O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Oilaviy  mulk,  farzand  tarbiyasi  va  oilaning  tarqalishi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Oilaviy  mulk,  farzand  tarbiyasi  va  oilaning  tarqalishi.  Oilaning  yana  bir  jihati  –  uning  o‘z  mulkiga 
egaligi.  Agar  nikoh  oilaning  botiniy  ko‘rinishi  bo‘lsa,  oilaviy  mulkni  uning  tashqi  ko‘rinishi  deyish  mumkin. 
Oilaning  mavjud  bo‘lishi  uchun  ishlab  topiladigan  mablag‘  ham  zarur.  Oila  uchun  topiladigan  ana  shu  mablag‘, 
shubhasiz, axloqiy tabiatga ega: oila boshlig‘i oila a‘zolarini halol yedirib–ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani odatda 
erkak  kishi  boshqaradi.  U  nafaqat  «topib  keladi»,  balki  oilaviy  mulkka  xo‘jayinchilik  qilish,  uni  taqsimlash 
huquqiga ham ega.  
Yuqorida  aytganimizdek,  nikoh  ezgu  maqsadga  yo‘naltirilgan,  zimmasiga  zurriyot  qoldirishdek  yuksak 
mas‘uliyat yuklangan, axloq bilan chegaralangan qo‘shiluv, birlashuv; bu birlashuvdan maqsad – hayotda o‘zlaridan 
yaxshiroq, mukammalroq bo‘lgan, o‘zlari erisholmagan orzularni ro‘yobga chiqaradigan odam nusxalarini yaratish. 
Bunday  odamlar  farzandlardir.  SHu  munosabat  bilan  SHimmel  xonim  o‘zining  avvalgi  boblarda  tilga  olingan 
kitobida ba‘zi mutasavviflar uchun umumiylik tabiatiga ega bo‘lgan qiziq bir fikrni keltiradi: «Ba‘zi so‘fiy–teosofik 
oqimlarning  tarafdorlarida  mahsulot  beradigan  har  bir  xatti–harakatni  «nikoh»  deb  atashga  moyillik  bor.  Ularning 
fikricha,  po‘lat  bilan  chaqmoqtosh  birlashsa,  bu  nikohdan  yanada  yetukroq  farzand,  ya‘ni  olov  dunyoga  keladi. 
Erkaklik va ayollik unsurlarining birlashuvi hayotni yanada yuqoriroq pog‘onaga chiqaruvchi omildir»
142

                                                 
141
 Byron. Don Juan.  M., Foreign language publishing house, 1948. P. 124. 
142
 Шиммел А. Жонон менинг жонимда, 44 – 45-б. 


SHu  bois  oilada  bolaning  ahamiyati  nihoyatda  katta.  Ota  bolada  o‘z  jufti  halolini,  ona  esa  sevimli  erini 
ko‘radi:  bolada  er–xotinning  muhabbati  predmetlashadi,  jonlanadi.  Bola  –  oilani  tutib  turuvchi  jonli  muhabbat. 
Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga yeb–ichadilar, tarbiya oladilar. 
Oilada  bolalar  intizomli  bo‘lib  o‘smoqlari,  ota–onaga  bo‘ysunishlari  lozim.  Lekin  bu  intizom  erkin  o‘sib 
kelayotgan  go‘dakni  qullikka  o‘rgatish  emas,  balki  bolalarga  xos  erka–tantiqlik,  o‘zboshimchalik  singari  salbiy 
xususiyatlarni  yo‘qotishga  xizmat  qilishi  kerak.  Ota–onaga  bo‘ysunishdan  bosh  tortishga  yo‘l  qo‘yish  bolaning 
kelajakda  qo‘pol,  badxulq,  nokamtarin  bo‘lib  yetishuviga  olib  keladi.  SHu  bois  oila  ilk  axloqiy  tarbiya  o‘chog‘i 
sifatida katta ahamiyatga ega. 
Oila  tarqalishi  ham  mumkin.  Buning  turli  sabablari  bor.  Biri  –  oilaning  axloqiylik  nuqtayi  nazaridan 
tarqalishi. Bunda bolalar balog‘atga yetgach, erkin shaxs sifatida  Yangi oilaga asos bo‘lishlari – o‘g‘il bolalarning 
uylantirilishi,  qizlarning  erga  berilishi  nazarda  tutiladi.  Uylantirilgan  o‘g‘illarga  ham,  erga  berilgan  qizlarga  ham 
Yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun yetarli bo‘lgan uy–
ro‘zg‘or ashyolari ajratiladi. 
SHuningdek,  oilaning  tabiiy  tarqalishi  ham  mavjud.  Unda  ota–onaning  yoki  otaning  vafoti  tufayli  oila 
mulkining meros tarzida bir yoki bir necha farzandga o‘tishi munosabati bilan oila tarqalishi mumkin. 
Bundan  tashqari,  nikoh  bekor  qilinishi  munosabati  bilan  oila  tarqaladi.  Aslida  nikoh  ham  diniy,  ham 
dunyoviy nuqtayi nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o‘rtada xiyonat sodir bo‘lishi yoki yana boshqa bir xil sabablar 
tufayli nikohni faqat axloqiy obro‘ga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan, sud, vakolatli ruhoniy bekor 
qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana shu so‘nggi turdagi oila tarqalishiga 
qarshi  kurashadi.  Bunday  oila  buzilishi  qancha  kamaysa,  u  o‘sha  jamiyatning  axloqiy  jihatdan  takomillashib 
borayotganini anglatadi. «Muxtasar aytganda, hammamizga ayon bo‟lishi tabiiyki, oila sog‟lom ekan – jamiyat 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish