1918 yillarda Angliyada hukumat ustida liberallar partiyasining rahbari Lloyd
hukumat tuzildi. Rossiya va boshqa davlatlarda bo„lib o„tgan inqiloblar Angliyaga
ham o„zini ta‟sirini kursatdi va ommaviy norozilik xarakatlarining o„sishini natijasida
Loid Djorj hukumati ayrim yon berishlariga majbur bo„ldi. 1918 yil boshida
parlament tomonidan yangi saylov qonuni qabul kilinib, saylov reformasi o„tkazildi:
saylovchilar doirasi kengaytirildi, 21 yoshga kirgan erkaklarga, 30 yoshga kirgan
ayollarga saylov huquqi berildi. Bu Angliya tarixida birinchi marta ayollarga saylov
huquqi berilishi edi. 14 yoshgacha bo„lgan bolalarga majburiy ta‟lim berish xaqida
18
Birinchi jahon urishida Germaniyaning engilishi - dunyoda hukumron bo„lishi
uchun kurashda Angliyaning eng kuchli va asosiy raqibining engilishi bo„ldi. Buning
natijasida Germaniya mustamlakatlari xisobiga Angliyaning mustamlaka erlari
kengaydi. Bu Afrikada Tanganika, bundan tashqari Fransiya bilan bo„lishib olish
asosida Togo va Kommerunning katta qismi va Turkiya imperiyasi territoriyasidan
Falastin, Transiordaniya va Iroq.
Angliya dominionlar ham Germaniya mustamlakalari hisobiga kengaydi
Janubiy Afrika Ittifoqi Germaniya Janubi – G„arbiy Afrika hisobiga, Avstraliya
YAngi Gvineyaning Germaniyaga qarashli qismiga YAngi Zelandiya Garbiy Samoa
orollariga mandat huquqini oldi.
Lekin shunga qaramasdan Angliya urushdan avval bo„lgan jahon moliyaviy
ustunligi yoqolgan edi.
Urushdan oldin ko„pgina mamlakatlarga moliya qarz berib turadigan Angliya
urushdan keyin uzi AKSH dan 850 min funt sterlingdan ortiq qarz bo„lib qoldi, bu
esa o„z o„zidan Angliyani ichki iqtisodiyotiga ham o„z ta‟sirini ko„rsatti, statistika
ma‟lumotiga karasak Angliyaning iqtisodiyoti turg„unlik holatiga o„ulib qolganini
ko„ramiz.
Sanoat mahsulotining hajmi 1913 yildagiga nisbatan 1920 yilda 91%, 1921
yilda 62%, 1924 yilda 88%, 1928 yilda 93%, 1932 yilda 82%, 1934 yilda 96% tashkil
qilgan.
SHuning o„zi ko„rsatib turibdi ki Angliya koloniyalari saqlab qolgan bo„lishiga
qaramay urushdan avvalgi bo„lgan qudrati anchagina bo„shagani va boshqa davlatlar
qatoriga tushib qolgan desak ham bo„ladi.
Urushdan sung ichki iqtisodiy axvol ichki siyosiy ahvolga ham o„z ta‟sirini
kursatgan.
1918 yil dekabridagi parlament saylovlarida leboriotik partiyasi g„alaba
qozondi va liberallar o„rnini egallay boshladi. Konservatorlar esa oppazitsiya o„rnida
qolishga majbur buldi, lekin aytib utish kerakki konservatorlar va leyboristlar
partiyalarida idiologik tarafidan farq qilmasada lekin ichki va tashqi siyosatni
oborishda ozgina farqi bor edi.
19
Parlament saylovlarida mag„lubiyatga uchragan konservatorlar ichki iqtisodiy
va siyosiy muammolarini echishni ko„zlab, leyboristlar bilan birgalikda 1919 yil
yanvar oyida leyboristlar boshlig„i Lloyd Djorj boshchiligida kaolitsion hukumat
tuziladi. Bu hukumat 1922 yil kuzlarigacha boshqardi.
Bu hukumatda Kerzon tashqi ishlar ministri, xarbiy ministrligiga Uinston
CHerchill tayinlandi.
1919 yildan – 1922 yilgacha bo„lgan hukumat ancha qiyinchilikga uchradi,
sababi ichki va tashqi siyosatida muammolarni echishda ancha kelishmovchilik
yaqqol ko„rinib turadi.
Masalan U.CHerchell (xarbiy vazir) Sovet Rossiyasiga qarshi intervensiya
uyushtirishga sababchi bo„ldi. (bu intervensiyada 14 davlat qatnashdi).
Ichki iqtisodiy muammolar Angliyada siyosiy muammolarga olib keldi.
Bundan tashqari mustamlaka hududlarida milliy ozodlik xarakatlar avj oldi. 1919
yilda Xitoyda, 1919-1921yy. Irlandiyada, 1918-1922yy. Xindistonda, 1919-1922yy.
Misrda va boshqa joylarda. Bu harakatlar mustamlakatchilik tizimining inqiroziga
uchraganligidan dalolat beradi.
1919-1921 yillarda Irlandiyada bo„lib o„tgan ozodlik harakati natijasida
SHimoliy Irlandiya markazi Olster 6ta grafligi bilan Angliya tarkibida janubiy
Irlandiya markazi Eyer shahri 26ti grafligi bilan ozod Irlandiya nomi bilan
mustakillika ega bo„ldi.
SHu yildan boshlab Anliyaning rasmiy nomi «Buyuk Britaniya va SHimoliy
Irlandiya qushma qirolligi» deb nomlandi.
1923 yili parlament saylovlarida leyboristlar partiyasi g„alaba qozonadi va
1924 yildan leyboristlar rahbari birinchi leyboristlar hukumatiga boshchilik qiladi.
Lekin bu hukumat bir yil utmas istifoga chiqib ketadi. R.Magdonald bosh vazir
sifatida 1929 yilda siyosatga qaytadi.
1929 yilga kelib jahon iqtisodiy inqirozi Angliya iqtisodiyotiga ham katta ta‟sir
kursatadi.
1937-1940 yillarda konservatorlar partiyasi rahbari N.CHemberlenning bosh
vazir sifatidagi faoliyati.
20
1940-1945 yillarda bosh vazir lavozimida U.CHerchellning faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: