun rang-barangligini tushunib 
etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd 
etadi.  Falsafa  tarixidan  biz  bunday  asos  sifatida,  masalan,  Suqrotdan  oldingi  qadimgi  yunon  faylasuflarida  tabiat 
elementlari,  o‘rta  asrlar  falsafasida  Xudo,  Dekartda:  «Men  fikrlaya‘man,  demak,  mavjudman»,  degan  ongli  inson 
amal qilganini ko‘ramiz.  
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‘xtab qolmagan va o‘zini qurshagan borliqning ko‘p sonli 
turli-tuman  holatlari orasida qolgan barcha  narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni 
shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi 
kunda insoniyat borliqning ko‘p sonli turli-tuman shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo‘lgan bir nechtasini farqlash 
imkonini beradigan tajriba va bilim to‘pladi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish