Ishning bajarilishi. Ikkita bir-biridan keskin farq qiladigan sharoitda o’stirilgan 5-6 o’simliklarning ma’lum yaruslaridan bittadan barg olib, ularning bandi va tomirlari 2-3 sm uzunlikda qaychi bilan qirqiladi. So’ngra esa, ularni qo’l iskanjasi ostida siqib, shirasi olinadi.Siqib olingan shira toza probirkalarga solinadi. Mabodo olingan shisha rangdor bo’lsa, har 2 g namuna hisobiga, 6 ml distillangan suv va 0,2-0,5 g aktivlangan ko’mir qo’shib, chinni havonchoda yanchiladi va filtirlanadi. Agar olinayotgan barg bandi, juda yo’g’on bo’lsa uni uzanasiga kesiladi va iloji boricha pastki ingichka qismidan olinadi. Rangsizlantirilgan to’qima shirasida fosfor, azot, kaliy va magniy elementlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |