O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Yakkalik  –  faqat  mazkur  ob‘ektga  xos  bo‘lgan  xossalarni  ifodalovchi  kategoriya.  yakkalik  ayrim  narsalar 
nisbatan  mustaqil  mavjudligini  ham,  mazkur  narsaning  bu  nisbatan  mustaqilligi,  diskretligi,  alohidaligi  natijasida 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi. 
Umumiylik  ayrim  narsaning  muayyan  turkumga  mansub  barcha  narsalar  bilan  o‘xshashligini  belgilovchi 
xossalar umumiylik kategoriyasi bilan ifodalanadi. 
Umumiylik  yakka  narsaning  mohiyatini  aks  ettiradi.  Umumiylikni  faqat  mohiyatni  aniqlash  orqali  ochib 
berish  mumkin.  yakkaliksiz  umumiylik  sezgilar  darajasida  idrok  etiladigan  belgilardan,  yakkalikning  betakror 
individualligi,  boyligidan  mahrum  bo‘lgan  abstraktsiya  bo‘lib  qoladi.  yakkalik  va  umumiylikning  keltiriladigan 
ta‘riflari  ularni  ayni  bir  ayrim  ob‘ektning  tomonlari  sifatida  tavsiflaydi.  Masalan,  hayot  bugungi  kunda  oqsilli 
jismlar  va  nuklein  kislotalarning  mavjudlik  shakli  sifatida  tavsiflanadi.  Irsiyat  va  o‘zgaruvchanlik  –  butun 
tiriklikning umumiy xossalari. Ammo oqsilning kimyoviy tarkibi va ayniqsa tuzilishi har bir organizmda individual 
darajada  betakrordir.  Bu  bir  jonzotni  boshqa  jonzotdan  farqlash  imkonini  beruvchi  birdan-bir  xossadir.  Mantiqda 
yakkalik va umumiylik – tushunchalar tavsifidir. Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq predmet , yakkalik 
tushunchasida  esa  –  bitta  predmet    tushuniladi.  Grammatik  jihatdan  umumiylik  turdosh  ot  bilan,  yakkalik  esa  – 
atoqli  ot  bilan  ifodalanadi.  Falsafada  yakkalik  va  umumiylik  borliq  hodisalarining  o‘xshashligi  va  farqlarini 
belgilovchi xossalardir.  


«Yakkalik»  kategoriyasi  narsada,  hodisada  faqat  shu  narsaga,  hodisaga  xos  bo‘lgan  jihatni  aks  ettiradi. 
«Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar o‘rtasida muayyan sifat jihati doirasida amalda mavjud bo‘lgan ayniylikdir. 
Yakkalik ham, umumiylik ham mustaqil mavjud bo‘lmaydi. Ayrim narsalar, hodisalar, jarayonlar mustaqil mavjud 
bo‘ladi.  Umumiylik  ham,  yakkalik  ham  faqat  ayrim  narsa  yoki  hodisadagina  mavjuddir.  Har  qanday  ayrim  narsa 
yoki  hodisa  qarama-qarshiliklar  birligi  hisoblanadi.  Bir  vaqtning  o‘zida  u  ham  yakkalik,  ham  umumiylikdir.  Har 
qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi, elementi hisoblanadi, chunki u ayrim narsa yoki hodisani 
to‘liq  emas,  balki  bir  yoqlama  –  narsalarda  mavjud  ayniy  jihatlarni  aks  ettiradi.  yakkalik  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra 
mavhum  hisoblangan  umumiylikdan  boyroqdir.  Ammo  umumiylik  narsaning  mazmuni,  mohiyatini  chuqurroq 
yoritadi 
O‘rta  asrlar  falsafasida  umumiy  tushunchalar  tabiati  haqidagi  masala  atrofidagi  bahs  uning  ishtirokchilari 
realistlar  va  nominalistlarga  bo‘linishiga  olib  keldi.  Realistlar  umumiylikni  yakkalikdan  ajratib,  umumiylikni 
mustaqil  holda  mavjud hodisa  sifatida, narsalar paydo bo‘lgunga  qadar  –  narsalarning (Xudo aqlidagi) ilk timsoli 
sifatida,  narsalarda  –  Xudoning  ro‘yobga  chiqarilgan  g‘oyasi  sifatida  talqin  qilganlar.  SHunday  qilib,  realistlar 
fikricha umumiylik narsalarga  qadar, narsalarda  va  narsalardan keyin  narsaning  muayyan  g‘oyasi sifatida  mavjud 
bo‘ladi.  Nominalistlar  esa,  aksincha,  faqat  yakka  narsalar  amalda  mavjud,  umumiy  tushunchalar  esa,  ayrim 
narsalarning  nomlari,  xolos,  deb  hisoblaganlar.  Mazkur  tasavvurlar  aks  sadosiga  bugungi  kunda  ham,  masalan, 
umumiylik ob‘ektlar to‘plami bilan, yakkalik esa – bitta predmet  bilan tenglashtirilgan holda duch kelish mumkin. 
Amalda  umumiylik  va  yakkalik  kategoriyalari  ob‘ektlarni  emas,  balki  ularning  xususiylik  tomonlari  sifatida 
birgalikda mavjud bo‘lgan xossalarini aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o‘ziga xosdir, chunki ularning 
har  bir  ob‘ektdagi  ko‘rinishi,  uyg‘unligi,  birining  ikkinchisidan  ustunligi  betakrordir.  SHu  sababli  har  bir  ayrim 
hodisa, narsa – xususiydir.  

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish